Mirzachoʻl tumanining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va mahalliy budjetning parametrlari toʻgʻrisida (16-son)
19.01.2016
Jizzax viloyati Mirzachoʻl tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-I-son) 99-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2015-yil 11-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi 276-III-son qarori, Oliy Majlisi Senatining 2015-yil 3-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi SQ-61-III-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2455-son Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 52-son, 646-modda) va Jizzax viloyat hokimining 2015-yil 31-dekabrdagi “Jizzax viloyatining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va mahalliy budjetning parametrlari toʻgʻrisida”gi 343-sonli qarori (“Jizzax haqiqati” gazetasi, 2016-y., 3-son) ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 6-moddasiga muvofiq qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-son Qarori va viloyat hokimining 2015-yil 31-dekabrdagi 343-sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin.
2. 2016-yil uchun:
Mirzachoʻl tumanining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi 1-ilovaga* muvofiq;
* 1-ilova berilmaydi.
tumanning 2016-yilgi mahalliy budjeti asosiy parametrlari 2-ilovaga muvofiq;
tuman mahalliy budjetining daromadlar va xarajatlar hajmlari, viloyat budjetidan budjet subvensiyalarining cheklangan miqdorlari 3-ilovaga muvofiq;
tuman mahalliy budjetiga umumdavlat soliqlar tushumlaridan ajratmalar normativlari 4-ilovaga muvofiq;
tuman mahalliy budjetining aylanma kassa mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdorlari 5-ilovaga muvofiq;
tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari boʻyicha yuridik shaxslardan va yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qatʼiy belgilangan soliq stavkalari 6-ilovaga muvofiq;
yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan soliq stavkalari 7-ilovaga muvofiq;
mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalari 8-ilovaga muvofiq;
savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga, shuningdek shu sohaga tegishli mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovi stavkalari 9-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga soliq solish shartnomada belgilangan ijara toʻlovi summasidan kelib chiqqan holda, biroq:
yuridik shaxslar uchun — davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalaridan;
mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun — mazkur qarorning 10-ilovasiga muvofiq belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblangan summadan kam boʻlmagan miqdorda amalga oshirilishi belgilansin.
4. Qarzni undirishni soliq toʻlovchilar mol-mulkiga qaratish uchun soliq boʻyicha qarzlarning eng kam miqdorlari 11-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. 2016-yilning 1-yanvaridan boshlab:
“Oʻztransgaz” AK tomonidan avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalariga (balansida avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalari mavjud yuridik shaxslarni oʻz ichiga olgan holda) sotadigan tabiiy gazning ulgurji-sotish narxiga soliqqa tortilmaydigan maxsus investitsiyaviy qoʻshimcha haqi bir kubometriga 500 soʻm miqdorida;
mobil aloqa xizmati koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlov haqi, mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur PQ-2455-son Qarorining tegishli ilovasiga muvofiq taqsimlangan holda, oyiga 1500 soʻm miqdorida;
import qilingan uglevodorod xomashyosidan xomashyo egasiga qaytarib berish sharti asosida ishlab chiqarilgan benzin va dizel yoqilgʻisining hajmlari, transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gazdan foydalanganlik soligʻiga tortish obyektiga kiritilishi belgilanganligi maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
6. Mintaqalarning oʻzini-oʻzi moliyaviy taʼminlash darajasini oshirish, mahalliy budjetlarning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidagi ulushini koʻpaytirish maqsadida quyidagi umumdavlat soliqlari va boshqa daromadlar boʻyicha tushumlar:
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
6-ilovada nazarda tutilgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari boʻyicha qatʼiy belgilangan soliq;
7-ilovada nazarda tutilgan yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qatʼiy belgilangan soliq;
12-ilovaga muvofiq davlat bojlari, yigʻimlar va jarimalar toʻliq hajmda tegishli mahalliy budjetlar daromadlariga oʻtkazilishi;
mobil aloqa xizmatini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga yoʻnaltiriladigan (mahalliy budjetga oʻtkazilishi belgilangan) qismi abonentning roʻyxatga olingan joyiga qarab tegishli mahalliy budjetlarga oʻtkazilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
7. Mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan maktabgacha taʼlim muassasalarida 2016-yilda bolalar taʼminoti uchun ota-onalardan olinadigan toʻlov miqdorlari 13-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. Ushbu qaror “Mirzachoʻl ovozi” gazetasida eʼlon qilinsin va tegishli tartibda — www.mirzachul.uz rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari A. Rayimqulov zimmasiga yuklatilsin.
10. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim M. BOBOBEKOV
Mirzachoʻl t.,
2016-yil 19-yanvar,
16-son
Tuman hokimining 2016-yil 19-yanvardagi 16-sonli qaroriga 2-ILOVA
Tumanning 2016-yilgi mahalliy budjeti
ASOSIY PARAMETRLARI
Koʻrsatkichlar mln soʻm I. Daromadlar — hammasi 11789442,0 1. Toʻgʻri soliqlar 7572170,0 1.1. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi 70275,0 1.2. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar 318139,0 1.3. Yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar, shu jumladan kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha 1795286,0 1.4. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 4565430,0 1.5. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qatʼiy belgilangan daromad soligʻi 783140,0 1.6. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi 39900,0 2. Egri soliqlar 803824,0 2.1. Qoʻshilgan qiymat soligʻi 308122,0 2.2. Aksiz soligʻ� - 2.3. Transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz isteʼmol qilganlik uchun soliq 495702,0 3. Resurs toʻlovlari va mol-mulk soligʻi 2245696,0 3.1. Mol-mulk soligʻi 905658,0 3.2. Yer soligʻi 1316976,0 3.3. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 23062,0 4. Boshqa daromadlar 1167752,0 Koʻrsatkichlar 30447542,0 Xarajatlar — jami 27074105,0 1. Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga xarajatlar — jami jumladan: 1.1. Maorif 17466118,0 umumiy taʼlim 17466118,0 1.2. Sogʻliqni saqlash 7055 089,0 1.3. Madaniyat va sport, ommaviy axborot vositalari 220697,0 madaniyat va ommaviy axborot vositalari 220697,0 1.4. Ijtimoiy taʼminot 59008,0 1.5. Bolali oilalarga va kam taʼminlangan oilalarga nafaqalar 2253100,0 1.6. Ijtimoiy koʻnikma markazlari 20093,0 2. Iqtisodiyotga xarajatlar 2110063,0 jumladan: 2.1. Qishloq xoʻjaligi vazirligi tashkilotlari 271158,0 2.2. Obodonlashtirish 1579175,0 2.3. Drenaj ishlari bilan bogʻliq xarajatlar 259730,0 3. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini saqlash 661573,0 jumladan: 3.1. Davlat boshqaruv idoralari 661573,0 4. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini saqlash 601801,0
Tuman hokimining 2016-yil 19-yanvardagi 16-sonli qaroriga 3-ILOVA
Tuman mahalliy budjetining daromadlar va xarajatlar hajmlari, viloyat budjetidan budjet subvensiyalarining
ChEKLANGAN MIQDORLARI
(ming soʻm) Hududlar nomi Daromadlar Xarajatlar Subvensiya mablagʻi jami Ijtimoiy nafaqalar uchun subvensiya Xalq taʼlimi muassasalarining ish haqi va YIT uchun subvensiya Oʻtkazib beriladigan daromadlar Mirzachoʻl tumani 11789 442 30447 542 18658 100 2253 100 16405 000 0
Tuman hokimining 2016-yil 19-yanvardagi 16-sonli qaroriga 4-ILOVA
Tuman mahalliy budjetiga umumdavlat soliqlar tushumlaridan
AJRATMALAR NORMATIVLARI
(foizda) Hududlar nomi Yuridik shaxslarning daromad (foyda) soligʻi Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalaridan yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratma Yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratma, mikrofirmalar va kichik korxonalar qoʻshilgan holda Jismoniy shaxslar daromad soligʻi Qoʻshilgan qiymat soligʻi Aksiz soligʻi, shu jumladan oʻsimlik moyi Jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz isteʼmol qilganlik uchun soliq Davlat boji, mahalliy Jarimalar, mahalliy DAN yigʻimlari Mirzachoʻl tumani 100 100 100 100 100 0 100 100 100 100
Tuman hokimining 2016-yil 19-yanvardagi 16-sonli qaroriga 5-ILOVA
