Tumanning 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va mahalliy budjetning parametrlari toʻgʻrisida (23-son)
14.01.2016
jizzax viloyati Jizzax tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-1-son) 99-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2015-yil 11-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi 276-III-son qarori, Oliy Majlisi Senatining 2015-yil 3-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi SQ-61-III-son qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2455-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 52-son, 646-modda) hamda Jizzax viloyat hokimining 2015-yil 31-dekabrdagi “Jizzax viloyatining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va mahalliy budjetning parametrlari toʻgʻrisida”gi 343-sonli qarori (Jizzax haqiqati gazetasi, 2016-y., 3-son) ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 6-moddasiga muvofiq qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-son qarori va viloyat hokimining 2015-yil 31-dekabrdagi 343-sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin.
2. 2016-yil uchun:
Jizzax tumanining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi 1-ilovaga muvofiq;
tumanning 2016-yilgi mahalliy budjeti asosiy parametrlari 2-ilovaga muvofiq;
tuman mahalliy budjetining daromadlar va xarajatlar hajmlari, viloyat budjetidan budjet subvensiyalarining cheklangan miqdorlari 3-ilovaga muvofiq;
tuman mahalliy budjetiga umumdavlat soliqlar tushumlaridan ajratmalar normativlari 4-ilovaga muvofiq;
tuman mahalliy budjetining aylanma kassa mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdorlari 5-ilovaga muvofiq;
tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari boʻyicha yuridik shaxslardan va yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qatʼiy belgilangan soliq stavkalari 6-ilovaga muvofiq;
yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan soliq stavkalari 7-ilovaga muvofiq;
mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalari 8-ilovaga muvofiq;
savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga, shuningdek shu sohaga tegishli mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovi stavkalari 9-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-son qaroridagi tegishli ilovalari bilan:
yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi stavkalari;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi stavkalari;
yagona soliq toʻlovi stavkalari;
respublikada ishlab chiqariladigan va uning hududiga chetdan keltiriladigan aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarga aksiz soligʻi stavkalari;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari;
yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari;
imzolanadigan bonus va tijoratbop topilma bonusi stavkalari;
ayrim turdagi mahsulotlar boʻyicha qoʻshimcha daromad soligʻi stavkalari;
yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari;
yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi stavkalari;
yagona yer soligʻi stavkalari;
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlariga dividendlar va foizlar tarzida toʻlanadigan daromad soligʻi stavkalari 10 foiz miqdorda;
qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasi 20 foiz miqdorida;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga ajratmalar va yigʻimlar stavkalari;
belgilangan soliqqa tortish obyektlaridan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar stavkalari 1,6 foiz, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar stavkalari 1,4 foiz va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar stavkalari 0,5 foiz miqdorida;
mablagʻlarni budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur Qarori 25-ilovasida keltirilgan normativlarga muvofiq taqsimlangan holda yagona ijtimoiy toʻlov stavkalari;
fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy sugʻurta badallari stavkasi 7,5 foiz miqdorida tasdiqlanganligi;
yagona soliq toʻlovi tushumlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi hamda budjetdan tashqari Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan miqdorlarda taqsimlanishi maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
4. Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga soliq solish shartnomada belgilangan ijara toʻlovi summasidan kelib chiqqan holda, biroq:
yuridik shaxslar uchun — davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalaridan;
mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun — mazkur qarorning 10-ilovasiga muvofiq belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblangan summadan kam boʻlmagan miqdorda amalga oshirilishi belgilansin.
