Xiva tumanida qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (308-son)
02.02.2016
Xorazm viloyati Xiva tumani hokimining
Qarori
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi,1993-y 9-son 320-modda) Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 345-son (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y, 50-son, 559-modda) qaroriga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2013-yil 2-apreldagi 58-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (2013-yil 25-aprel, roʻyxat raqami 2452, Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2013-yil 17-son, 229-modda) talablariga asosan, tuman hududidagi mulkchilik shaklidan qatʼiy, nazar yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan va tuman qishloq xoʻjaligi texnikalari boʻyicha davlat inspektori tomonidan belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish maqsadida qaror qilaman:
1. Tumandagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini (keyingi oʻrinlarda matnda “texnika” deb yuritiladi) texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi tarkibi 1-ilovaga texnikalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va joriy yilning 1-fevralidan 1-iyunigacha texnik koʻrikdan oʻtkazilishi taʼminlansin.
2. Texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish jarayonida texnik qoʻriqdan oʻtkazuvchi tuman komissiyasi:
Texnikalarning soni, ularning mavjudligi va roʻyxatdan oʻtganligi;
Texnikaning texnik pasport va qishloq xoʻjaligi mashinasining guvohnomasida koʻrsatilgan maʼlumotlarda ularning turi, rusumi, zavod raqami, dvigatel va davlat raqamlari belgisining muvofiqligi;
Texnikaning texnik holati va jihozlarining sozligini koʻrib chiqsin.
3. Texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun eng kam oylik ish haqining:
traktorlar, traktor tirkamalari, meliorativ texnika va oʻziyurar mashinalariga — 0,18 foizi;
qishloq xoʻjalik mashinalariga — 0,10 foizi;
mashina — traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob — uskunalariga 0,37 foizi miqdorida yigʻim undirilsin.
4. Tuman qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha davlat inspektori (M. Imomov) belgilangan tartibda roʻyxatdan yoki majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilmagan nosoz mashinalarni yoʻlga chiqarilishini oldini olish va ulardan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.
5. Mazkur qarorning qabul qilinishi bilan tuman hokimining 2015-yil 12-fevraldagi 244-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Ushbu qaror Xiva tuman hokimining rasmiy nashri hisoblangan “Xiva tongi” gazetasida eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Hokim v.b. A. RAXMONOV
Xiva tumani,
2016-yil 2-fevral,
308-son
Tuman hokimining 2016-yil 2-fevraldagi 308-sonli qaroriga 1-ILOVA
Tumandagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan traktorlar, oʻziyurar shassiylar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalari, majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi aʼzolarining
Roʻyxati
Tuman hokimining 2016-yil 2-fevraldagi 308-sonli qaroriga 2-ILOVA
Tumandagi texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish
JADVALI
Izoh: Tumanda fuqarolarga tegishli boʻlgan traktorlar, traktor tirkamalari, yoʻl-qurilish va meliorativ texnika, oʻziyurar mashinalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish hududlardagi MMTPlarda koʻrsatilgan muddatlarda amalga oshiriladi.
