Boʻz tumani mahalliy budjetining 2016-yil uchun belgilangan asosiy koʻrsatkichlari haqida (6-q-son)
11.01.2016
andijon viloyati Boʻz tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 25-moddasiga, Budjet kodeksiga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2015-yil 11-noyabrdagi 276-III-sonli, Oliy Majlis Senatining 2015-yil 3-dekabrdagi SQ-61-III-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga, Andijon viloyati hokimining 2015-yil 30-dekabrdagi 329-q-sonli qaroriga, xalq deputatlari Boʻz tumani Kengashining 2015-yil 30-dekabrdagi 33/11-5 sonli qaroriga asosan qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2455-sonli xamda Andijon viloyati hokimining 2015-yil 30-dekabrdagi 329-q-sonli qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. 2015-yil tuman mahalliy budjetining:
daromadlar qismi soliq tushumlari 14 mlrd 123 mln 931 ming soʻm, mahalliy budjetga viloyat budjetidan oʻtkazib beriladigan daromad 20 mlrd 910 mln 246 ming soʻm, oʻzaro hisob boʻyicha viloyat budjetidan olingan mablagʻlar 2 mlrd 450 mln 166 ming soʻm;
xarajatlar qismi sohalar boʻyicha 37 mlrd 484 mln 343 ming soʻm miqdorida 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman mahalliy budjetining 2016-yilgi asosiy koʻrsatkichlari:
daromadlar qismi soliq tushumlari boʻyicha 17 mlrd 539 mln 852 ming soʻm, viloyat budjetidan olinadigan subvensiyalar 22 mlrd 740 mln 726 ming soʻm, hamma daromadlar 40 mlrd 280 mln 578 ming soʻm miqdorida 2-ilovaga;
xarajatlar qismi sohalar boʻyicha 40 mlrd 280 mln 578 ming soʻm miqdorida hamda aylanma kassa mablagʻi meʼyori 214 mln 151 ming soʻm miqdorida 3-ilovaga;
2016-yilda umumdavlat soliqlari boʻyicha tushumlarning tuman mahalliy budjetiga ajratiladigan meʼyorlari 4-ilovaga;
tuman boʻyicha mahalliy budjet daromadlari, xarajatlari, viloyat budjetidan oʻtkazib beriladigan subvensiya mablagʻlari miqdorlari va aylanma kassa mablagʻlarining meʼyorlari 5-ilovaga muvofiq;
Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan maktabgacha taʼlim muassasalarida 2016-yil 1-yanvardan boshlab belgilangan ota-onalar badal toʻlovlari miqdori 6-ilovaga muvofiq;
Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan bolalar musiqa va sanʼat maktablarida bolalarning oʻqishi uchun ota-onalar badal toʻlovlari miqdori 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Tuman hokimligi moliya boʻlimi (O. Ismoilov)ga budjet kodeksida belgilangan muddatlarda 2016-yilgi budjet parametrlarini barcha tegishli budjet tashkilotlariga yetkazish, shuningdek umumdavlat soliqlari tushumlaridan mahalliy budjetlarga 2016-yil uchun ajratmalar miqdorlarini tuman bank muassasalariga yetkazish vazifasi topshirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2455-sonli qaroriga muvofiq:
2016-yil 1-yanvardan:
a) fuqarolarning mehnat haqi koʻrinishidagi daromadlaridan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy sugʻurta badallari stavkasi 7,5 foiz miqdorida;
xizmat koʻrsatish sohasidagi mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovi stavkasini 5 foiz miqdorida;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining ikkinchi pogʻonasi boʻyicha soliq stavkasini 7,5 foiz miqdorida;
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasini 5 foiz miqdorida;
uyali aloqa operatorlari tomonidan abonent raqamlaridan foydalanganlik uchun toʻlov miqdorini 1500 soʻm miqdorida tasdiqlanganligi;
b) Davlat hokimiyati va mahalliy davlat boshqaruvi organlarining barcha darajalardagi mahalliy budjetlar daromadlari va xarajatlarini shakllantirishdagi roli, mustaqilligi va masʼuliyatini oshirish, mahalliy budjetlarning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidagi ulushini koʻpaytirish maqsadida quyidagi umumdavlat soliqlari:
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
yuridik va jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari boʻyicha qatʼiy belgilangan soliq;
yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar)dan olinadigan qatʼiy belgilangan soliq;
