Viloyat iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2016/2017-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida (X-308/06-son)
14.06.2016
Qashqadaryo viloyati hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 10-iyundagi “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2016/2017-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2545-sonli Qarori ijrosini taʼminlash, viloyat iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha muassasalari va uy-joy fondi obyektlarini 2016/2017-yillar kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 10-iyundagi “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2016/2017-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2545-sonli Qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 19-apreldagi EDO-05/1-454 (№ 44)-sonli va viloyat hokimligining 2016-yil 21-apreldagi B-01-03/080-sonli yigʻilish bayoni topshiriqlariga asosan uchta ishchi guruh tarkibi:
birinchi ishchi guruh (T. Ruziyev) — koʻp xonadonli uylarni kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash, umumiy foydalanish joylarini, lift uskunalarini tartibga keltirish va tegishli holda saqlash, mahalla hududida sanitariya holatini taʼminlash, obodonlashtirish ishlarini tashkil etish 1-ilovaga;
ikkinchi ishchi guruh (T. Ruziyev) — asosiy yoqilgʻi-energetika resurslari bilan oʻz vaqtida va yetarli darajada taʼminlash ishlarini tashkil etish, elektr va issiqlik taʼminoti, tabiiy gaz obyektlarini kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash 2-ilovaga;
uchinchi ishchi guruh (Gʻ. Djavliyev) — ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni tashkil etish, ularning sanitariya holati va obodonlashtirish talablariga muvofiqligini taʼminlash 3-ilovaga muvofiq belgilanganligi inobatga olinsin.
3. Viloyat iqtisodiyot tarmoqlarini kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha bajarilgan ishlar samarasini tanqidiy tahlil qilish asosida 2016/2017-yillar kuz-qish davrida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va uy-joy fondini barqaror faoliyat yuritishga tayyorlash uchun har bir ishchi guruhining aniq vazifalari belgilanganligi eʼtiborga olinsin.
Bu vazifalarni oʻz vaqtida bajarilishiga ishchi guruhi aʼzolari masʼul ekanligi belgilab quyilsin.
4. Qarshi shahar hokimligi (A. Achilov), Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi (A. Yaxyayev) va tijorat banklari bilan birgalikda Qarshi shahrida koʻp qavatli uy-joy fondini 2016/2017-yillar kuz-qish mavsumiga barqaror tayyorlash, mahallalar hududining sanitar tozaligini taʼminlash, obodonlashtirish ishlarini tashkil qilish dasturini ishlab chiqilgan chora-tadbirlar kompleksi va tarmoq jadvallari asosida belgilangan muddatda bajarilishini tashkil qilsinlar.
5. Quyidagilar:
viloyat iqtisodiyoti tarmoqlarini 2016/2017-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha tadbirlar 4-ilovaga;
asosiy muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik uskunalarni, shuningdek ijtimoiy soha obyektlarini tuman(shahar)lar boʻyicha 2016/2017-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda mukammal va joriy taʼmirlash topshiriqlari 5 — 7-ilovalarga;
2016/2017-yillar kuz-qish mavsumi uchun koʻmir, mazut va texnik tuz tayyorlash, shuningdek suyultirilgan gazni hududlar boʻyicha yetkazib berish topshiriqlari 8-ilovaga;
viloyat iqtisodiyoti tarmoqlarini 2016/2017-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash chora-tadbirlarini amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha viloyat komissiyasi tarkibi 9-ilovaga va viloyat shtabi 10-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 10-ilova berilmaydi.
6. Viloyat komissiyasi bir oy muddatda kommunal soha tashkilotlari, qozonxonalar, koʻp xonadonli turar joy binolari, taʼlim muassasalari, sogʻliqni saqlash muassasalari hamda boshqa ijtimoiy soha obyektlarini 2016/2017-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha joylardagi ishlarning ahvolini tanqidiy oʻrganib chiqsin;
oʻrganib chiqish natijalari boʻyicha ushbu qaror bilan tasdiqlangan tadbirlarni amalga oshirish borasidagi tashkiliy chora-tadbirlar kompleksini, shuningdek viloyat iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy soha muassasalarini 2016/2017-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash va taʼminlash boʻyicha topshiriqlarni oʻz vaqtida amalga oshirsin.
7. Qarshi shahar va tumanlar hokimlari rahbarligida aynan shunday hududiy komissiyalar tashkil etilsin.
Qarshi shahar va tumanlar hokimlari, shuningdek maʼsul tashkilot va korxonalar rahbarlari zimmasiga iqtisodiyot tarmoqlarini 2016/2017-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashini taʼminlaydigan tadbirlar hamda ishlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
8. “Janubgaztaʼminot” UK (A. Temirov) aholiga bir maromda suyultirilgan gaz yetkazib berishni tashkil etish uchun viloyatga ajratilgan gaz ballonlarni oʻz vaqtida olib kelinishini taʼminlash tavsiya etilsin.