5. Qarzni undirishni soliq toʻlovchilar mol-mulkiga qaratish uchun soliq boʻyicha qarzlarning eng kam miqdorlari 11-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. 2016-yilning 1-yanvaridan boshlab:
“Oʻztransgaz” AK tomonidan avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalariga (balansida avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalari mavjud yuridik shaxslarni oʻz ichiga olgan holda) sotadigan tabiiy gazning ulgurji sotish narxiga soliqqa tortilmaydigan maxsus investitsiyaviy qoʻshimcha haqi bir kubometriga 500 soʻm miqdorida;
mobil aloqa xizmati koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlov haqi oyiga 1500 soʻm miqdorida;
import qilingan uglevodorod xomashyosidan xomashyo egasiga qaytarib berish sharti asosida ishlab chiqarilgan benzin va dizel yoqilgʻisining hajmlari, transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gazdan foydalanganlik soligʻiga tortish obyektiga kiritilishi belgilanganligi maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
7. Hududning oʻzini-oʻzi moliyaviy taʼminlash darajasini oshirish, mahalliy budjetning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidagi ulushini koʻpaytirish maqsadida quyidagi umumdavlat soliqlari va boshqa daromadlar boʻyicha tushumlar:
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
6-ilovada nazarda tutilgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari boʻyicha qatʼiy belgilangan soliq;
7-ilovada nazarda tutilgan yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qatʼiy belgilangan soliq;
tumanda ishlab chiqariladigan oʻsimlik yogʻiga aksiz soligʻi;
chakana savdo tarmoqlarida sotiladigan oltindan yasalgan zargarlik buyumlariga aksiz soligʻi;
12-ilovaga muvofiq davlat bojlari, yigʻimlar va jarimalar toʻliq hajmda tuman mahalliy budjeti daromadlariga oʻtkazilishi;
mobil aloqa xizmatini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga yoʻnaltiriladigan (mahalliy budjetga oʻtkazilishi belgilangan) qismi abonentning roʻyxatga olingan joyiga qarab mahalliy budjetga oʻtkazilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
8. Mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan maktabgacha taʼlim muassasalarida 2016-yilda bolalar taʼminoti uchun ota-onalardan olinadigan toʻlov miqdorlari 13-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
9. Ushbu qaror “Jizzax ovozi” gazetasida eʼlon qilinsin hamda tegishli tartibda hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi A. Normatov zimmasiga yuklatilsin.
11. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim A. ABDULLAYEV
Jizzax t.,
2016-yil 14-yanvar,
23-son
Tuman hokimining 2016-yil 14-yanvardagi 23-sonli qaroriga 1-ILOVA
Jizzax tumanining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy
KOʻRSATKIChLARI
(oʻtgan yilga nisbatan foiz hisobida) Koʻrsatkichlar 2016-yilga istiqbol koʻrsatkichlari Sanoat mahsulotlari hajmi 11,8 Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 6,0 Kapital qoʻyilmalar hajmi 4,0 Chakana tovar aylanishi hajmi 20,2 Pullik xizmat 21,5
Tuman hokimining 2016-yil 14-yanvardagi 23-sonli qaroriga 2-ILOVA
Jizzax tumani mahalliy budjetining 2016-yilgi
ASOSIY PARAMETRLARI
Daromad turlari ming soʻm 1. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi 10 912,0 2. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar 3 081 402,0 3. Yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar, shu jumladan kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha 3 976 641,0 4. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 8 403 491,0 5. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qatʼiy belgilangan daromad 5 750 402,0 6. Qoʻshilgan qiymat soligʻi 3 883 177,0 7. Aksiz soligʻi-jami 0,0 8. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 252 513,0 9. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 1 978 993,0 10. Yer soligʻi (yagona yer soligʻidan tashqari) 2 010 683,0 11. Yagona yer soligʻi 1 130 369,0 12. Yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq 0,0 13. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 224,0 14. Yuqori daromaddan olinadigan soliq 0,0 15. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish 105 802,0 16. Davlat boji 1 771 748,0 17. Jarimalar 1 219 732,0 18. OʻzR IIV Yoʻl harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan undiriladigan yigʻimlar 30 275,0 19. Bozorlar daromadidan tushum 36 365,0 20. Mahalliy yigʻimlar 330 358,0 21. Jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz isteʼmol qilganlik uchun soliq 3 236 803,0 22. Boshqa tushumlar 401 561,0 JAMI 37 611 451,0 Koʻrsatkichlar mln soʻm Xarajatlar — jami 88 698 919,0 1. Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga xarajatlar — jami 82 301 137,0 jumladan: 1.1. Maorif 56 597 602,0 umumiy taʼlim 56 597 602,0 kadrlar tayyorlash 1.2. Sogʻliqni saqlash 14 382 013,0 1.3. Madaniyat va sport, ommaviy axborot v�sitalari 298 697,0 madaniyat va ommaviy axborot vositalari 298 697,0 sport - 1.4. Fan 85 579,0 1.5. Ijtimoiy taʼminot 26 094,0 1.6. Bolali oilalarga va kam taʼminlangan oilalarga nafaqalar 10 880 600,0 1.7. Davlat mukofotlarini toʻlash boʻyicha xarajatlar 1.8. Ijtimoiy koʻnikma markazlari 30 552,0 1.9. Isitish qozonxonalari va kommunal xoʻjalikning isitish tizimlarini kapital taʼmirlash 2. Iqtisodiyotga xarajatlar 3 190 301,0 jumladan: 2.1. Qishloq xoʻjaligi vazirligi tashkilotlari 189 975,0 2.2. Obodonlashtirish 3 000 326,0 2.3. Drenaj ishlari bilan bogʻliq xarajatlar 3. Markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari 4. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini saqlash 699 691,0 jumladan: 4.1. Davlat boshqaruv idoralari 699691,0 5. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini saqlash 2 507 790,0 6. Zaxira jamgʻarmasi 7. Boshqa xarajatlar -
Tuman hokimining 2016-yil 14-yanvardagi 23-sonli qaroriga 3-ILOVA
2016-yil uchun Jizzax tumani mahalliy budjetlari daromadlari, xarajatlari, maqsadli subvensiyalari
HAJMLARI
(ming soʻm) Hududlar nomi Daromadlar Xarajatlar Subvensiya mablagʻi jami Ijtimoiy nafaqalar uchun subvensiya Xalq taʼlimi muassasalarining ish haqi va YIT uchun subvensiya Oʻtkazib beriladigan daromadlar Jizzax 37 611 451 88 698 919 51 087 468 0 51 087 468 0
Tuman hokimining 2016-yil 14-yanvardagi 23-sonli qaroriga 4-ILOVA
2016-yilda Jizzax tumani mahalliy budjetiga umumdavlat soliqlar tushumlaridan ajratmalar
NORMATIVLARI
foizda Hududlar nomi Yuridik shaxslarning daromad (foyda) soligʻi Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalaridan yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratma Yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratma, mikrofirmalar va kichik korxonalar qoʻshilgan holda Jismoniy shaxslar daromad soligʻi Qoʻshilgan qiymat soligʻi Aksiz soligʻi, shu jumladan oʻsimlik moyi Jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz isteʼmol qilganlik uchun soliq Davlat boji, mahalliy Jarimalar, mahalliy DAN yigʻimlari Boshqa tushumlar Jizzax 100 100 100 95 100 100 100 100 100 100 100
Tuman hokimining 2016-yil 14-yanvardagi 23-sonli qaroriga 5-ILOVA
Jizzax tumani mahalliy budjeti aylanma kassa mablagʻining eng kam zarur
MIQDORLARI
(ming soʻm) Hududlar nomi Aylanma kassa mablagʻi miqdori Jizzax 317 200,0
Tuman hokimining 2016-yil 14-yanvardagi 23-sonli qaroriga 6-ILOVA
Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari boʻyicha yuridik shaxslardan va yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qatʼiy belgilangan
soliq stavkalari
T/r Faoliyat turi Soliq toʻlovchilar Mazkur faoliyat turini xarakterlovchi fizik koʻrsatkichlar Bir oyga birlik koʻrsatkich uchun qatʼiy belgilangan soliq stavkasi (bitta birlik uchun eng kam oylik ish haqi koʻpaytmasi hisobida) Jizzax shahri tumanlar, qishloq joylari qoʻshilgan holda 1. Avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash uchun joylar yuridik shaxslar egallagan maydon (1 kv.metr) 0,06 0,04 2. Bolalar oʻyin avtomatlari yuridik va jismoniy shaxslar jihozlangan oʻrinlar soni (bir birlikda) 2,0 1,0
* Izoh:
1. Qatʼiy belgilangan soliq stavkalari 2016-yil 1-yanvar holatiga belgilangan eng kam ish haqi (130 240 soʻm) miqdoridan kelib chiqib hisoblanadi hamda eng kam ish haqining yil davomidagi oʻzgarishi davomida qayta koʻrib chiqilmaydi.
2. Qatʼiy belgilangan soliq hisob-kitoblari taqdim etilganda, hisobga olinmagan birlik koʻrsatkichlari aniqlanganda, bu holat soliqqa tortiluvchi obyektni yashirish deb hisoblanadi.