davlat bojlari yigʻim va jarimalar (Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan ulushlarda);
respublikada ishlab chiqariladigan alkogol mahsulotlari, pivo va oʻsimlik yogʻiga aksiz soligʻi;
tilladan yasalgan maxsulotlarni chakana savdo rastalarida sotganlik uchun toʻlanadigan aksiz soliqlari boʻyicha tushumlar toʻliq miqdorda mahalliy budjetlar daromadlariga oʻtkazilishi belgilanganligi;
v) Mobil aloqa xizmatini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga yoʻnaltiriladigan qismi, abonentning roʻyxatga olingan joyiga qarab viloyatlarning mahalliy budjetlariga oʻtkazilishi belgilanganligi;
d) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-1245-sonli qarorining 24-bandiga muvofiq belgilangan ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqalar toʻlanishi ish beruvchilar hisobidan amalga oshirish, budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha toʻlanadigan nafaqalarni tegishli budjetlar mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish toʻgʻrisidagi tartibning amal qilish muddati 2017-yil 1-yanvargacha uzaytirilganligi;
e) umumtaʼlim maktablarida tashkil etilgan kuni uzaytirilgan guruhlarida taʼlim olayotgan bolalar uchun amalga oshirilayotgan ota-onalar badal toʻlovlari faqat kuni uzaytirilgan guruh tarbiyachilarining ish haqisi va majburiy toʻlovlarga yoʻnaltirilishi belgilanganligi;
j) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 18-iyundagi 117-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat maxsus maktabgacha taʼlim muassasalari toʻgʻrisida”gi nizomga tegishli oʻzgartirishlar kiritilganligi, jumladan:
Davlat maxsus maktabgacha taʼlim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalar bepul maktabgacha taʼlim va tibbiy xizmat koʻrsatish, maxsus maktabgacha taʼlim muassasalari uchun ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasining sanitar qoidalari va normalari asosida oziq-ovqat bilan taʼminlanish, har-xil turdagi tadbirlarda qatnashish xuquqiga egaligi;
Davlat maxsus maktabgacha taʼlim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalar uchun ota-onalar badal toʻlovlari Oʻzbekiston Respublikasida joriy qilingan tartib, qoida va belgilangan miqdorlar asosida undirilishi;
ota-onalar badal toʻlovlaridan ozod qilinadigan kasallik turlari roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan (Oʻzbekiston Respublikasi moliya va sogʻliqni saqlash vazirliklari bilan kelishgan holda) belgilanishi;
z) 2016-yil budjetini shakllantirish jarayonida budjet muassasalarining xarajatlari smetasida mahalliy budjetdan boshqa xarajatlar uchun ajratilgan mablagʻlarning 5 foizgacha boʻlgan miqdoridan oshmagan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 5-maydagi “2015-2019-yillarda iqtisodiyot va ijtimoiy soha tarmoqlarida energiya sarfini kamaytirish, energotejamkor texnologiyalarni joriy qilish Dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-2343 sonli qarori ijrosi uchun talab etiladigan mablagʻlarning koʻzda tutilishiga ruxsat berilganligi;
i) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi “Budjet tashkilotlarini mablagʻ bilan taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 414-sonli Qarori “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 19-sentabrdagi PF-3923-sonli Farmoniga asosan berilgan imtiyozlar natijasida boʻshaydigan mablagʻlar tibbiyot muassasalarini zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlashga yoʻnaltirish bilan bir qatorda, ehtiyot qismlar va tibbiyotda foydalaniladigan ashyoviy materiallar xarid qilishga yoʻnaltirilishi mumkin” degan xatboshi bilan toʻldirilganligi maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
6. Tumanda daromadlar bazasini oshirish va ularning subvensiyaga bogʻliqligini kamaytirish boʻyicha tuzilgan ishchi guruh qabul qilingan Dasturning ijrosi boʻyicha axborotni har chorak yakuni bilan Viloyat hokimligiga hamda tegishli boshqarmalarga kiritib borish vazifasi yuklatilsin.
