Paxta xomashyosini yetishtirishda yuqori hosildorlikka erishgan fermer xoʻjaliklarini ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (2518-1-son)
20.06.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 20-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2518-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi PF-4720-son “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, 2015-yil 28-oktabrdagi PQ-2422-son “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining 2013-yil 26-sentabrdagi 179a, 96, 49-son qarori (roʻyxat raqami 2518, 2013-yil 18-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 42-son, 569-modda) bilan tasdiqlangan Paxta xomashyosini yetishtirishda yuqori hosildorlikka erishgan fermer xoʻjaliklarini ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Sh. TEShAYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 26-may,
26-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 26-may,
29-son
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2016-yil 26-may,
114-son
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining 2016-yil 26-maydagi 26, 29, 114-sonli qaroriga ILOVA
Paxta xomashyosini yetishtirishda yuqori hosildorlikka erishgan fermer xoʻjaliklarini ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan
oʻzgartirishlar
1. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Ragʻbatlantiriladigan fermer xoʻjaliklari roʻyxati (bundan buyon matnda Roʻyxat deb yuritiladi) har yili 10-yanvarga qadar paxta tozalash korxonalarining paxta xomashyosini qabul qilish varaqalari (PK-17-shakl) hamda tuman (shahar) statistika boʻlimlarining “Fermer xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisida”gi davlat statistika hisoboti (1-FX shakli) maʼlumotlari asosida shakllantiriladi.”.
2. 13-bandda:
“b” kichik banddagi “Oʻzkimyosanoat” kompaniyasi” degan soʻzlar “Oʻzkimyosanoat” AJ” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“d” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“d) fermer xoʻjaligiga Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan yengil avtotransport vositalaridan (“GM Oʼzbekiston” AJ mahsuloti) xohlagan bitta modelini fermer xoʻjaligining asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻidan pul mablagʻlarini oʻtkazish yoʻli bilan navbatsiz shartnomaviy buyurtma berish orqali xarid qilish. Bunda fermer xoʻjaliklari tomonidan tegishli sertifikatga asosan “Oʻzavtosanoat” AK tizimidagi korxonalarga murojaat etilgandan keyin bir oy muddatda shartnomalar tuzishni yakunlash hamda “Oʻzpaxtasanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan fermer xoʻjaliklarining paxta yakuniy hisob-kitob mablagʻlaridan toʻliq toʻlab beriladi. Mazkur imtiyozning taqdim etilishi uchun “Oʻzpaxtasanoat” AJ va “Oʻzavtosanoat” AK tizimidagi diler korxonalar avtotransport vositasini shartnomaviy muddatlarda yetkazib berish uchun masʼul hisoblanadi;”;
“e” kichik banddagi “OATB” degan qisqartma “ATB” degan qisqartma bilan almashtirilsin.
3. 15-banddagi “20-dekabrga qadar” degan soʻzlar “25-yanvarga qadar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 16-banddagi “25-dekabrga qadar” degan soʻzlar “30-yanvarga qadar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 1 va 3-ilovalar tegishlicha mazkur oʻzgartirishlarning 1 va 2-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
6. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Markaziy banki, “Oʻzneftmahsulot” AK, “Oʻzpaxtasanoat” AJ, “Oʻzkimyosanoat” AJ, “Oʻzavtosanoat” AK, Oʻzbekiston Fermerlari kengashi bilan kelishilgan.
Davlat statistika qoʻmitasi raisi B. TOʻRAYEV
2016-yil 4-may
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi raisi S. ARABOV
2016-yil 4-may
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
2016-yil 4-may
“Oʻzneftmahsulot” AK boshqaruvi raisi B. SULTANOV
2016-yil 4-may
“Oʻzpaxtasanoat” AJ bosh direktori Y. XIDIROV
2016-yil 4-may
“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi N. IBRAGIMOV
2016-yil 4-may
“Oʻzavtosanoat” AK boshqaruvi raisi oʻrinbosari T. JALILOV
2016-yil 28-aprel
Oʻzbekiston Fermerlari kengashi raisi S. TURDIYEV
2016-yil 4-may
Paxta xomashyosini yetishtirishda yuqori hosildorlikka erishgan fermer xoʻjaliklarini ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga 1-ILOVA
Paxta xomashyosini yetishtirishda yuqori hosildorlikka erishgan fermer xoʻjaliklarini ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Yuqori hosildorlikka erishgan xoʻjaliklarni aniqlash va ularga imtiyozlarni taqdim etish
SXEMASI
Paxta xomashyosini yetishtirishda yuqori hosildorlikka erishgan fermer xoʻjaliklarini ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga 2-ILOVA
Paxta xomashyosini yetishtirishda yuqori hosildorlikka erishgan fermer xoʻjaliklarini ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 25-son, 311-modda)