Tuman mahalliy budjetining aylanma kassa mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam
MIQDORLARI
(ming soʻm) Hududlar nomi Aylanma kassa mablagʻi miqdori Mirzachoʻl tumani 118150,0
Tuman hokimining 2016-yil 19-yanvardagi 16-sonli qaroriga 6-ILOVA
Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari boʻyicha yuridik shaxslardan va yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qatʼiy belgilangan
SOLIQ STAVKALARI
T/r Faoliyat turi Soliq toʻlovchilar Mazkur faoliyat turini xarakterlovchi fizik koʻrsatkichlar Bir oyga birlik koʻrsatkich uchun qatʼiy belgilangan soliq stavkasi (bitta birlik uchun eng kam oylik ish haqi koʻpaytmasi hisobida) Tuman, qishloq joylari qoʻshilgan holda 1. Avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash uchun joylar yuridik shaxslar egallagan maydon (1 kv.metr) 0,04 2. Bolalar oʻyin avtomatlari yuridik va jismoniy shaxslar jihozlangan oʻrinlar soni (bir birlikda) 1,0
Izoh:
1. Qatʼiy belgilangan soliq stavkalari 2016-yil 1-yanvar holatiga belgilangan eng kam ish haqi (130 240 soʻm) miqdoridan kelib chiqib hisoblanadi hamda eng kam ish haqining yil davomidagi oʻzgarishi davomida qayta koʻrib chiqilmaydi.
2. Qatʼiy belgilangan soliq hisob-kitoblari taqdim etilganda, hisobga olinmagan birlik koʻrsatkichlari aniqlanganda, bu holat soliqqa tortiluvchi obyektni yashirish deb hisoblanadi.
Tuman hokimining 2016-yil 19-yanvardagi 16-sonli qaroriga 7-ILOVA
Yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan
SOLIQ STAVKALARI
T/r Faoliyat turi Bir oyga birlik koʻrsatkich uchun qatʼiy belgilangan soliq stavkasi (bitta birlik uchun eng kam oylik ish haqi koʻpaytmasi hisobida) Tuman, qishloq joylari qoʻshilgan holda 1. Chakana savdo oziq-ovqat tovarlari bilan 3,0 dehqon bozorlarida qishloq xoʻjalik mahsulotlari bilan* 2,0 nooziq-ovqat tovarlari bilan 3,0 gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan 0,5 oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan (statsionar nuqtalardagi aralash savdo) 3,0 2. Maishiy xizmatlar 0,5 3. Xu�usiy mahsulot ishlab chiqarish, shu jumladan milliy shirinliklar va non-boʻlka mahsulotlari tayyorlash va sotish, shuningdek uy sharoitlarida yoki davlat hokimiyati organlarining qarori bilan maxsus ajratilgan joylarda oʻtirish joylari tashkil qilmasdan donalab sotiladigan ovqatlarning ayrim turlarini tayyorlash va sotish 1,0 4. Boshqa faoliyat turlari 1,0 5. Avtomobil transportida yuklarni tashishga oid xizmatlar: 3 tonnagacha yuk koʻtarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun 2,0 8 tonnagacha yuk koʻtarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun 3,0 8 tonnadan ortiq yuk koʻtarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun 4,0
* Dehqon xoʻjaligida parvarishlangan, ham tirik koʻrinishda ham ularni soʻyib, xom va qayta ishlangan koʻrinishdagi mahsulotlar sifatida chorva mollari, quyonlar, nutriyalar, baliq, parrandani, shuningdek natura va qayta ishlangan koʻrinishda asalarichilik va dehqonchilik (gulchilikdan tashqari) mahsulotlarini sotish bundan mustasno. Etishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun fuqarolar tomonidan unga yoki oilasiga ajratilgan yer maydonida ishlab chiqarilgan joydagi davlat hokimiyati organi, oʻzini oʻzi boshqarish organi, bogʻdorchilik boshqaruvi, bogʻdorchilik-polizchilik uyushmalari tomonidan berilgan tegishli shakldagi tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda soliq toʻlovidan ozod etiladi.