Tuman hokimining 2016-yil 14-yanvardagi 23-sonli qaroriga 7-ILOVA
Yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan
soliq stavkalari
T/r Faoliyat turi Bir oyga birlik koʻrsatkich uchun qatʼiy belgilangan soliq stavkasi (bitta birlik uchun eng kam oylik ish haqi koʻpaytmasi hisobida) Jizzax shahri tumanlar, qishloq joylari qoʻshilgan holda 1. Chakana savdo oziq-ovqat tovarlari bilan 6,0 3.0 dehqon bozorlarida qishloq xoʻjalik mahsulotlari bilan* 4,0 2,0 nooziq-ovqat tovarlari bilan 6,5 3,0 gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan 3,0 0,5 oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan (statsionar nuqtalardagi aralash savdo) 6,5 3,0 2. Maishiy xizmatlar 1,5 0.5 3. Xususiy mahsulot ishlab chiqarish, shu jumladan milliy shirinliklar va non-boʻlka mahsulotlari tayyorlash va sotish, shuningdek uy sharoitlarida yoki davlat hokimiyati organlarining qarori bilan maxsus ajratilgan joylarda oʻtirish joylari tashkil qilmasdan donalab sotiladigan ovqatlarning ayrim turlarini tayyorlash va sotish 1,5 1.0 4. Boshqa faoliyat turlari 1,5 1,0 5. Avtomobil transportida yuklarni tashishga oid xizmatlar: 3 tonnagacha yuk koʻtarish quvvatiga ega yuk avtomobillar uchun 2,0 8 tonnagacha yuk koʻtarish quvvatiga ega yuk avtomobillar uchun 3,0 8 tonnadan ortiq yuk koʻtarish quvvatiga ega yuk avtomobillar uchun 4,0
* Dehqon xoʻjaligida parvarishlangan, ham tirik koʻrinishda ham ularni soʻyib, xom va qayta ishlangan koʻrinishdagi mahsulotlar sifatida chorva mollari, quyonlar, nutriyalar, baliq, parrandani, shuningdek natura va qayta ishlangan koʻrinishda asalarichilik va dehqonchilik (gulchilikdan tashqari) mahsulotlarini sotish bundan mustasno.
Etishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun fuqarolar tomonidan unga yoki oilasiga ajratilgan yer maydonida ishlab chiqarilgan joydagi davlat hokimiyati organi, oʻzini oʻzi boshqarish organi, bogʻdorchilik boshqaruvi, bogʻdorchilik-polizchilik uyushmalari tomonidan berilgan tegishli shakldagi tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda soliq toʻlovidan ozod etiladi.
Izoh:
1. Qatiy belgilangan soliq stavkalari 2016-yil 1-yanvar holatiga belgilangan eng kam ish haqi (130 240 soʻm) miqdoridan kelib chiqib hisoblanadi hamda eng kam oylik ish haqining yil davomidagi oʻzgarishi davomida qayta koʻrib chiqilmaydi.
2. Jismoniy shaxs:
a) bir necha faoliyat turi bilan shugʻullansa har bir faoliyat turi uchun alohida soliq toʻlaydi;
b) tadbirkorlik faoliyatini ijaraga olingan uskunalar va binoda amalga oshirsa, yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga ijaraga berish toʻgʻrisida maʼlumotnoma (axborot) taqdim etishi shart;
v) davlat roʻyxatidan oʻtmagan hududda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullangan taqdirda, soliq hududlar stavkalari oʻrtasidagi ijobiy farq olgan holda toʻlanadi. Shunda stavkalar oʻrtasidagi ijobiy farq tadbirkorning davlat roʻyxatidan oʻtgan hududga toʻlanadi.
3. Jismoniy shaxslar tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtmasdan turib, alohida yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanganligi aniqlangan taqdirda, hududiy davlat soliq xizmati organlari tomonidan faoliyat turiga belgilangan katʼiy soliq stavkalari boʻyicha bir yil miqdorida soliq undiriladi, ammo jismoniy shaxs yakka tartibdagi tadbirkor sifatida Davlat roʻyxatidan oʻtmasdan turib alohida yakka tartibda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanganligi aniqlangan vaqtdan 30 kun ichida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan hollar bundan mustasno. Bunday jismoniy shaxsga qatʼiy belgilangan soliqning bir yillik miqdorini Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq, shu davrdagi qatʼiy soliq boʻyicha majburiyatlar hisobidan 12 oy davomida toʻlash huquqi beriladi.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkni ijaraga berishdan olgan daromadlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-sonli qarorining 9-ilovasida koʻrsatilgan stavkalar (yaʼni jismoniy shaxslardan olinadigan daromadlar) boʻyicha soliq solinadi.
