“Oliy taʼlim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish haqida (2182-2-son)
20.06.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 20-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2182-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 24-iyuldagi PF-4456-son “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi, 2016-yil 22-fevraldagi PF-4782-son “Aholining hojatmand qatlamlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 19-iyundagi 164-son “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarining yangilangan klassifikatorini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Mehnat vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2010-yil 15-dekabrdagi 485/1, 200-KK, 107-son “Oliy taʼlim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2182, 2011-yil 14-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 3-son, 25-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. VAXABOV
Toshkent sh.,
2016-yil 30-may,
2-2016-son
Mehnat vaziri A. ABDUXAKIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 30-may,
15-Q/Q-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 30-may,
41-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Mehnat vazirligi va Moliya vazirligining 2016-yil 30-maydagi 2-2016, 15-Q/Q, 41-son qaroriga ILOVA
“Oliy taʼlim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Qarorning 2-bandida:
a) ikkinchi xatboshidagi “boʻyicha 2010-yil uchun tasdiqlangan shtatlar jadvallarida koʻzda tutilgan xodimlar soni doirasida, boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan soniga rioya qilgan holda” degan soʻzlar “hisobidan” degan soʻz bilan almashtirilsin;
b) toʻrtinchi xatboshidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” degan soʻzlar “Mehnat vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Oliy taʼlim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarida:
a) I bobning 12 — 15-pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 12. Ilmiy kengashning ilmiy kotibi mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi 13. Oliy taʼlim muassasasi kengashi kotibi 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 14. Yuriskonsult (yurist) 1 1 1 1 15. Katta yuriskonsult (yurist) 1 1 1 1 1 1 1 1 ”;
b) ilovada:
2 — 4, 16, 52 va 54-bandlardagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” degan soʻzlar “Mehnat vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5-bandda:
uchinchi xatboshidan “stajor-tadqiqotchi-izlanuvchi va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“OTMda fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengashlarning mavjudligi.”;
9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Ilmiy kengashning ilmiy kotibi lavozimi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash tashkil etilgan OTM uchun 1 birlik sonida kiritiladi.”;
10-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
14-banddan “stajor-tadqiqotchi-izlanuvchi va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
55-banddagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining” degan soʻzlar “Mehnat vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