Izoh:
1. Qatʼiy belgilangan soliq stavkalari 2016-yil 1-yanvar holatiga belgilangan eng kam ish haqi (130 240 soʻm) miqdoridan kelib chiqib hisoblanadi hamda eng kam oylik ish haqining yil davomidagi oʻzgarishi davomida qayta koʻrib chiqilmaydi.
2. Jismoniy shaxs:
a) bir necha faoliyat turi bilan shugʻullansa har bir faoliyat turi uchun alohida soliq toʻlaydi;
b) tadbirkorlik faoliyatini ijaraga olingan uskunalar va binoda amalga oshirsa, yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga ijaraga berish toʻgʻrisida maʼlumotnoma (axborot) taqdim etishi shart.
v) davlat roʻyxatidan oʻtmagan hududda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullangan taqdirda, soliq hududlar stavkalari oʻrtasidagi ijobiy farq olgan holda toʻlanadi. Shunda stavkalar oʻrtasidagi ijobiy farq tadbirkorning davlat roʻyxatidan oʻtgan hududga toʻlanadi.
3. Jismoniy shaxslar tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtmasdan turib, alohida yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanganligi aniqlangan taqdirda, hududiy davlat soliq xizmati organlari tomonidan faoliyat turiga belgilangan qatʼiy soliq stavkalari boʻyicha bir yil miqdorida soliq undiriladi, ammo jismoniy shaxs yakka tartibdagi tadbirkor sifatida Davlat roʻyxatidan oʻtmasdan turib alohida yakka tartibda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanganligi aniqlangan vaqtdan 30 kun ichida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan hollar bundan mustasno. Bunday jismoniy shaxsga qatʼiy belgilangan soliqning bir yillik miqdorini Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq, shu davrdagi qatʼiy soliq boʻyicha majburiyatlar hisobidan 12 oy davomida toʻlash huquqi beriladi.
4. Jismoniy shaxslarning mol-mulkni ijaraga berishdan olgan daromadlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-sonli Qarorining 9-ilovasida koʻrsatilgan stavkalar (yaʼni jismoniy shaxslardan olinadigan daromadlar) boʻyicha soliq solinadi.
Tuman hokimining 2016-yil 19-yanvardagi 16-sonli qaroriga 8-ILOVA
Mahalliy soliqlar va yigʻimlar
STAVKALARI
T/r Soliq va yigʻim turi Meʼyoriy stavkalar 1. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi Sof foydaning 8% (foizi) 2. Isteʼmol uchun undiriladigan soliq:* transport vositalari uchun benzin yoqilgʻisi 1 litr uchun 335 soʻm / 1 tonna uchun 445 000 soʻm** transport vositalari uchun dizel yoqilgʻisi 1 litr uchun 335 soʻm / 1 tonna uchun 407 025 soʻm** transport vositalari uchun suyultirilgan gaz 1 litr uchun 230 soʻm transport vositalari uchun siqilgan gaz 1 kub metr uchun 275 soʻm 3. Mahsulotlarning ayrim turlarini chakana savdo qilish huquqi uchun litsenzion yigʻim*** Alkogolli mahsulotlar, umumiy ovqatlanish k�rxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarni sotishni qoʻshgan holda bir oylik savdosi uchun eng kam oylik ish haqining 5 barobari miqdorida qimmatbaho metallar va toshlardan yasalgan buyumlar bir oylik savdosi uchun eng kam oylik ish haqining 3,5 barobari miqdorida 4. Avtotransport vositalarini saqlash joylarida koʻrsatiladigan pullik xizmatdan yigʻim**** har bir oy uchun eng kam ish haqining 8 baravari
* koʻrsatib oʻtilgan stavkalar hajmi Jizzax viloyatining barcha hududlarida yagona hisoblanadi.
Qaytarib berish sharti bilan qayta ishlab berilgan xom-ashyodan ishlab chiqarilgan benzin va dizel yoqilgʻilarining transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gazdan foydalanganligi soligʻi stavkalari, benzin, dizel yoqilgʻilarining chakana narxlari miqdorida va benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz isteʼmoli uchun soliqlarni hisobga olgan holda shakllanadi.