9. Ushbu qarorning bajarilishi har oyda viloyat hokimligi majlislarida tanqidiy koʻrib chiqilsin.
10. Viloyat hokimining 2015-yil 18-iyuldagi X-268/07-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
12. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim Z. RUZIYEV
Qarshi sh.,
2016-yil 14-iyun,
X-308/06-son
Viloyat hokimining 2016-yil 14-iyundagi X-308/06-sonli qaroriga 1-ILOVA
Koʻp xonadonli uylarni kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash, umumiy foydalanish joylarini, lift uskunalarini tartibga keltirish va tegishli holda saqlash, mahalla hududida sanitariya holatini taʼminlash, obodonlashtirish ishlarini tashkil etish boʻyicha hududiy ishchi guruhi
TARKIBI
1. T. Ruziyev — Viloyat hokimining oʻrinbosari, Ishchi guruhi rahbari 2. A. Ximmatov — Davlat raqobat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, ishchi guruhi rahbari oʻrinbosari (topshiriqqa asosan) 3. B. Maxmadaliyev — Viloyat moliya boshqarmasi boshligʻi v.b. 4. A. Yaxyayev — Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi boshligʻi 5. R. Azimov — Viloyat hokimligi hududlarni kompleks rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi 6. N. Xodjayev — Viloyat IIB Yongʻin xavfsizligi boshqarmasi boshligʻi 7. O. Murtozayev — Viloyat DSENM bosh vrachi 8. A. Muzapov — “Qashqadaryo HET” AJ direktori 9. A. Temirov �� “Janubgaztaʼminot” UK direktori 10. Sh. Murodov — Viloyat “Suvoqova” DUK direktori 11. Q. Joʻrayev — Viloyat “Issiqlik manbai” AJ direktori 12. A. Achilov — Qarshi shahar hokimi 13. O. Quldoshev — Qarshi shahar prokurori 14. U. Azimov — Qarshi shahar IIB boshligʻi 15. O. Xasanov — Qarshi shahar soliq inspeksiyasi boshligʻi v.b. 16. O. Chuliyev — Qarshi shahar DSENM bosh vrachi 17. X. Boʻriyev — Qarshi shahar elektr tarmoqlari korxonasi boshligʻi 18. Y. Suyarov — “Janubgaztaʼminot” UK Qarshi filiali boshligʻi 19. Z. Raxmonov — Viloyat “Suvoqova” hududiy boshqarmasi Qarshi shahar filiali boshligʻi 20. N. Yuldoshev — Qarshi shahar XUJMSh uyushmasi raisi 21. vazifasiga koʻra — Barcha tijorat banklari rahbarlari 22. vazifasiga koʻra — Qarshi shahar va tumanlar hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari 23. vazifasiga koʻra — Barcha boshqaruv servis kompaniyasi rahbarlari
Viloyat hokimining 2016-yil 14-iyundagi X-308/06-sonli qaroriga 2-ILOVA
Asosiy yoqilgʻi-energetika resurslari bilan oʻz vaqtida va yetarli darajada taʼminlash ishlarini tashkil etish, elektr va issiqlik taʼminoti, tabiiy gaz obyektlarini kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash boʻyicha ishchi guruhi
TARKIBI
1. T. Ruziyev — Viloyat hokimining oʻrinbosari, Ishchi guruhi rahbari 2. K. Tuxtayev — “Oʻzbekneftgaz” kompaniyasi raisining oʻrinbosari, ishchi guruhi rahbari oʻrinbosari (topshiriqqa asosan) 3. Gʻ. Javliyev — Viloyat hokimining oʻrinbosari 4. T. Rasulov — Viloyat sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi boshligʻi 5. L. Xolov — Viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi 6. Q. Normuxammedov — Viloyat oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi boshligʻi 7. N. Xodjayev — Viloyat IIB Yongʻin xavfsizligi boshqarmasi boshligʻi 8. S. Aripov — Viloyat aloqa va axborotlashtirish boshqarmasi boshligʻi 9. X. Eshimov — “Qashqadaryo hududiy koʻmir yetkazuvchi” UK direktori 10. A. Muzapov — “Qashqadaryo HET” AJ direktori 11. A. Temirov — “Janubgaztaʼminot” UK direktori 12. Q. Joʻrayev — Viloyat “Issiqlik manbai” AJ direktori 13. I. Mamatov — “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi viloyat boʻlimi boshligʻi 14. E. Nomozov — “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi viloyat boʻlimi boshligʻi 15. I. Haydarov — “Oʻzdavneftgazinspeksiyasi” viloyat boʻlimi boshligʻi
Viloyat hokimining 2016-yil 14-iyundagi X-308/06-sonli qaroriga 3-ILOVA
Ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni tashkil etish, ularning sanitariya holati va obodonlashtirish talablariga muvofiqligini taʼminlash boʻyicha ishchi guruhi
TARKIBI