7. Tuman hokimligi moliya boʻlimi (O. Ismoilov), tuman hokimligi iqtisodiyot boʻlimi (V. Soliyev), tuman davlat soliq inspeksiyasi (E. Tojiboyev) va tashkilotlar rahbarlari:
yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish va ishlab turganlarini rivojlantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xizmat koʻrsatish sohasi rivojlantirilishini ragʻbatlantirish yoʻli bilan aholi bandligini oshirish, shuningdek budjet tashkilotlarining xarajatlari va tarmoqlarini maqbullashtirishni nazarda tutgan holda mahalliy budjetlar daromadlarini koʻpaytirishga qaratilgan ishlarni davom ettirsinlar;
mazkur qaror talablaridan kelib chiqqan holda ish tashkil etilishini taʼminlasinlar.
8. Tuman davlat soliq inspeksiyasi (E. Tojiboyev) mahalliy budjetlarga belgilangan soliq va tushumlarni yil davomida muntazam ravishda undirilishini taʼminlash, mavjud boqimanda qarzlarni keskin kamaytirish borasida aniq tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlasin.
9. Tuman hokimi oʻrinbosari (K. Teshaboyev)ga:
davlat soliq inspeksiyalari, moliya va bank idoralarining barcha imkoniyatlarini budjetning daromadlar qismi prognoz koʻrsatkichlarining barcha manbalar boʻyicha toʻliq bajarilishini taʼminlashga safarbar qilish;
mahalliy budjetlarning xarajatlar qismining sifatli ijro etilishini, shuningdek budjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishini qattiq nazorat qilish, bunda Oʻzbekiston Respublikasining Budjet Kodeksi va budjet ijrosiga oid qarorlar va farmoyishlar talablariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash vazifalari topshirilsin.
10. Tuman hokimligi moliya boʻlimi (O. Ismoilov) va tuman davlat soliq inspeksiyasi (E. Tojiboyev) hamda tumandagi tijorat banklari rahbarlari mazkur qarorning bajarilishi toʻgʻrisida tuman hokimligiga 2016-yilning har choragi yakunida va 2017-yilning yanvar oyida yil yakuni boʻyicha axborot bersinlar.
11. “Boʻz hayoti” gazetasi muharririyati (S. Xazratqulov)ga ushbu qarorni gazetada chop etish tavsiya etilsin.
12. Mazkur qaror rasmiy nashrda eʼlon qilingan kundan kuchga kirgan deb hisoblansin va tuman hokimligi veb saytiga joylashtirilsin.
13. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2015-yil 13-yanvar kungi 15-q-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
14. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari K. Teshaboyev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim D. ADILBOYEV
Boʻz t.,
2016-yil 11-yanvar,
6-q-son
Tuman hokimining 2016-yil 11-yanvardagi 6-q-sonli qaroriga 1-ILOVA
2015-yil uchun Boʻz tumani mahalliy budjetining ijrosi toʻgʻrisida
maʼlumot
DAROMADLAR Miqdori Qoʻshilgan qiymat soligʻi 4 570 357 Yuridik shaxslar daromadiga (foydasiga) solinadigan soliq 31 846 Yuridik shaxslarning mol-mulkiga soliq 73 013 Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga soliq 689 784 Jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq 3 417 195 Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy va yuridik shaxslar daromadiga solinadigan soliq 404 236 Davlat boji 815 598 Mahalliy soliqlar va yigʻimlar 58 904 Boshqa soliq va yigʻimlar 32 967 Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 804 Yer osti boyliklardan foydalanganlik uchun soliq OʻzR IIV Yoʻl harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan undiriladigan yigʻimlar Yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar 914 678 Ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish soligʻi 21 670 Aksiz soligʻi Yer soligʻi (yagona yer soligʻidan tashqari) 911 850 Yagona yer soligʻi 298 327 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan ilgari biznes fondga yoʻnaltirilgan 15 % miqdoridagi mablagʻ tushumi Ijaraga berilgan mulk uchun ijara toʻlovi Bozorlardan tushadigan daromadlar 68 934 Jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz isteʼmol qilganlik uchun soliq 1 393 487 Jarimalar 420 280 Daromadlarning jami 14 123 930 Mahalliy budjetga viloyat budjetidan oʻtkazib beriladigan daromad 20 910 246 Viloyat budjetidan oʻzaro hisob boʻyicha olingan mablagʻlar 2 450 166 Balans 37 484 342 Xarajatlar Miqdori Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga xarajatlar — jami 31 523 908 Maorif 22 447 377 shundan: umumiy taʼlim 22 447 377 kadrlar tayyorlash Sogʻliqni saqlash 6 116 767 Madaniyat va ommaviy axborot vositalari 189 491 Sport 1 000 Fan Ijtimoiy taʼminot 103 521 Bolali oilalar va kam taʼminlangan oilalarga nafaqalar 2 665 753 shundan: voyaga yetmagan bolalari bor oilalarga nafaqa 920 117 bolalari 2 yoshga toʻlguncha onalarga toʻlanadigan nafaqa 1 560 750 kam daromadli oilalarga beriladigan moddiy yordam 184 886 Iqtisodiyotga xarajatlar 3 826 944 Qishloq xoʻjaligi vazirligi tashkilotlari 1 971 409 Obodonlashtirish 1 366 071 Kommundrenaj 89 560 Koʻchalarni tashqi yoritish tarmoqlaridan foydalanish va ularni saqlash xarajatlari 42 786 Obodonlashtirish boshqarmalarining avtomobil yoʻllarini taʼmirlash xarajatlari 357 118 Davlat boshqaruv idoralarini saqlash xarajatlari 734 748 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini saqlash 1 198 602 Zaxira jamgʻarmasi Boshqa xarajatlar Xarajatlarning hammasi 37 284 203 Respublika budjetiga oʻzaro hisob boʻyicha berilgan mablagʻlar Aylanma kassa mablagʻlari 200 140 Balans 37 484 343
Tuman hokimining 2016-yil 11-yanvardagi 6-q-sonli qaroriga 2-ILOVA
2016-yil uchun Boʻz tumani mahalliy budjeti
KOʻRSATKIChLARI
DAROMADLAR Miqdori Qoʻshilgan qiymat soligʻi 4 891 221 Yuridik shaxslar daromadiga (foydasiga) solinadigan soliq 44 745 Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar 494 502 Yuridik shaxslarning mol-mulkiga soliq 55 821 Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga soliq 1 039 297 Jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq 3 973 149 Tadbirkorlar faoliyati bilan shugʻullanuvchi fuqarolar daromadidan olinadigan soliq (patent) 571 833 Davlat boji 1 146 440 Mahalliy soliqlar va yigʻimlar 54 924 Boshqa soliq va yigʻimlar 24 095 Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 1 236 Yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar, shu jumladan kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha 1 074 809 Ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish soligʻi 35 672 Yer soligʻi (yagona yer soligʻidan tashqari) 832 477 Yagona yer soligʻi 856 830 Dehqon bozorlaridan bir martalik yigʻim 79 858 Jismoniy shaxslar transporti yoqilgʻisi uchun soliq 1 922 967 Jarimalar 439 976 Daromadlarning jami 17 539 852 Subvensiya 22 740 726 shundan: xalq taʼlimi muassasalarining ish haqi va YITlarga 22 740 726 bolali oilalar va k�m taʼminlangan oilalarga nafaqalarga Dotatsiya Daromdalarning hammasi 40280 578
Tuman hokimining 2016-yil 11-yanvardagi 6-q-sonli qaroriga 3-ILOVA
2016-yil uchun Boʻz tumani mahalliy budjeti
KOʻRSATKIChLARI