Komissiya shartnomalari asosida import xomashyolaridan qaytarib berish sharti bilan ishlab berilgan benzin va dizel yoqilgʻilarining hajmidan hisoblanayotgan transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gazdan foydalanganligi soligʻini toʻlovchilarini hamda hisoblash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
** Benzin va dizel yonilgʻisi avtomobillarga yoqilgʻi quyish shohobchalari orqali sotilganda transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz isteʼmoli uchun soliq 1 litr hisobidan hisoblanadi, boshqa holatlarda 1 tonna hisobidan hisoblanadi.
*** Yigʻim yagona hisob raqamga tushib, undan keyin qonunchilikda belgilangan tartibga asosan taqsimlanadi:
alkogol mahsulotlari boʻyicha — budjet va tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili orqali davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha yagona markazlari oʻrtasida;
qimmatbaho metall va toshlardan tayyorlangan buyumlar boʻyicha — budjet va shahar va tumanlarning budjetdan tashqari (maxsus) hisob raqamlari oʻrtasida.
**** Boshqa aholi punktlarida eng kam ish haqining 2 barobaridan kam boʻlmagan miqdorda belgilanishi lozim va ushbu miqdorlar shahar va tumanlar qarorlarining ilovalarida aniq koʻrsatilishi lozim.
Tuman hokimining 2016-yil 19-yanvardagi 16-sonli qaroriga 9-ILOVA
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga, shuningdek shu sohaga tegishli mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovi
STAVKALARI
T/r Toʻlovchilar Soliq solinadigan bazaga soliq stavkasi % (foizda) 1. Umumiy ovqatlanish korxonalari 10 ulardan: umumiy taʼlim maktablari, maktab-internatlari, oʻrta maxsus va oliy oʻquv yurtlariga xizmat koʻrsatuvchi ixtisoslashgan korxonalar 8 2. Chakana savdo korxonalari (3 va 4-bandlar hisobga olinmagan holda* 2.1. joylashgan joyiga qarab: Boshqa aholi punktlari 2 Borishi qiyin hamda togʻli aholi punktlari** 1 2.2. joylashgan joyidan qatʼiy nazar: alkogol mahsulotlari, tamaki mahsulotlari, benzin, dizel yoqilgʻisi va siqilgan gazni sotish hisobiga aylanadigan tovarlar boʻyicha 4 3. Ulgurji savdo, shuningdek, ulgurji-chakana savdo bilan shugʻullanuvchi korxonalar (4-bandni hisobga olmagan holda): 5 4. Ulgurji va chakana savdo bilan shugʻullanuvchi dorixonalar joylashuviga qarab: Boshqa aholi punktlari 2 Borishi qiyin hamda togʻli aholi punktlari** 1
* Agarda ulgurji savdo korxonalarining boshqa hududlarda alohida mustaqil yuridik maqomiga ega boʻlmagan savdo shaxobchalari mavjud boʻlsa, ushbu korxonalar har bir savdo shohobchalari boʻyicha alohida tovar aylanmasi hisob-kitobini olib, ushbu shaxobchalar joylashgan hududiga belgilangan yagona soliq stavkasini toʻlaydilar.
** Borishi qiyin va togʻli aholi punktlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2008-yil 11-noyabrda roʻyxatdan oʻtgan 1868-sonli Yoʻriqnoma asosida va Jizzax viloyati Yer resurslari va Davlat kadastri boshqarmasi “Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastr xizmati davlat unitar korxonasi” tomonidan taqdim etilgan roʻyxatda belgilanadi.
Tuman hokimining 2016-yil 19-yanvardagi 16-sonli qaroriga 10-ILOVA
Jismoniy shaxslar uchun mol-mulkni ijaraga berishdan tushadigan ijara toʻlovining eng kam
STAVKALARI
T/r Toʻlovchilar Belgilangan stavkalarni xarakterlovchi oʻlchov koʻrsatkichlar Bir oyga ijara toʻlovlarning eng kam stavka miqdorlari (soʻmda) Tuman hududida 1. Bino Turar joy binosi 1 kv.m umumiy maydon uchun 1 000 Noturar joy binosi 2 000 2. Avtomobil transporti Yengil avtomobil (haydovchi oʻrnini qoʻshmagan holda yukxona va 8 ta yoʻlovchi oʻrindiqdan koʻp boʻlmagan yoʻlovchi tashishga moʻljallangan avtotransport vositasi) 1 ta avtotransport vositasi uchun 220 000 mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk avtomobillari 430 000
Izoh: mazkur stavkalar jismoniy shaxslarning mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlariga soliq solish maqsadida qoʻllaniladi.