1. Gʻ. Djavliyev — Viloyat hokimining oʻrinbosari, Ishchi guruhi rahbari 2. U. Salimov — Oʻrta maxsus, kasb-xunar taʼlimi markazi direktori, ishchi guruhi rahbari oʻrinbosari (Topshiriqqa asosan) 3. B. Maxmadaliyev — Viloyat moliya boshqarmasi boshligʻi v.b. 4. Sh. Qurbonov — Viloyat arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi boshligʻi 5. T. Rasulov — Viloyat sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi boshligʻi 6. L. Xolov — Viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi 7. Q. Normuxammedov — Viloyat oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi boshligʻi 8. N. Xodjayev — Viloyat IIB yongʻin xavfsizligi boshqarmasi boshligʻi 9. S. Sayimov — Viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi boshligʻi 10. B. Shoimqulov — Qarshi Davlat universiteti rektori 11. M. Maxmudov — Qarshi Muxandislik iqtisodiyot instituti rektori 12. F. Raxmatov — TATU Qarshi filiali direktori 13. X. Eshimov — “Qashqadaryo hududiy koʻmir yetkazuvchi” UK direktori 14. A. Muzapov — “Qashqadaryo HET” AJ direktori 15. A. Temirov — “Janubgaztaʼminot” UK direktori 16. Sh. Murodov — Viloyat “Suvoqova” DUK direktori 17. Q. Joʻrayev — Viloyat “Issiqlik manbai” AJ direktori v.b. 18. I. Mamatov — “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi viloyat boʻlimi boshligʻi 19. vazifasiga koʻra — Qarshi shahar va tumanlar hokimlarining iqtisodiyot va ijtimoiy masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari
Viloyat hokimining 2016-yil 14-iyundagi X-308/06-sonli qaroriga 4-ILOVA
Viloyat iqtisodiyot tarmoqlarini 2016/2017-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha
ChORA-TADBIRLAR
T/r Tadbirlar nomi Bajarish muddatlari Masʼul bajaruvchilar I. Iqtisodiyot tarmoqlarini 2016/2017-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha tashkiliy tadbirlar 1. Quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash (xar bir yoʻnalish boʻyicha masʼul shaxslarni va bajarish muddatlarini belgilash): 2016/2017-yilgi kuz-qish mavsumiga Qarshi shahar va tumanlarni, aholi yashash punktlarini, kommunal xizmat koʻrsatish korxonalari, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish tashkilotlarini, ijtimoiy soha muassasalarini qozonxonalar va muhandislik inshootlarining uzluksiz ishlashini taʼminlash uchun taʼmirlagan xolda tayyorlab qoʻyish; Borish qiyin boʻlgan va olis joylarda yashayotgan aholini suyultirilgan gaz (ovqat tayyorlash uchun), koʻmir va koʻmir birektlari (8-ilova), shuningdek muqobil manbaalardan ichimlik suvi bilan (tashib keltiriladigan ichimlik suvini ham hisobga olgan holda) uzluksiz taʼminlash. 2016-yil 20-iyun Qarshi shaxri va tumanlar hokimliklari, korxonalar va tashkilotlar rahbarlari. 2. Oʻtgan kuz-qish mavsumida yoʻl quyilgan kamchiliklarni inobatga olib aholini va ijtimoiy soha muassasalarini issiqlik taʼminoti, elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan uzluksiz taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish. 2016-yil 20-iyun Qarshi shahri va tumanlar hokimliklari, “Qashqadaryo HET” AJ, “Janubgaztaʼminot” UK, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari. 3. Neft, gaz kondensati, neft mahsulotlari, suyultirilgan gaz, koʻmir, tuz hamda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha muassasalarini 2016-2017-yillar kuz-qish davrida ishlashga tayyorlab qoʻyish bilan bogʻlik boshqa yuklarning uzluksiz tashilishini taʼminlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish. 2016-yil 20-iyun Qarshi shahri va tumanlar hokimliklari, Qarshi mintaqaviy temir yoʻl uzeli “Qashqadaryo HET” AJ, “Qashqadaryo hududiy koʻmir yetkazuvchi” UK, “Janubgaztaʼminot” UK, Qarshi va Shahrisabz neft bazasi unitar korxonalari. 4. Kelayotgan kuz-qish davrida tabiiy gaz tanqisligi kutiladigan aholi punktlarini aniqlash va shu asosda aholi va ijtimoiy soha muassasalari ehtiyoji uchun yetkazib beriladigan koʻmir va koʻmir briketlarini taqsimlash va resurslar balansi doirasida koʻmir va koʻmir briketlari yetkazib berish grafigini tasdiqlash (8-ilovada koʻrsatilgan xajmlarda). 2016-yil 20-iyun Qarshi shahri va tumanlar hokimliklari, “Janubgaztaʼminot” UK, “Qashqadaryo hududiy koʻmir yetkazuvchi” UK. 5. Aholiga suyultirilgan gazni oyma-oy yetkazib berish jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2016-yil 20-iyun Qarshi shahri va tumanlar hokimliklari, “Janubgaztaʼminot” UK, Qarshi mintaqaviy temir yoʻl uzeli. 6. Ishlarni 2016-yil 1-oktabrgacha muddatda tugallashni nazarda tutgan holda iqtisodiyot tarmoqlariga texnik tuz yetkazib berish jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2016-yil 20-iyun Qarshi shahri va tumanlar hokimliklari, tashkilotlar va korxonalar rahbarlari. 