(ming soʻmda) XARAJATLAR Miqdori Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga xarajatlar — jami 35 603 742 Maorif 25 539 994 shundan: umumiy taʼlim 25 539 994 kadrlar tayyorlash Sogʻliqni saqlash 7 286 838 Madaniyat va ommaviy axborot vositalari 200 765 Sport 1 000 Fan Ijtimoiy taʼminot 116 813 Bolali oilalar va kam taʼminlangan oilalarga nafaqalar 2 458 332 shundan: voyaga yetmagan bolalari bor oilalarga nafaqa 802 645 bolalari 2 yoshga toʻlguncha onalarga toʻlanadigan nafaqa 1 494 899 kam daromadli oilalarga beriladigan moddiy yordam 160 788 Issiqlik energiyasi narxidagi farqni qoplash Chernobil falokatini bartaraf etishda qatnashganlarni ijtimoiy himoyalash Davlat mukofotlarini toʻlash boʻyicha xarajatlar Ijtimoiy koʻnikma markazlari 1991-yilgacha qurilgan uylarni kapital taʼmirlash Isitish qozonxonalari va kommunal xoʻjalikning isitish tizimlarini kapital taʼmirlash Imtiyozli kontingentdagi kishilarni bepul tashiganlik uchun trolleybus xoʻjaligining zararini qoplash Iqtisodiyotga xarajatlar 2 666 023 Qishloq xoʻjaligi vazirligi tashkilotlari 170 948 Obodonlashtirish 2 421 450 Kommundrenaj 73 625 Koʻp kvartirali uylarda liftlarni yangilash va taʼmirlash Markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari Davlat boshqaruv idoralari 687 329 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini saqlash 1 323 484 Xarajatlarning hammasi 40 280 578
Tuman hokimining 2016-yil 11-yanvardagi 6-q-sonli qaroriga 4-ILOVA
2016-yilda umumdavlat soliqlari boʻyicha tushumlarning Boʻz tumani mahalliy budjetiga ajratiladigan
MEʼYORLARI
Umumdavlat soliqlari Mahalliy budjetga ajratma miqdori Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi 100 Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar 100 Yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar, shu jumladan kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha 90 Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 100 Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qatʼiy belgilangan daromad soligʻi 100 Qoʻshilgan qiymat soligʻi 100 Huquqiy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 100 Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 100 Yagona yer soligʻi 100 Obodonlashtirish va ijtimoiy �nfratuzilmani rivojlantirish soliq 100 OʻzR IIV Yoʻl harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan undiriladigan yigʻimlar 100 Bozorlar daromadidan tushum 100 Jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz istyemol qilganlik uchun soliq 100 Aksiz soligʻi: - alkogol mahsulotlari (etil spirtidan tashqari) - etil spirti - pivo - tamaki mahsulotlari - benzin, dizel yoqilgʻisi va aviatsiya kerosini - oʻsimlik (paxta) yogʻi - Yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq - Suv resurslarid?n foydalanganlik uchun soliq 100
Tuman hokimining 2016-yil 11-yanvardagi 6-q-sonli qaroriga 5-ILOVA
Boʻz tumani mahalliy budjetlarining 2016-yil uchun daromadlar va xarajatlari
KOʻRSATKIChLARI
(ming soʻmda) T/r Tuman nomi daromadlar xarajatlar subvensiya shu jumladan: mahalliy budjetlarga yuqori budjetdan oʻtkazib beriladigan daromadlar aylanma kassa mablagʻi meʼyori xalq taʼlimi sohasi ish haqisi va ajratmasi uchun subvensiya ijtimoiy nafaqalar uchun subvensiya 1. Boʻz 17 539852 40 280578 22 740726 22 740726 214151
Tuman hokimining 2016-yil 11-yanvardagi 6-q-sonli qaroriga 6-ILOVA
Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan maktabgacha taʼlim muassasalarida 2016-yil 1-yanvardan boshlab belgilangan ota-onalar badal toʻlovlari
