Jizzax shahrining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va mahalliy budjetning parametrlari toʻgʻrisida (42-son)
14.01.2016
Jizzax viloyati Jizzax shahar hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-I-son) 99-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2015-yil 11-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi 276-III-son qarori, Oliy Majlisi Senatining 2015-yil 3-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi SQ-61-III-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2455-son Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 52-son, 646-modda) va Jizzax viloyat hokimining 2015-yil 31-dekabrdagi “Jizzax viloyatining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va mahalliy budjetning parametrlari toʻgʻrisida”gi 343-sonli qarori (Jizzax haqiqati gazetasi, 2016-y., 3-son) ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 6-moddasiga muvofiq qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-son Qarori va viloyat hokimining 2015-yil 31-dekabrdagi 343-sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin.
2. 2016-yil uchun:
Jizzax shahrining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi 1-ilovaga* muvofiq;
* 1-ilova berilmaydi.
Jizzax shaharining 2016-yilgi mahalliy budjeti asosiy parametrlari 2-ilovaga muvofiq;
Jizzax shahar mahalliy budjetining daromadlar va xarajatlar hajmlari, viloyat budjetidan budjet subvensiyalarining cheklangan miqdorlari 3-ilovaga muvofiq;
Jizzax shahar mahalliy budjetiga umumdavlat soliqlar tushumlaridan ajratmalar normativlari 4-ilovaga muvofiq;
Jizzax shahar mahalliy budjetining aylanma kassa mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdorlari 5-ilovaga muvofiq;
tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari boʻyicha yuridik shaxslardan va yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qatʼiy belgilangan soliq stavkalari 6-ilovaga muvofiq;
yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan soliq stavkalari 7-ilovaga muvofiq;
mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalari 8-ilovaga muvofiq;
savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga, shuningdek shu sohaga tegishli mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovi stavkalari 9-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-son Qaroridagi tegishli ilovalari bilan:
yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi stavkalari;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi stavkalari;
yagona soliq toʻlovi stavkalari;
respublikada ishlab chiqariladigan va uning hududiga chetdan keltiriladigan aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarga aksiz soligʻi stavkalari;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari;
yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari;
imzolanadigan bonus va tijoratbop topilma bonusi stavkalari;
ayrim turdagi mahsulotlar boʻyicha qoʻshimcha foyda soligʻi stavkalari;
yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari;
yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi stavkalari;
yagona yer soligʻi stavkalari;
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlariga dividendlar va foizlar tarzida toʻlanadigan daromad soligʻi stavkalari 10 foiz miqdorida;
qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasi 20 foiz miqdorida;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar va yigʻimlar stavkalari;
belgilangan soliqqa tortish obyektlaridan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar stavkalari 1,6 foiz, Oʻzbekiston Respublika Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar stavkalari 1,4 foiz va Oʻzbekiston Respublika Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar stavkalari 0,5 foiz miqdorida;
mablagʻlarning budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur Qarorining 25-ilovasida keltirilgan normativlarga muvofiq taqsimlangan holda yagona ijtimoiy toʻlov stavkalari;
fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy sugʻurta badallari stavkasi 7,5 foiz miqdorida tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
yagona soliq toʻlovi tushumlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi hamda budjetdan tashqari Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmalari oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan miqdorlarda taqsimlanishi maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
4. Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga soliq solish shartnomada belgilangan ijara toʻlovi summasidan kelib chiqqan holda, biroq::
yuridik shaxslar uchun — davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalaridan;
mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun — mazkur qarorning 10-ilovasiga muvofiq belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblangan summadan kam boʻlmagan miqdorda amalga oshirilishi belgilansin.