7. Qarshi shahar va tumanlar hokimliklarining tabiiy gaz bilan kafolatli taʼminlanadigan hududlarda isteʼmolchilarning manzilli foydalanishi va gaz bilan taʼminlanishini yaxshilash maqsadida siqilgan gaz bilan taʼminlashga oʻtkazilgan hududlardagi gaz taqsimlash punktlari va gaz tarmoqlarini demontaj qilish yuzasidan hududlar kesimida tegishli qarorlarini tayyorlash 2016-yil 10-iyul Qarshi shahri va tumanlar hokimliklari, “Janubgaztaʼminot” UK. 8. Maishiy gazdan foydalanish bilan bogʻliq favqulodda hodisalarning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish. 2016-yil 10-iyul Qarshi shahri va tumanlar hokimliklari, “Janubgaztaʼminot” UK. 9. Kichik irrigatsiya tarmoqlarini tiklash uchun taʼmirlash ishlarini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish: yashash joylari ichida; koʻchalarda va prospektlarda 2016-yil 10-iyul Qarshi shahri va tumanlar hokimliklari. 10. 2016-2017-yillar kuz-qish mav�umida havo harorati keskin pasaygan kunlari tabiiy gaz yetkazib berilishi cheklanadigan ulgurji isteʼmolchilar roʻyxatini va isteʼmol qilinadigan gaz hajmini ishlab chiqish hamda tasdiqlash. 2016-yil 10-avgust Qarshi shahri va tumanlar hokimliklari, “Janubgaztaʼminot” UK, “Sanoatgeokontexnazorat” inspeksiyasi viloyat boʻimi (Mamatov). 11. Kuz-qish mavsumida energiya isteʼmolining eng yuqori yuklama soatlarida energiyani teng ravishda ishlatish boʻyicha tadbirlar ishlab chiqish. 2016-yil 1-sentabrgacha “Qashqadaryo HET” AJ Qarshi shahri va tumanlar hokimliklari va tegishli tashkilotlar bilan birgalikda. 12. Kuz-qish mavsumida yuklamalar oshgan vaqtda tabiiy gaz, elektr va issiqlik energiyasi isteʼmolini kamaytirishga moʻljallangan va dolzarb vaqtda ishlatiladigan uskunalarning ish rejimi, shuningdek asosiy uskunalarni taʼmirlash jadvallarini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2016-yil 1-sentabrgacha “Qashqadaryo HET” AJ, “Janubgaztaʼminot” UK, Qarshi shahri va tumanlar hokimliklari va tegishli tashkilotlar bilan birgalikda. 13. 2016-2017-yillar kuz-qish mavsumida tabiiy gaz va elektr energiyasidan uzish mumkin boʻlmagan kategoriyali va oʻta muhim obyektlar roʻyxatini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2016-yil 1-sentabrgacha “Qashqadaryo HET” AJ, “Janubgaztaʼminot” UK, Qarshi shahri va tumanlar hokimliklari va tegishli tashkilotlar bilan birgalikda. 14. Viloyat aholisini siqilgan gaz bilan taʼminlash infratuzilmasini gaz bilan taʼminlash tashkilotlariga xususiy gaz toʻldirish stansiyalarini sotib olish uchun belgilangan tartibda ruxsat berish orqali rivojlantirish. Viloyat boʻyicha 43828 ta maishiy gaz ballonlarini yetkazib berishni taʼminlash 2016-yil 1-oktabrgacha 2016-yil 31-dekabrgacha Qarshi shahri va tumanlar hokimliklari, “Janubgaztaʼminot” UK. II. Yoqilgʻi energetika kompleksini 2014/2015-yillar kuz-qish mavsumida barqaror ishlashiga tayyorlash tadbirlarini amalga oshirish 15. Ishlab chiqarish va yetkazib berish boʻyicha balansni hisobga olgan holda ulgurji isteʼmolchilari va aholiga tabiiy gazni yetkazib berish boʻyicha 2016-yil oktyabr oyidan 2017-yil aprel oyigacha har oylik jadvalini kelishilgan holda ishlab chiqish. 2016-yil 1-avgustgacha “Qashqadaryo HET” AJ, “Janubgaztaʼminot” UK, Qarshi shahri va tumanlar hokimliklari. 16. Viloyat elektr tarmoqlarini kapital taʼmirlash ishlarini bajarilishini taʼminlash. 2016-yil 1-oktabrgacha “Qashqadaryo HET” AJ, “Oʻzdavenergonazoat” inspeksiyasi viloyat boʻlimi, Qarshi shahri va tumanlar hokimliklari. 17. Aholini koʻmir briketlari bilan taʼminlash (Ushbu qarorning 8-ilovasida koʻrsatilgan xajmlarda). 2016-yil 31-dekabrgacha “Qashqadaryo hududiy koʻmir yetkazuvchi” UK, Qarshi shahri va tumanlar hokimliklari, 18. Viloyat hokimligi tomonidan shahar va tumanlar, aholi punktlari boʻyicha tasdiqlangan roʻyxatga asosan kuz-qish mavsumida tabiiy gaz yetkazib berishda uzilishlar kutilayotgan hududlarda suyultirilgan gazni oyma-oy yetkazib berish boʻyicha tasdiqlangan manzilliy dasturlarni “Oʻztransgaz” AKga va Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etish. 2016-yil 1-oktabrdan 2017-yil 1 martgacha “Janubgaztaʼminot” UK, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi viloyat hududiy boshqarmasi, Qarshi shahri va tumanlar hokimliklari. 