Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisida (144-son)
28.01.2016
jizzax viloyati Jizzax shahar hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y, 5-6-son, 97-modda) 22-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-son “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-yil, 7-son, 40-modda) ijrosini taʼminlash hamda ishga joylashishga muhtoj, ish bilan taʼminlanmagan aholini jumladan, kasbga ega boʻlmagan yoshlarni ishga joylashtirishga koʻmaklashish, shuningdek oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz fuqarolarga ijtimoiy xizmat koʻrsatishni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonun (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashning Axborotnomasi, 1993-y, 9-son 320-modda) 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Jizzax shahrida 2016-yilda xaq toʻlanadigan jamoat ishlarini amalga oshiradigan muassasa, korxona va tashkilotlar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Shahar Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (Sh. Muroodov)ga:
ish qidirayotgan va ishsiz shaxslar tarkibi va sonini hisobga olgan holda ishchi kuchiga boʻlgan talab va takliflarni tahlil qilish asosida aholini ish bilan taʼminlash mintaqaviy dasturining maxsus boʻlimiga kiritiladigan xaq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish boʻyicha takliflarni tayyorlash va shahar hokimligiga taqdim etish;
shahar Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ish qidiruvchi sifatida roʻyxatga olingan va ishsiz deb eʼtirof etilgan fuqarolarning kasb mahoratini, ish tajribasini, yoshi, jinsi va boshqa xususiyatlarini inobatga olgan holda jamoat ishini tashkil etayotgan tegishli korxona, tashkilot va muassasalardagi ishning turi va zaruriy mehnat sharoitlariga muvofiq keladigan xaq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish vazifasi yuklatilsin.
3. Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etuvchi korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlariga:
ilovada qayd etilgan xaq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish taʼminlansin:
jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar mehnatiga haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-son qarori bilan tasdiqlangan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi nizomning 23-bandiga muvofiq, mahalliy davlat hokimiyati organlariga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar boʻyicha — ellik foizi ish beruvchilar mablagʻlari va ellik foizi mahalliy budjet va ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga;
boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlar boʻyicha yetmish besh foizi ish beruvchilar mablagʻlari va yigirma besh foizi ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi koʻrsatib oʻtilsin.
4. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar, pensionyerlar va nogironlarning uyiga borib ijtimoiy xizmat koʻrsatish boʻyicha xaq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etilgan mehnat boʻlimlarida roʻyxatga olingan ishsiz fuqarolarga ish haqi toʻlash harajatlari toʻliq ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi belgilansin.
5. Shahar Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi yoʻllanmasi boʻyicha haq toʻlanadigan jamoat ishlariga yuborilgan fuqarolarning haq toʻlanadigan jamoat ishiga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot markazga 3 kun muddatda yetkazilsin.
6. Shahar Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (Sh. Muradov):
korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlari tomonidan mazkur qarorning toʻliq bajarilishi ishi yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatilsin;
haq toʻlanadigan jamoat ishlariga yuborilgan va ish bilan taʼminlangan fuqarolar belgilangan tartibda hisobga olinsin.
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish shahar hokimining oʻrinbosari G. Xidirov zimmasiga yuklatilsin.
8. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim A. QOBILOV
Jizzax sh.,
2016-yil 28-yanvar,
144-son
Shahar hokimining 2016-yil 28-yanvardagi 144-sonli qaroriga ILOVA
Jizzax shahrida 2016-yilda xaq toʻlanadigan jamoat ishlarini amalga oshiradigan muassasa, korxona va tashkilotlar
ROʻYXATI