MIQDORI
soʻmda T/r Taʼlim muassasasi joylashgan joy va bolalarning bir kunlik boʻlishi yasli guruhlari maktabgacha taʼlim guruhlari taʼlim muassasasiga qatnaydigan oiladagi bir bola uchun taʼlim muassasasiga oiladan bittadan koʻp bola qatnagan taqdirda, har bir bola uchun* taʼlim muassasasiga qatnaydigan oiladagi bir bola uchun taʼlim muassasasiga oiladan bittadan koʻp bola qatnagan taqdirda, har bir bola uchun* Maktabgacha bolalar taʼlim muassasalarining 5 kunlik ish haftasida 1. Toshkent shahri, viloyat markazlari, viloyatga qaraydigan shaharlar bolalarning quyidagi vaqt davomida boʻlishi: 1.1. 4-5 soat 31500 22700 41900 30200 1.2. 9-10,5 soat 83300 59200 110500 78500 1.3. 12 soat 109700 78700 131400 94400 1.4. 24 soat 109700 78700 144300 103200 2. Tuman markazlari va boshqa joylar bolalarning quyidagi vaqt davomida boʻlishi: 2.1. 4-5 soat 22400 20300 29700 26900 2.2. 9-10,5 soat 59100 54000 78500 71700 2.3. 12 soat 77900 71400 93300 85400 2.4. 24 soat 77900 71400 102500 92600 Maktabgacha bolalar taʼlim muassasalarining 6 kunlik ish haftasida 1. Toshkent shahri, viloyat markazlari, viloyatga qaraydigan shaharlar bolalarning quyidagi vaqt davomida boʻlishi: 1.1. 4-5 soat 37500 26200 49900 34900 1.2. 9-10,5 soat 99100 69600 131500 92400 1.3. 12 soat 130600 93500 156400 111900 1.4. 24 soat 130600 93500 171800 122100 2. Tuman markazlari va boshqa joylar bolalarning quyidagi vaqt davomida boʻlishi: 2.1. 4-5 soat 26600 23800 34500 31500 2.2. 9-10,5 soat 70400 63700 93400 84700 2.3. 12 soat 92700 83500 111000 99800 2.4. 24 soat 92700 83500 122000 111000
* taʼlim muassasasiga oiladan bittadan koʻp bola qatnagan taqdirda, ota-onalar badal toʻlovlari har bir bola uchun bola tarbiyalanayotgan guruh toifasidan kelib chiqib belgilanadi.
Tuman hokimining 2016-yil 11-yanvardagi 6-q-sonli qaroriga 7-ILOVA
Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan bolalar musiqa va sanʼat maktablarida bolalarning oʻqishi uchun ota-onalar badal toʻlovlari
MIQDORI
T/r Bolalar musiqa va sanʼat maktablarining joylashganligi Yil boshida eng kam ish haqi miqdoriga nisbatan foizda musiqa yoʻnalishlari uchun 1. Toshkent shahar 75 2. Viloyat markazi 50 3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va boshqa aholi punktlari 30 sanʼat yoʻnalishlari uchun 1. Toshkent shahar 50 2. Viloyat markazi 30 3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va boshqa aholi punktlari 20
1. Bolalar va sanʼat maktablarida taʼlim olayotgan bolalarga yetarlicha shart sharoitlar yaratish maqsadida, xalqaro koʻrinishdagi (1-3 oʻrin) va respublika (1-oʻrin) miqyosidagi konkurslarda sovrinli oʻrinni egallagan bolalar bir kalendar yili mobaynida hamda kam taʼminlangan oilalar farzandlari (umumiy oʻquvchilarning 25 foiz miqdoridan oshmagan holda) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan taʼlim oladilar.
2. Agar bir oiladan ikki va undan ortiq farzand musiqa va sanʼat maktabida taʼlim olsa, ularning har biri belgilangan ota-onalar badalining 70 foiz miqdorida badal toʻlovlariga tortiladi.
3. Bolalar musiqa va sanʼat maktablarini saqlab turish bilan bogʻliq xarajatlar (ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar ish haqidan majburiy ajratmalardan tashqari) ota-onalar badal toʻlovlari hisobiga amalga oshiriladi. Ota-onalar badal toʻlovlari xarajatlarni qoplamagan taqdirda mahalliy budjetdan mablagʻ ajratiladi.