19. Aholi ehtiyojlariga tabiiy gazni koʻproq ajratish uchun tashkilotlar tomonidan qozonxonalarning uzluksiz ishlashini taʼminlash maqsadida suyuq va qattiq yoqilgʻi zarur zaxirasini yaratish (mazkur qaror 5-ilovasida koʻrsatilgan hajmlarda). 2016-yil 1-noyabrgacha “Qashqadaryo hududiy koʻmir yetkazuvchi” UK, Qarshi shahri va tumanlar hokimliklari, Qarshi va Shahrisabz neft bazalari unitar korxonalari. 20. Ishlayotgan isitish tizimlarini koʻmirda ishlashga moslashtirish boʻyicha belgilangan muddatlarda tashkilotlararo manziliy dasturlarning bajarilishini taʼminlash 2016-yil 1-noyabrgacha Qarshi shahri va tumanlar hokimliklari, viloyat xalq taʼlimi, sogʻliqni saqlash, oʻrta maxsus kasb-hunar boshqarmalari. 21. Ommaviy axborot vositalarida aholi oʻrtasida tabiiy gaz va koʻmir bilan taʼminlash boʻyicha faol tushuntirish ishlarini olib borgan holda keng yoritish har oyning 10 kunigacha Qashqadaryo teleradiokompaniyasi, “Qashqadaryo” va “Novosti Kashkadari” gazetalari. III. Koʻp qavatli uy-joy fondining 2015/2016-yillar kuz-qish mavsumida barqaror faoliyat koʻrsatishga tayyorlash boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish 22. Har bir xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati va mahalla kesimida ushbu hududlarga berkitilgan uchastka inspektori, soliq inspektori, sanitariya epidemiologiya nazorat markazi vakili, tijorat banklar vakili va boshqa tashkilotlar vakillarining bevosita ishtirokida kuz-qish davriga tayyorgarlik va hududlarni obodonlashtirish boʻyicha tasdiqlangan dasturlarning ijrosini va quyidagilarni taʼminlash yuzasidan ishlarni tashkil etish: koʻp qavatli uylardan texnik foydalanish meʼyorlari va qoidalariga mos holda uy-joy fondini texnik soz holda saqlash; koʻp qavatli uylardagi jixoz va uskunalarining sozligi va ulardan uzluksiz foydalanish, yongʻindan saqlanish va sanitariya-texnik qoidalarga amal qilish; koʻp qavatli uylarni joriy taʼmirlash va doimiy koʻrikdan oʻtkazish, uy ichidagi uskunalarning ishdan chiqishi va nosozligini bartaraf etish boʻyicha tadbirlarni tashkil etish; har bir xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati raislarining faoliyatini keng jamoatchilik ishtirokida (mahalla,uylar raislari, xonadon egalari) belgilangan tasniflar asosida baholab borish va umumiy yigʻilishlarda oʻz vazifasini bajara olmagan raislarni almashtirgan holda boshqa rais saylash; ixtisoslashtirilgan oliy oʻquv yurtlari va kasb-hunar kollejlarida yangi va qayta saylangan uy-joy mulkdorlari shirkati raislarini oʻqitish va malakasini oshirish; xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati raislarining aholi oldida doimiy hisob berib borish tizimini yoʻlga qoʻyish. tasdiqlangan jadval asosida Qarshi shaxar va tumanlar xokimliklari, xududlarga berkitilgan tashkilotlar va tijorat banklarining vakillari 23. Ichki avtomobil yoʻllarida muzlashning oldini olish va yoʻllarni taʼmirlash uchun jihozlar va zarur material-texnik resurslarni tayyorlash, hududlarni obodonlashtirish boʻlimlari va boshqarmalari uchun tadbirl�rni ishlab chiqish. 2016-yil 10-iyulgacha Qarshi shahar va tumanlar xokimliklari 24. Kommunal tashkilotlari va XUJMShning dispetcherlik va avriya-tiklash xizmatlarining material-texnik bazasini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish 2016-yil 10-iyulgacha Qarshi shahar va tumanlar xokimliklari 25. Issiqlik energiyasi olmayotgan koʻp qavatli uylarning sonini aniqlash. Ularni zarur issiqlik energiyasi bilan taʼminlash yuzasidan zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish. 2016-yil 10-iyulgacha 2016-yil 1-noyabrgacha Qarshi shahar va tumanlar xokimliklari, viloyat “Issiqlik manbai” AJ, aloqador tashkilotlar. 26. Koʻp qavatli uylarni taʼmirlash uchun maqsadli imtiyozli kreditlar ajratish boʻyicha zarur tadbirlarni ishlab chiqish. 2016-yil 1-oktabrgacha Qarshi shaxar va tumanlar hokimliklari, Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi, tijorat banklari rahbarlari 27. Koʻp qavatli uylar fondining tom qismini joriy va mukammal taʼmirlash 2016-yil 1-oktabrgacha Qarshi shaxar va tumanlar hokimliklari, XUJMSh uyushmasi, XUJMSh, boshqaruv kompaniyalari. 