5. Qarzni undirishni soliq toʻlovchilar mol-mulkiga qaratish uchun soliq boʻyicha qarzlarning eng kam miqdorlari 11-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. 2016-yilning 1-yanvaridan boshlab:
“Oʻztransgaz” AK tomonidan avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalariga (balansida avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalari mavjud yuridik shaxslarni oʻz ichiga olgan holda) sotadigan tabiiy gazning ulgurji-sotish narxiga soliqqa tortilmaydigan maxsus investitsiyaviy qoʻshimcha haqi bir kubometriga 500 soʻm miqdorida;
mobil aloqa xizmati koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlov haqi oyiga 1500 soʻm miqdorida belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
import qilingan uglevodorod xomashyosidan xomashyo egasiga qaytarib berish sharti asosida ishlab chiqarilgan benzin va dizel yoqilgʻisining hajmlari, transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gazdan foydalanganlik soligʻiga tortish obyektiga kiritilishi belgilanganligi maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
7. Shaharning oʻzini-oʻzi moliyaviy taʼminlash darajasini oshirish, davlat boshqaruvi organlarining va mahalliy davlat hokimiyati organlarining mahalliy budjetlar daromadlari va xarajatlarini shakllantirishdagi roli, mustaqilligi va masʼuliyatini oshirish, mahalliy budjetlarning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidagi ulushini koʻpaytirish maqsadida quyidagi umumdavlat soliqlari va boshqa daromadlar boʻyicha tushumlar:
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
6-ilovada nazarda tutilgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari boʻyicha qatʼiy belgilangan soliq;
7-ilovada nazarda tutilgan yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qatʼiy belgilangan soliq;
chakana savdo tarmoqlarida sotiladigan oltindan yasalgan zargarlik buyumlariga aksiz soligʻi;
12-ilovaga muvofiq davlat bojlari, yigʻimlar va jarimalar toʻliq hajmda viloyat, shahar va tumanlarining mahalliy budjetlar daromadlariga oʻtkazilishi;
Shuningdek, mobil aloqa xizmatini koʻrsatuvchi yuridik shaxslarning (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga yoʻnaltiriladigan qismi, abonentning roʻyxatga olingan joyiga qarab viloyatlar mahalliy budjetlariga oʻtkazilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
8. Shahar hokimligi iqtisodiyot va moliya boʻlimlari hamda Davlat soliq inspeksiyasi bilan kelishilgan holda:
ikki hafta muddatda hududning yuqori budjetdan subvensiya olish darajasini pasaytirish Dasturini ishlab chiqish va viloyat hokimligiga kiritish;
2016-yilning 1-choragi yakunlari boʻyicha mahalliy budjetning daromad keltiradigan bazasini koʻpaytirish, tushumlarning qoʻshimcha rezervlarini topish va tegishli hududlarda soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish boʻyicha shahar hokimligiga takliflar kiritish;
subvensiya olish darajasini qisqartirish dasturini amalga oshirishning borishi va tegishli budjetlarning daromad keltiradigan bazasini koʻpaytirish chora-tadbirlarining natijalari toʻgʻrisida maʼlumotlarni har chorakda viloyat hokimligiga taqdim etib borish vazifalari topshirilsin.
Belgilansinki, mahalliy budjetlarning daromadiga qoʻshiladigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar tegishli budjet parametrlarida koʻzda tutilmagan xarajatlarga yoʻnaltirilishi mumkin emas.
9. Mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan maktabgacha taʼlim muassasalarida 2016-yilda bolalar taʼminoti uchun ota-onalardan olinadigan toʻlov miqdorlari 13-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
10. Ushbu qaror “Jizzax ovozi” gazetasida eʼlon qilinsin va tegishli tartibda hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish shahar hokimining oʻrinbosari Gʻ. Xidirov zimmasiga yuklatilsin.
12. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim A. QOBILOV
Jizzax sh.,
2016-yil 14-yanvar,
42-son
Shahar hokimining 2016-yil 14-yanvardagi 42-sonli qaroriga 2-ILOVA
Jizzax shahrining 2016-yilgi mahalliy budjeti
ASOSIY PARAMETRLARI
Koʻrsatkichlar mln. soʻm I. Daromadlar — hammasi 32345 990,0 1. Toʻgʻri soliqlar 13893 506,0 1.1. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi 1.2. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar 1.3. Yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar, shu jumladan kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha 1.4. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 3621 592,0 1.5. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qatʼiy belgilangan daromad soligʻi 7745 694,0 1.6. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi 2526220,0 2. Egri soliqlar 3104 411,0 2.1. Qoʻshilgan qiymat soligʻi 2.2. Aksiz soligʻi 2.3. Transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz isteʼmol qilganlik uchun soliq 3104 411,0 3. Resurs toʻlovlari va mol-mulk soligʻi 12417 451,0 3.1. Mol-mulk soligʻi 8026 898,0 3.2. Yer soligʻi 4286 135,0 3.3. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 104 418,0 4. Boshqa daromadlar 2930622 II. Xarajatlar — jami 75579421,0 1. Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga xarajatlar — jami 67543112,0 jumladan: 1.1. Maorif 47764772,0 umumiy taʼlim 47379926,0 kadrlar tayyorlash 384846,0 1.2. Sogʻliqni saqlash 13920997,0 1.3. Madaniyat va sport, ommaviy axborot vositalari 298140,0 madaniyat va ommaviy axborot vositalari 298140,0 sport 1.4. Fan 1.5. Ijtimoiy taʼminot 94563,0 1.6. Bolali oilalarga va kam taʼminlangan oilalarga nafaqalar 5440082,0 1.7. Davlat mukofotlarini toʻlash boʻyicha xarajatlar 1.8. Ijtimoiy koʻnikma markazlari 24558,0 1.9. Isitish qozonxonalari va kommunal xoʻjalikning isitish tizimlarini kapital taʼmirlash 2. Iqtisodiyotga xarajatlar 5759139,0 jumladan: 2.1. Qishloq xoʻjaligi vazirligi tashkilotlari 191377,0 2.2. Obodonlashtirish 5412775,0 2.3. Drenaj ishlari bilan bogʻliq xarajatlar 154987,0 3. Markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari 4. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini saqlash 725733,0 jumladan: 4.1. Davlat boshqaruv idoralari 725733,0 5. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini saqlash 1551437,0 6. Zaxira jamgʻarmasi 7. Boshqa xarajatlar jumladan: 7.1 Mahalliy budjetdan moliyalashtiriladigan boshqa muassasalar va tadbirlar 7.2 Qabullar uyini saqlash xarajatlari
Shahar hokimining 2016-yil 14-yanvardagi 42-sonli qaroriga 3-ILOVA
Jizzax shahar mahalliy budjetining daromadlar va xarajatlar hajmlari, viloyat budjetidan budjet subvensiyalarining
ChEKLANGAN MIQDORLARI
(ming soʻm) Hududlar nomi Daromadlar Xarajatlar Subvensiya mablagʻi jami Ijtimoiy nafaqalar uchun subvensiya Xalq taʼlimi muassasalarining ish haqi va YIT uchun subvensiya Oʻtkazib beriladigan daromadlar Jizzax shahri 32345990 75579421 43 233431 43 233431
Shahar hokimining 2016-yil 14-yanvardagi 42-sonli qaroriga 4-ILOVA
Jizzax shahar mahalliy budjetiga umumdavlat soliqlar tushumlaridan
AJRATMALAR NORMATIVLARI
(foizda) Hududlar nomi Yuridik shaxslarning daromad (foyda) soligʻi Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalaridan yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratma Yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratma, mikrofirmalar va kichik korxonalar qoʻshilgan holda Jismoniy shaxslar daromad soligʻi Qoʻshilgan qiymat soligʻi Aksiz soligʻi, shu jumladan oʻsimlik moyi Jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz isteʼmol qilganlik uchun soliq Davlat boji, mahalliy Jarimalar, mahalliy DAN yigʻimlari Jizzax shahri 0 0 0 10 0 0 18 0 0 0
Shahar hokimining 2016-yil 14-yanvardagi 42-sonli qaroriga 5-ILOVA
Jizzax shahar mahalliy budjetining aylanma kassa mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam
MIQDORLARI
(ming soʻm) Hududlar nomi Aylanma kassa mablagʻi miqdori Jizzax shahri 272 400,0 Hammasi 272 400,0
Shahar hokimining 2016-yil 14-yanvardagi 42-sonli qaroriga 6-ILOVA
Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari boʻyicha yuridik shaxslardan va yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qatʼiy belgilangan
SOLIQ STAVKALARI
T/r Faoliyat turi Soliq toʻlovchilar Mazkur faoliyat turini xarakterlovchi fizik koʻrsatkichlar Bir oyga birlik koʻrsatkich uchun qatʼiy belgilangan soliq stavkasi (bitta birlik uchun eng kam oylik ish haqi koʻpaytmasi hisobida) Jizzax shahri 1. Avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash uchun joylar yuridik shaxslar egallagan maydon (1 kv.metr) 0,06 2. Bolalar oʻyin avtomatlari yuridik va jismoniy shaxslar jihozlangan oʻrinlar soni (bir birlikda) 2,0
Izoh:
1. Qatʼiy belgilangan soliq stavkalari 2016-yil 1-yanvar holatiga belgilangan eng kam ish haqi (130 240 soʻm) miqdoridan kelib chiqib hisoblanadi hamda eng kam ish haqining yil davomidagi oʻzgarishi davomida qayta koʻrib chiqilmaydi.
