Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish tartibiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida (225-son)
01.07.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi ixtisoslashtirilgan “Oʻzagroeksport” tashqi savdo kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2016-yil 7-apreldagi PQ-2515-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 29-iyundagi 245-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish tartibiga 1-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Mikrofirma va kichik korxonalar tomonidan eksport qilishdan tushgan xorijiy valyutani sotish majburiy boʻlgan tovarlar ROʻYXATI
T/r Tovarlar nomi TIF TN kodi 1. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari* 0701-0709, 0714, 0801-0802, 0803 10 100 0, 0803 90 100 0, 0804 10000 1, 0804 20100 0, 0804 30000 1, 0804 40000 0 — 0804 50 000 1, 0805,080610, 0807 — 0810, 1202 2. Yovvoyi oʻsimliklar** 12 (1202 dan tashqari) 3. Tabiiy gaz*** 2711 21 4. Mis va misdan tayyorlangan buyumlar 74, 8544
*Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qilishdan tushadigan valyuta tushumining 50 foizi sotilishi majburiy.
**Yovvoyi oʻsimliklarni eksport qilishdan tushadigan valyuta tushumining 25 foizi sotilishi majburiy.
***Shu jumladan tranzit”.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 1-iyul,
225-son