28. Amaldagi meʼyorlar va qoidalarga asosan binolardan samarali foydalanish muddatlari oʻtayotgan koʻp qavatli uylarda kapital va joriy taʼmirlash uchun tijorat banklarining kreditlari,XUJMSh mablagʻlari va homiylik mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish boʻyicha zarur tadbirlarni ishlab chiqish (mazkur qarorning 5 va 6-ilovasida koʻrsatilgan xajmlarda). 2016-yil 1-oktabrgacha Qarshi shaxar va tumanlar hokimliklari, xududlarga berkitilgan tijorat banklarining vakillari, XUJMSh uyushmasi, XUJMSh. 29. XUJMShga ajratilgan tijorat banklarining imtiyozli kreditlari va markazlashgan holda imtiyozli narxda ajratiladigan qurilish materiallari (sement, metall) hisobiga koʻp qavatli uylar oldidagi ichki yoʻl va yoʻlaklarda beton qoplamasi yotqizish. 2016-yil 1-oktabrgacha Qarshi shaxar va tumanlar hokimliklari, xududlarga berkitilgan tijorat banklari, XUJMSh uyushmasi, XUJMSh, pudrat tashkilotlari. 30. Koʻp qavatli uylarni qish mavsumiga tayyorlashni tugallash, issiqlik tarmoqlarini izolatsiyalash boʻyicha moʻljallangan ish hajmlarini bajarish, uy-joylarni issiqlik bilan taʼminlash tadbirlarini sifatli amalga oshirish, muhandislik kommunikatsiyalari, issiqlik punktlari joylashgan yertoʻlalar va tomlarni tekshirish, tomlar, yertoʻlalar va uy yoʻlaklariga kirish eshiklari, deraza romlarini zarur darajada yopilishini taʼminlash 2016-yil 1-oktabrgacha Qarshi shahar va tumanlar hokimliklari, viloyat “Issiqlik manbai” AJ, XUJMSh uyushmasi, XUJMSh. IV.Aholi va ulgurji isteʼmolchilarni uzluksiz issiqlik energiyasi bilan taʼminlash tadbirlari 31. “Sanoatgeokontexnazorat”, “Oʻzdavenergonazorat”,“Oʻzdavneftgazinspeksiya” inspeksiyalari viloyat boʻlimlariga mazkur qarorning 5 va 6-ilovaga asosan qozonxona va issiqlik energiyasi tarmoqlarini joriy va kapital taʼmirlash, issiqlik energiyasi tizimlarini izolatsiya qilish boʻyicha manzilli dasturlarni taqdim etish. 2016-yil 1-oktabrgacha Qarshi shahar va tumanlar hokimliklari 32. Qozonxonalarda joriy va kapital taʼmirlash ishlarini bajarish (zarur hollarda eskirgan va samarasiz ishlayotgan qozonxonalarni almashtirish) va sertifikatlangan qozonxonalardan foydalanishga alohida eʼtibor qaratgan holda ularning kuz-qish mavsumida ishga tayyorligi toʻgʻrisida tegishli dalolatnomalarni tuzish (5 va 6-ilova). 2016-yil 1-oktabrgacha Qarshi shahar va tumanlar hokimliklari “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi viloyat boʻlimi 33. Viloyatdagi tashkilotlarga qarashli mavjud qozonxonalarning texnologik uskunalaridan foydalanishni koʻrikdan oʻtkazish, texnik talablarga javob bermaydigan qozonxonalarni Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish Respublika komissiyasi bilan kelishmasdan turib texnik talablarga javob bermaydigan qozonxonalarni oʻchirgan holda tekshirishlar oʻtkazish. 2016-yil 1-oktabrgacha Qarshi shahar va tumanlar hokimliklari, “Sanoatgeokontexnazorat”, “Oʻzdavenergonazorat”, “Oʻzdavneftgazinspeksiya” viloyat boʻlimlari, “Janubgaztaʼminot” UK. V. Ijtimoiy soha muassasalarini kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash tadbirlari 34. Qishloq joylarida joylashgan ijtimoiy soha muassasalaridagi muhandislik kommunikatsiyalari, bino va inshootlarini, shuningdek, hojatxonalarni amaldagi sanitariya-gigiyena talablarini hisobga olgan holda taʼmirlash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish, shuningdek, zarur qurilish materiallarini (ruberoid, bitum, shifer, oyna, va boshqalar) sotib olish choralarini koʻrish. 2016-yil 10-iyulgacha Qarshi shahar va tumanlar hokimliklari, viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi, viloyat sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi, viloyat oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi. 35. Tabiiy gaz yetishmovchiligi boʻlishi mumkin boʻlgan hududlarda ijtimoiy soha muassasalarida mavjud qozonxonalarni koʻmirda ishlashga oʻtkazish yoki ularni yangi qozonxonalarga almashtirish boʻyicha ularga qoʻshimcha koʻmir yoqilgʻisini yetkazib berish oyma-oy jadvallarini ishlab chiqqan holda tashkilotlararo manzilli dasturlarni ishlab chiqish. 2016-yil 10-iyulgacha Qarshi shahar va tumanlar hokimliklari, viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi, viloyat sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi, viloyat oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi,“Sanoatgeokontexnazorat”, “Janubgaz-taʼminot” UK, viloyat standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi. 36. Mavjud talabni hisobga olgan holda ijtimoiy soha muassasalari uchun sertifikatlangan isitish qozonxonalarini ishlab chiqarishni taʼminlash 2016-yil 10-iyuldan boshlab Qarshi shahar va tumanlar hokimliklari, viloyat “Sanoatgeokontexnazorat”, viloyat sertifikatlashtirish boshqarmasi. 