2. Qatʼiy belgilangan soliq hisob-kitoblari taqdim etilganda, hisobga olinmagan birlik koʻrsatkichlari aniqlanganda, bu holat soliqqa tortiluvchi obyektni yashirish deb hisoblanadi.
Shahar hokimining 2016-yil 14-yanvardagi 42-sonli qaroriga 7-ILOVA
Yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan
SOLIQ STAVKALARI
T/r Faoliyat turi Bir oyga birlik koʻrsatkich uchun qatʼiy belgilangan soliq stavkasi (bitta birlik uchun eng kam oylik ish haqi koʻpaytmasi hisobida) Jizzax shahri 1. Chakana savdo oziq-ovqat tovarlari bilan 6,0 dehqon bozorlarida qishloq xoʻjalik mahsulotlari bilan* 4,0 nooziq-ovqat tovarlari bilan 6,5 gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan 3,0 oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan (statsionar nuqtalardagi aralash savdo) 6,5 2. Maishiy xizmatlar 1,5 3. Xususiy mahsulot ishlab chiqarish, shu jumladan milliy shirinliklar va non-boʻlka mahsulotlari tayyorlash va sotish, shuningdek uy sharoitlarida yoki davlat hokimiyati organlarining qarori bilan maxsus ajratilgan joylarda oʻtirish joylari tashkil qilmasdan donalab sotiladigan ovqatlarning ayrim turlarini tayyorlash va sotish 1,5 4. Boshqa faoliyat turlari 1,5 5. Avtomobil transportida yuklarni tashishga oid xizmatlar: 3 tonnagacha yuk koʻtarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun 2,0 8 tonnagacha yuk koʻtarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun 3,0 8 tonnadan ortiq yuk koʻtarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun 4,0
* Dehqon xoʻjaligida parvarishlangan, ham tirik koʻrinishda ham ularni soʻyib, xom va qayta ishlangan koʻrinishdagi mahsulotlar sifatida chorva mollari, quyonlar, nutriyalar, baliq, parrandani, shuningdek natura va qayta ishlangan koʻrinishda asalarichilik va dehqonchilik (gulchilikdan tashqari) mahsulotlarini sotish bundan mustasno. Etishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlar uchun fuqarolar tomonidan unga yoki oilasiga ajratilgan yer maydonida ishlab chiqarilgan joydagi davlat hokimiyati organi, oʻzini oʻzi boshqarish organi, bogʻdorchilik boshqaruvi, bogʻdorchilik-polizchilik uyushmalari tomonidan berilgan tegishli shakldagi tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda soliq toʻlovidan ozod etiladi.
Izoh:
1. Qatiy belgilangan soliq stavkalari 2016-yil 1-yanvar holatiga belgilangan eng kam ish haqi (130 240 soʻm) miqdoridan kelib chiqib hisoblanadi hamda eng kam oylik ish haqining yil davomidagi oʻzgarishi davomida qayta koʻrib chiqilmaydi.
