Oliy harbiy bojxona institutiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (2659-1-son)
07.07.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 7-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2659-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 16-iyundagi 209-son “Oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik jarayoni optimallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2015-yil 4-fevraldagi 01-02/3-07-son qarori (roʻyxat raqami 2659, 2015-yil 5-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 9-son, 107-modda) bilan tasdiqlangan Oliy harbiy bojxona institutiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror 2017-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Rais Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2016-yil 4-iyul,
01-02/13-55-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 4-iyuldagi 01-02/13-55-sonli qaroriga ILOVA
Oliy harbiy bojxona institutiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 38-banddagi “iyun oyida” degan soʻzlar “25-iyunga qadar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 48-banddagi “30-iyuniga qadar” degan soʻzlar “25-iyuniga qadar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 53-banddagi “15-iyulda” degan soʻzlar “10-iyulda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