37. “Muruvvat” va “Saxovat” uylari, reabilitatsiya markazlari, urush va mehnat faxriylariga moʻljallangan sanatoriyalar va pansionatlarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash topshiriqlarini bajarilishi boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish 2016-yil 1-sentabrgacha Qarshi shahar va tumanlar hokimliklari, viloyat sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi. 38. Mehribonlik uylari, “Muruvvat” va “Sahovat” uylari, reabilitatsiya markazlari, sanatoryalar, urush va mehnat faxriylariga moʻljallangan pansionatlarning isitish tarmoqlarini tiklash va qozonlarini ishlatishga tayyorlash. 2016-yil 1-sentabrgacha Qarshi shahar va tumanlar hokimliklari, viloyat sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi. VI. Tadbirlarni monitoring qilish 39. 2016-2017-yillar kuz-qish davrida obyektlarning barqaror ishlashga tayyorgarligi boʻyicha maʼlumotlarni viloyat komissiyasiga taqdim etib borish va koʻrib chiqish. har 10 kunda 2016-yil 20-iyundan boshlab Qarshi shahar va tuman hokimliklari, aloqador tashkilotlar rahbarlari
Viloyat hokimining 2016-yil 14-iyundagi X-308/06-sonli qaroriga 5-ILOVA
Asosiy muxandislik kommunikatsiyalari va texnologik uskunalarni, shuningdek ijtimoiy soha obyektlari va uy-joy fondini hududlar boʻyicha 2016/2017-yilgi kuz-qish mavsumi davriga tayyorlash yuzasidan mukammal taʼmirlash
TOPShIRIQLARI
T/r Hududlar nomi Mukammal taʼmirlash: koʻp qavatli uylar (dona) qozonxonalar (dona) qozonlar (dona) issiqlik tarmoqlari (km) ichimlik suvi tarmoqlari (km) gaz tarmoqlari (km) elektr tarmoqlari (km) transformator punktlari (dona) 1. Dehqonobod tumani 0,3 51,9 40 2. Kasbi tumani 0,4 94,7 40 3. Kitob tumani 0,3 66,7 42 4. Koson tumani 0,5 167,5 40 5. Mirishkor tumani 0,6 127,2 41 6. Muborak tumani 0,4 58,0 26 7. Nishon tumani 0,7 64,1 35 8. Chiroqchi tumani 0,2 90,6 58 9. Shahrisabz tumani 0,6 102,5 52 10. Yakkabogʻ tumani 0,2 121,1 45 11. Qamashi tumani 0,2 103,6 42 12. Qarshi tumani 0,6 135,0 45 13. Gʻuzor tumani 0,4 0,5 89,2 46 14. Qarshi shahri 25 2 0,8 2,9 0,1 42,3 38 Viloyat boʻyicha 25 2 0,8 8,3 0,6 1314,4 590
Viloyat hokimining 2016-yil 14-iyundagi X-308/06-sonli qaroriga 6-ILOVA
Asosiy muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik uskunalarni, shuningdek ijtimoiy soha obyektlari va uy-joy fondini hududlar boʻyicha 2016/2017-yilgi kuz-qish mavsumi davriga tayyorlash yuzasidan joriy taʼmirlash
TOPShIRIQLARI
T/r Hududlar nomi Joriy taʼmirlash: koʻp qavatli uylar (dona) qozonxonalar (dona) qozonlar (dona) issiqlik tarmoqlari (km.) issiqlik tarmoqlarini izo�yatsiya qilish (km.) ichimlik suvi tarmoqlari (km.) GTQ taftish (reviziya) qilish (dona) elektr tarmoqlari (km.) transformator punktlari 1. Dehqonobod 2 0,1 121 388,1 156 2. Kasbi 5 0,3 100 300,4 126 3. Kitob 6 0,3 48 462,4 203 4. Koson 7 0,5 300 366,8 120 5. Mirishkor 4 0,6 20 348,0 132 6. Muborak 15 0,6 63 202,3 74 7. Nishon 14 0,4 76 380,4 148 8. Chiroqchi 7 0,3 84 535,2 354 9. Shahrisabz 16 0,6 110 534,7 268 10. Yakkabogʻ 7 0,4 63 451,1 235 11. Qamashi 6 0,3 38 499,4 181 12. Qarshi 8 0,6 137 419,0 150 13. Gʻuzor 7 0,4 54 465,5 213 14. Qarshi sh 105 4 3 0,5 0,5 3,1 2505 164,7 126 35-110 kV havo tarmogʻi 2350,5 Viloyat boʻyicha 209 4 3 0,5 0,5 8,5 3719 7868,5 2486
Viloyat hokimining 2016-yil 14-iyundagi X-308/06-sonli qaroriga 7-ILOVA
Hududlar boʻyicha ijtimoiy soha obyektlarini 2016/2017-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorlash maqsadida mukammal va joriy taʼmirlash
TOPShIRIQLARI
T/r Hududlar nomi Mukammal taʼmirlash Joriy taʼmirlash maktablar (dona) muruvvat va saxovat uylari, urush va mehnat faxriylari davolanish maskanlari bolalar bogʻchalari (dona) shifoxonalar (dona) maktablar (dona) maktablarda singan oynalarni almashtirish (kv.m) bolalar bogʻchalari (dona) mehribonlik uylari va internatlar (dona) shifoxonalar (dona) 1. Dehqonobod 1 11 299 2 3 2. Kasbi 2 14 30 6 3. Kitob 1 15 40 5 2 4. Koson 2 18 40 7 5. Mirishkor 1 9 47 3 1 6. Muborak 1 7 75 3 7. Nishon t. 1 8 25 2 8. Chiroqchi t. 1 27 200 4 1 1 9. Shahrisabz 1 17 143 7 10. Yakkabogʻ t. 1 15 70 5 2 11. Qamashi t. 1 9 54 4 12. Qarshi t. 1 10 469 5 13. Gʻuzor t. 2 12 20 3 14. Qarshi shah. 2 9 5 1 Viloyat DPMlar 4 10 Viloyat boʻyicha 18 4 181 1512 61 1 20