2. Jismoniy shaxs:
a) bir necha faoliyat turi bilan shugʻullansa har bir faoliyat turi uchun alohida soliq toʻlaydi;
b) tadbirkorlik faoliyatini ijaraga olingan uskunalar va binoda amalga oshirsa, yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga ijaraga berish toʻgʻrisida maʼlumotnoma (axborot) taqdim etishi shart.
v) davlat roʻyxatidan oʻtmagan hududda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullangan taqdirda, soliq hududlar stavkalari oʻrtasidagi ijobiy farq olgan holda toʻlanadi. Shunda stavkalar oʻrtasidagi ijobiy farq tadbirkorning davlat roʻyxatidan oʻtgan hududga toʻlanadi.
3. Jismoniy shaxslar tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtmasdan turib, alohida yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanganligi aniqlangan taqdirda, hududiy davlat soliq xizmati organlari tomonidan faoliyat turiga belgilangan qatʼiy soliq stavkalari boʻyicha bir yil miqdorida soliq undiriladi, ammo jismoniy shaxs yakka tartibdagi tadbirkor sifatida Davlat roʻyxatidan oʻtmasdan turib alohida yakka tartibda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanganligi aniqlangan vaqtdan 30 kun ichida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan hollar bundan mustasno. Bunday jismoniy shaxsga qatʼiy belgilangan soliqning bir yillik miqdorini Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq, shu davrdagi qatʼiy soliq boʻyicha majburiyatlar hisobidan 12 oy davomida toʻlash huquqi beriladi.
4. Jismoniy shaxslarning mol-mulkni ijaraga berishdan olgan daromadlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-sonli Qarorining 9-ilovasida koʻrsatilgan stavkalar (yaʼni jismoniy shaxslardan olinadigan daromadlar) boʻyicha soliq solinadi.
Shahar hokimining 2016-yil 14-yanvardagi 42-sonli qaroriga 8-ILOVA
Mahalliy soliqlar va yigʻimlar
STAVKALARI
T/r Soliq va yigʻim turi Meʼyoriy stavkalar 1. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi Sof foydaning 8% (foizi) 2. Isteʼmol uchun undiriladigan soliq:* transport vositalari uchun benzin yoqilgʻisi 1 litr uchun 335 soʻm / 1 tonna uchun 445 000 soʻm** transport vositalari uchun dizel yoqilgʻisi 1 litr uchun 335 soʻm / 1 tonna uchun 407 025 soʻm** transport vositalari uchun suyultirilgan gaz 1 litr uchun 230 soʻm transport vositalari uchun siqilgan gaz 1 kub metr uchun 275 soʻm 3. Mahsulotlarning ayrim turlarini chakana savdo qilish huquqi uchun litsenzion yigʻim*** Alkogolli mahsulotlar, umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarni sotishni qoʻshgan holda bir oylik savdosi uchun eng kam oylik ish haqining 5 barobari miqdorida qimmatbaho metallar va toshlardan yasalgan buyumlar bir oylik savdosi uchun eng kam oylik ish haqining 3,5 barobari miqdorida 4. Avtotransport vositalarini saqlash joylarida koʻrsatiladigan pullik xizmatdan yigʻim**** har bir oy uchun eng kam ish haqining 8 baravari
* koʻrsatib oʻtilgan stavkalar hajmi Jizzax viloyatining barcha hududlarida yagona hisoblanadi.
Qaytarib berish sharti bilan qayta ishlab berilgan xomashyodan ishlab chiqarilgan benzin va dizel yoqilgʻilarining transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gazdan foydalanganligi soligʻi stavkalari, benzin, dizel yoqilgʻilarining chakana narxlari miqdorida va benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz isteʼmoli uchun soliqlarni hisobga olgan holda shakllanadi.
Komissiya shartnomalari asosida import xomashyolaridan qaytarib berish sharti bilan ishlab berilgan benzin va dizel yoqilgʻilarining hajmidan hisoblanayotgan transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gazdan foydalanganligi soligʻini toʻlovchilarini hamda hisoblash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
** Benzin va dizel yonilgʻisi avtomobillarga yoqilgʻi quyish shaxobchalari orqali sotilganda transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz isteʼmoli uchun soliq 1 litr hisobidan hisoblanadi, boshqa holatlarda 1 tonna hisobidan hisoblanadi.