Tuman hokimining 2016-yil 19-yanvardagi 16-sonli qaroriga 11-ILOVA
Qarzni undirishni soliq toʻlovchilar mol-mulkiga qaratish uchun soliq boʻyicha qarzlarning eng kam
STAVKALARI
T/r Toʻlovchilar Eng kam oylik ish haqi koʻpaytmasi hisobida 1. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni amalga oshirish majburiyati yuklangan yuridik shaxslar 20 2. Jismoniy shaxslar 5
Izoh: undirishni soliq toʻlovchilarning mulkiga qaratish uchun soliq qarzdorligining eng kam miqdorlari 2016-yil 1-yanvar holatiga belgilangan eng kam ish haqi (130 240 soʻm) miqdoridan kelib chiqib aniqlanadi hamda eng kam ish haqining yil davomidagi oʻzgarishi davomida qayta koʻrib chiqilmaydi.
Tuman hokimining 2016-yil 19-yanvardagi 16-sonli qaroriga 12-ILOVA
Mahalliy budjet daromadiga oʻtkaziladigan davlat bojlari, yigʻimlari va jarimalari
T/r Nomi 1. Davlat bojlari (alohida faoliyat turini amalga oshirish uchun beriladigan litsenziyalarga davlat bojlari va patent bojlari bundan mustasno) 2. Soliq organlari tomonidan solinadigan jarimalar 3. Umumiy yurisdiksiya sudlari tomonidan solinadigan jarimalar 4. Xoʻjalik sudlari tomonidan solinadigan jarimalar 5. Ichki ishlar vazirligi Post xizmati va jamoat tartibini saqlash Patrullari tomonidan solinadigan jarimalar 6. 2 — 5-bandlarda koʻrsatilmagan boshqa jarimalar 7. Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakat xavfsizligi davlat xizmatining hududiy boʻlimlari tomonidan undiriladigan yigʻimlar
Izoh: Davlat bojlari, yigʻimlar va jarimalar tushumlarining mahalliy budjet va vazirlik hamda idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari oʻrtasidagi taqsimoti belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Tuman hokimining 2016-yil 19-yanvardagi 16-sonli qaroriga 13-ILOVA
Mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan maktabgacha taʼlim muassasalarida 2016-yilda bolalar taʼminoti uchun ota-onalardan olinadigan toʻlov
MIQDORLARI
T/r Umumtaʼlim muassasasining joylashgan joyi va bir kunlik bola qatnovi vaqti Kichik yoshli (yasli) guruhlar Maktabgacha guruhlarda taʼlim muassasasiga qatnaydigan oiladagi bir bola uchun taʼlim muassasasiga oiladan bittadan koʻp bola qatnagan taqdirda, xar bir bola uchun* taʼlim muassasasiga qatnaydigan oiladagi bir bola uchun taʼlim muassasasiga oiladan bittadan koʻp bola qatnagan taqdirda, har bir bola uchun* 5 kunlik ish kuni boʻlgan maktabgacha taʼlim muassasalarida 1. Tuman markazi va boshqa hududlarda bolalar qatnovi 2.1. 4-5 soatli 22400 20300 29700 26900 2.2. 9-10,5 soatli 59100 54000 78500 71700 2.3. 12 soatli 77900 71400 93300 85400 2.4. 1-2soatli 77900 71400 102500 92600 6 kunlik ish kuni boʻlgan bolalar maktabgacha taʼlim muassasalarida 2. Tuman markazi va boshqa hududlarda 2.1. 4-5 soatli 26600 23800 35400 31500 2.2. 9-10,5 soatli 70400 63700 93400 84700 2.3. 12 soatli 92700 83500 111000 99800 2.4. 24 soatli 92700 83500 122000 111000
* Taʼlim muassasasida bir oiladan bittadan koʻp bola turli xil yoshdagi guruhlarga qatnaganda, har bir bola uchun ota-onalar badali toʻlovi bola yoshidan kelib chiqqan holda guruhlarga ajratish orqali belgilanadi.