Viloyat hokimining 2016-yil 14-iyundagi X-308/06-sonli qaroriga 8-ILOVA
2016/2017-yillar kuz-qish mavsumi uchun koʻmir, mazut va suyultirilgan gaz yetkazib berish
TOPShIRIQLARI
T/r Hudud nomi Koʻmir (tonna) Suyultirilgan gaz (tonna) Pech yoqilgʻisi (tonna) Aholi uchun gaz ballonlari ( dona) Jami Budjet muassasalariga Shundan Aholiga koʻmir yetkazib berish shundan Birja orqali yetkaziladigan koʻmir “Qishloq qurilish invest” MChJ IK xalq taʼlimi sogʻliqni saqlash kasb-hunar koʻmir koʻmir briketi koʻmir koʻmir briketi koʻmir koʻmir briketi koʻmir koʻmir briketi 1. Dehqonobod tumani 3629 2080 1137 450 254 19 170 50 928 828 100 621 1247,1 302 2. Kasbi tumani 4164 1549 854 250 151 69 155 70 1718 1418 300 897 1877,8 3477 3. Kitob tumani 10548 3265 1401 850 483 256 100 175 3143 2743 400 4140 2425,5 70 0 4. Koson tumani 5090 1609 800 350 170 69 150 70 2515 2215 300 966 1833,0 35 10947 5. Mirishkor tumani 2475 719 300 250 50 19 70 30 859 759 100 897 1018,3 1483 6. Muborak tumani 2056 369 130 100 49 20 40 30 721 621 100 966 333,3 511 7. Nishon tumani 3057 925 400 325 60 50 40 50 1442 1242 200 690 1183,9 3197 8. Chiroqchi tumani 9191 2758 1730 320 150 100 400 58 2736 2536 200 897 2800 3228,4 30 2157 9. Shahrisabz tumani 10603 2730 1269 946 100 150 100 165 5113 4313 800 2760 2868,2 190 7084 10. Yakkabogʻ tumani 6384 2482 1480 420 287 100 126 69 2867 2467 400 1035 2517,0 60 26 11. Qamashi tumani 4627 2683 1600 500 200 33 250 100 978 828 150 966 2844,7 262 12. Qarshi tumani 5431 1380 750 350 131 69 40 40 2722 2422 300 1329 1606,6 6144 13. Gʻuzor tumani 3929 1896 1000 456 201 19 145 75 1067 917 150 966 2274,1 65 8238 14. Qarshi shahar 4668 407 0 207 67 133 0 0 2191 1691 500 2070 465,2 0 Jami 75852 24852 12851 5774 2353 1106 1786 982 29000 25000 4000 19200 2800 25723 450 43828
Viloyat hokimining 2016-yil 14-iyundagi X-308/06-sonli qaroriga 9-ILOVA
Iqtisodiyot tarmoqlarini 2016/2017-yilgi kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni muvofiqlashtirish boʻyicha viloyat komissiyasi
TARKIBI
Z. Roʻziyev — Viloyat hokimi, komissiya raisi N. Qurbonov — Viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari T. Ruziyev — Viloyat hokimining oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari Gʻ. Djavliyev — Viloyat hokimining oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari M. Xayitmurodov — Viloyat hokimining oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari B. Qodirov — Viloyat hokimining oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari R. Eshqobilova — Viloyat hokimining oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari U. Avazov — viloyat hokimligi kotibiyati mudiri X. Joʻrayev — viloyat hokimligi kotibiyati mudiri R. Azimov — viloyat hokimligi hududlarni kompleks rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi B. Maxmadaliyev — viloyat moliya boshqarmasi boshligʻi v.b M. Eshboboyev — viloyat hokimligi “YaBX” injiniring kompaniyasi direktori Q. Normuxammedov — viloyat oʻrta maxsus, kasb-xunar taʼlimi boshqarmasi boshligʻi L. Xolov — viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi T. Rasulov — viloyat sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi boshligʻi O. Murtozayev — viloyat sanitariya epidemiologiya nazorat markazi bosh vrachi S. Norqobilov — Qarshi mintaqaviy temir yoʻl uzeli boshligʻi N. Xodjayev — viloyat IIB yongʻin xavfsizligi boshqarmasi boshligʻi X. Ishimov — “Qashqadaryo hududiy koʻmir yetkazuvchi” UK direktori I. Haydarov — “Oʻzdavneftgazinspeksiya” viloyat boʻlimi boshligʻi v.b I. Mamatov — “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi viloyat boʻlimi boshligʻi E. Nomozov — “Oʻzdavenergonazorat” viloyat boʻlimi boshligʻi A. Muzapov — “Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari” OAJ direktori v.b. A. Temirov — “Janubgaztaʼminot” UK direktori v.b Q. Joʻrayev — viloyat “Issiqlik manbai” OAJ direktori v.b Sh. Murodov — viloyat “Suvoqova” DUK direktori M. Azizov — Qarshi neft bazasi unitar korxonasi direktori I. Tilovov — Shahrisabz neft bazasi unitar korxonasi direktori