*** Yigʻim yagona hisob raqamga tushib, undan keyin qonunchilikda belgilangan tartibga asosan taqsimlanadi:
alkogol mahsulotlari boʻyicha — budjet va tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili orqali davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha yagona markazlari oʻrtasida;
qimmatbaho metall va toshlardan tayyorlangan buyumlar boʻyicha — shaharning budjetdan tashqari (maxsus) hisob raqamlari oʻrtasida.
**** Boshqa aholi punktlarida eng kam ish haqining 2 barobaridan kam boʻlmagan miqdorda belgilanishi lozim va ushbu miqdorlar shahar qarorining ilovalarida aniq koʻrsatilishi lozim.
Shahar hokimining 2016-yil 14-yanvardagi 42-sonli qaroriga 9-ILOVA
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga, shuningdek shu sohaga tegishli mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovi
STAVKALARI
T/r Toʻlovchilar soliq solinadigan bazaga soliq stavkasi % (foizda) 1. Umumiy ovqatlanish korxonalari 10 ulardan: umumiy taʼlim maktablari, maktab-internatlari, oʻrta maxsus va oliy oʻquv yurtlariga xizmat koʻrsatuvchi ixtisoslashgan korxonalar 8 2. Chakana savdo korxonalari (3 va 4-bandlar hisobga olinmagan holda* 2.1. joylashgan joyiga qarab: Jizzax shahri 4 Boshqa aholi punktlari 2 Borishi qiyin hamda togʻli aholi punktlari** 1 2.2. joylashgan joyidan qatʼi nazar: alkogol mahsulotlari, tamaki mahsulotlari, benzin, dizel yoqilgʻisi va siqilgan gazni sotish hisobiga aylanadigan tovarlar boʻyicha 4 3. Ulgurji savdo, shuningdek ulgurji-chakana savdo bilan shugʻullanuvchi korxonalar (4-bandni hisobga olmagan holda): 5 4. Ulgurji va chakana savdo bilan shugʻullanuvchi dorixonalar joylashuviga qarab: Jizzax shahri 3 Boshqa aholi punktlari 2 Borishi qiyin hamda togʻli aholi punktlari** 1
* Agarda ulgurji savdo korxonalarining boshqa hududlarda alohida mustaqil yuridik maqomiga ega boʻlmagan savdo shaxobchalari mavjud boʻlsa, ushbu korxonalar har bir savdo shohobchalari boʻyicha alohida tovar aylanmasi hisob-kitobini olib, ushbu shohobchalar joylashgan hududiga belgilangan yagona soliq stavkasini toʻlaydilar.
** Borishi qiyin va togʻli aholi punktlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2008-yil 11-noyabrda roʻyxatdan oʻtgan 1868-sonli Yoʻriqnoma asosida va Jizzax viloyati Yer resurslari va Davlat kadastri boshqarmasi “Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastr xizmati davlat unitar korxonasi” tomonidan taqdim etilgan roʻyxatda belgilanadi.
Shahar hokimining 2016-yil 14-yanvardagi 42-sonli qaroriga 10-ILOVA
Jismoniy shaxslar uchun mol-mulkni ijaraga berishdan tushadigan ijara toʻlovi eng kam
STAVKASI
T/r Toʻlovchilar Belgilangan stavkalarni xarakterlovchi oʻlchov koʻrsatkichlar Bir oyga ijara toʻlovlarning eng kam stavka miqdorlari (soʻmda) Viloyat markazida 1. Bino Turar joy binosi 1 kv.m umumiy maydon uchun 2 000 Noturar joy binosi 4 000 2. Avtomobil transporti Yengil avtomobil (haydovchi oʻrnini qoʻshmagan holda yukxona va 8 ta yoʻlovchi oʻrindiqdan koʻp boʻlmagan yoʻlovchi tashishga moʻljallangan avtotransport vositasi) 1 ta avtotransport vositasi uchun 220 000 mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk avtomobillari 430 000
Izoh: mazkur stavkalar jismoniy shaxslarning mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlariga soliq solish maqsadida qoʻllaniladi.
