Davlat mulki ayrim obyektlarini investitsiya majburiyatlari evaziga bepul berishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (209-son)
05.05.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan va iqtisodiy nochor davlat korxonalarini, past likvidli obyektlarni hamda xususiylashtirilgan korxonalar davlat aktivlarini aniq mulkdorlarga sotishni jadallashtirish, shuningdek xususiylashtirilgan korxonalarni zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlash uchun toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalarni keng jalb qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasining 1-ilovaga* muvofiq davlat mulki obyektlarini investitsiya majburiyatlari evaziga tanlov asosida bepul berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan
2. Past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarini va past likvidli obyektlarni investorlarga investitsiya majburiyatlari evaziga bepul berish boʻyicha hududiy komissiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasining hududiy organlari bilan birgalikda mazkur qarorga 1-ilovada* koʻrsatilgan har bir korxona va obyekt boʻyicha ular tanlov savdolariga qoʻyilgunga qadar:
korxonalar va obyektlar boʻyicha aniq shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda ularning ishlab chiqarish binolari va egallab turgan yer maydonlari tarkibini oʻzgartirishning maqbul rejasini ishlab chiqsinlar;
zarurat boʻlganda ushbu rejalarda katta ishlab chiqarish maydonlariga va yordamchi maydonlarga, bir nechta bino va inshootlarda joylashgan, shuningdek katta maydondagi yer uchastkalariga ega boʻlgan yirik korxonalar va obyektlarni sotiladigan bir nechta mulkiy kompleks va yer uchastkalariga oldindan boʻlishni nazarda tutsinlar;
korxonalar va obyektlarni investitsiya majburiyatlari evaziga bepul berishning tender shartlarini kelishish uchun Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotish boʻyicha tender savdolari oʻtkazuvchi Davlat komissiyasiga yuborsinlar.
3. Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotish boʻyicha tender savdolari oʻtkazuvchi Davlat komissiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi:
past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarining, past likvidli obyektlar va davlat aktivlarining investitsiya majburiyatlari evaziga bepul berilishi, shuningdek investorlar tomonidan zimmasiga olingan investitsiya majburiyatlari bajarilishi ustidan qatʼiy monitoring oʻrnatsinlar;
past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarini va past likvidli obyektlarni investorlarga investitsiya majburiyatlari evaziga bepul berish boʻyicha hududiy komissiyalar hamda Davlat raqobat qoʻmitasining hududiy organlari tomonidan tender savdolari oʻtkazishning belgilangan tartibiga rioya qilinishi ustidan muntazam nazorat oʻrnatsinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Teleradio kompaniyasi past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarini past likvidli aktivlar va obyektlarni investitsiya majburiyatlari evaziga vatanimiz investorlariga va xorijiy investorlarga bepul berishning borishini, shuningdek investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlarini bajarishning aniq natijalarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etsinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 5-may,
209-son