Shahar hokimining 2016-yil 14-yanvardagi 42-sonli qaroriga 11-ILOVA
Qarzni undirishni soliq toʻlovchilar mol-mulkiga qaratish uchun soliq boʻyicha qarzlarning eng kam
MIQDORLARI
T/r Toʻlovchilar Eng kam oylik ish haqi koʻpaytmasi hisobida 1. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni amalga oshirish majburiyati yuklangan yuridik shaxslar 20 2. Jismoniy shaxslar 5
Izoh: undirishni soliq toʻlovchilarning mulkiga qaratish uchun soliq qarzdorligining eng kam miqdorlari 2016-yil 1-yanvar holatiga belgilangan eng kam ish haqi (130 240 soʻm) miqdoridan kelib chiqib aniqlanadi hamda eng kam ish haqining yil davomidagi oʻzgarishi davomida qayta koʻrib chiqilmaydi.
Shahar hokimining 2016-yil 14-yanvardagi 42-sonli qaroriga 12-ILOVA
Mahalliy budjet daromadiga oʻtkaziladigan davlat bojlari, yigʻimlari va jarimalari
T/r Nomi 1. Davlat bojlari (alohida faoliyat turini amalga oshirish uchun beriladigan litsenziyalarga davlat bojlari va patent bojlari bundan mustasno) 2. Soliq organlari tomonidan solinadigan jarimalar 3. Umumiy yurisdiksiya sudlari tomonidan solinadigan jarimalar 4. Xoʻjalik sudlari tomonidan solinadigan jarimalar 5. Ichki ishlar vazirligi Post xizmati va jamoat tartibini saqlash Patrullari tomonidan solinadigan jarimalar 6. 2 — 5-bandlarda koʻrsatilmagan boshqa jarimalar 7. Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakat xavfsizligi davlat xizmatining hududiy boʻlimlari tomonidan undiriladigan yigʻimlar
Izoh: Davlat bojlari, yigʻimlar va jarimalar tushumlarining mahalliy budjet va vazirlik hamda idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari oʻrtasidagi taqsimoti belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Shahar hokimining 2016-yil 14-yanvardagi 42-sonli qaroriga 13-ILOVA
Mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan maktabgacha taʼlim muassasalarida 2016-yilda bolalar taʼminoti uchun ota-onalardan olinadigan toʻlov
MIQDORLARI
T/r Umumtaʼlim muassasasining joylashgan joyi va bir kunlik bola qatnovi vaqti Kichik yoshli (yasli) guruhlar Maktabgacha guruhlarda taʼlim muassasasiga qatnaydigan oiladagi bir bola uchun taʼlim muassasasiga oiladan bittadan koʻp bola qatnagan taqdirda, xar bir bola uchun* taʼlim muassasasiga qatnaydigan oiladagi bir bola uchun taʼlim muassasasiga oiladan bittadan koʻp bola qatnagan taqdirda, har bir bola uchun* 5 kunlik ish kuni boʻlgan maktabgacha taʼlim muassasalarida 1. Jizzax shahrida bolalar qatnovi 2.1. 4-5 soatli 31500 22700 41900 30200 2.2. 9-10,5 soatli 83300 59200 110500 78500 2.3. 12 soatli 109700 78700 131400 94400 2.4. 1-2soatli 109700 78700 144300 103200 6 kunlik ish kuni boʻlgan bolalar maktabgacha taʼlim muassasalarida 2. Jizzax shahrida 2.1. 4-5 soatli 37500 26200 49900 34900 2.2. 9-10,5 soatli 99100 69600 131500 92400 2.3. 12 soatli 130600 93500 156400 111900 2.4. 24 soatli 130600 93500 171800 122100
* Taʼlim muassasasida bir oiladan bittadan koʻp bola turli xil yoshdagi guruhlarga qatnaganda, har bir bola uchun ota-onalar badali toʻlovi bola yoshidan kelib chiqqan holda guruhlarga ajratish orqali belgilanadi.