Tuman hokimining 2016-yil 14-yanvardagi 23-sonli qaroriga 8-ILOVA
Jizzax viloyati hududida joriy qilingan mahalliy soliqlar va yigʻimlar
MEʼYORIY STAVKALARI
T/r Soliq va yigʻim turi Meʼyoriy stavkalar 1. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi Sof foydaning 8% i 2. Isteʼmol uchun undiriladigan soliq:* transport vositalari uchun benzin yoqilgʻisi 1 litr uchun 335 soʻm / 1 tonna uchun 445 000 soʻm** transport vositalari uchun dizel yoqilgʻisi 1 litr uchun 335 soʻm / 1 tonna uchun 407 025 soʻm** transport vositalari uchun suyultirilgan gaz 1 litr uchun 230 soʻm transport vositalari uchun siqilgan gaz 1 kub metr uchun 275 soʻm 3. Mahsulotlarning ayrim turlarini chakana savdo qilish huquqi uchun litsenzion yigʻim*** Alkogolli mahsulotlar, umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarni sotishni qoʻshgan holda bir oylik savdosi uchun eng kam oylik ish haqining 5 barobari miqdorida qimmatbaho metallar va toshlardan yasalgan buyumlar bir oylik savdosi uchun eng kam oylik ish haqining 3,5 barobari miqdorida 4. Avtotransport vositalarini saqlash joylarida koʻrsatiladigan pullik xizmatdan yigʻim**** har bir oy uchun eng kam ish haqining 8 baravari
* koʻrsatib oʻtilgan stavkalar hajmi Jizzax viloyatining barcha hududlarida yagona hisoblanadi.
Qaytarib berish sharti bilan qayta ishlab berilgan xom-ashyodan ishlab chiqarilgan benzin va dizel yoqilgʻilarining transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gazdan foydalanganligi soligʻi stavkalari, benzin, dizel yoqilgʻilarining chakana narxlari miqdorida va benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz isteʼmoli uchun soliqlarni hisobga olgan holda shakllanadi.
Komissiya shartnomalari asosida import xomashyolaridan qaytarib berish sharti bilan ishlab berilgan benzin va dizel yoqilgʻilarining hajmidan hisoblanayotgan transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gazdan foydalanganligi soligʻini toʻlovchilarini hamda hisoblash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
** Benzin va dizel yonilgʻisi avtomobillarga yoqilgʻi quyish shohobchalari orqali sotilganda transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz isteʼmoli uchun soliq 1 litr hisobidan hisoblanadi, boshqa holatlarda 1 tonna hisobidan hisoblanadi.
*** Yigʻim yagona hisob raqamga tushib, undan keyin qonunchilikda belgilangan tartibga asosan taqsimlanadi:
alkogol mahsulotlari boʻyicha — budjet va tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili orqali davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha yagona markazlari oʻrtasida;
qimmatbaho metall va toshlardan tayyorlangan buyumlar boʻyicha — budjet va shahar va tumanlarning budjetdan tashqari (maxsus) hisob raqamlari oʻrtasida.
**** Jizzax shahrida eng kam ish haqining 3 barobaridan, boshqa aholi punktlarida eng kam ish haqining 2 barobaridan kam boʻlmagan miqdorda belgilanishi lozim va ushbu miqdorlar shahar va tumanlar qarorlarining ilovalarida aniq koʻrsatilishi lozim.
Tuman hokimining 2016-yil 14-yanvardagi 23-sonli qaroriga 9-ILOVA
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalaridan yagona soliq toʻlovi stavkalari mikrofirmalar va kichik korxonalar qoʻshilgan holda
T/r Toʻlovchilar soliq solinadigan bazaga soliq stavkasi foizda 1. Umumiy ovqatlanish korxonalari 10 ulardan: umumiy taʼlim maktablari, maktab-internatlari, oʻrta maxsus va oliy oʻquv yurtlariga xizmat koʻrsatuvchi ixtisoslashgan korxonalar 8 2. Chakana savdo korxonalari (3 va 4-bandlar hisobga olinmagan holda* 2.1. joylashgan joyiga qarab: Jizzax shahri 4 Boshqa aholi punktlari 2 Borishi qiyin hamda togʻli aholi punktlari** 1 2.2. joylashgan joyidan qatʼi nazar: alkogol mahsulotlari, tamaki mahsulotlari, benzin, dizel yoqilgʻisi va siqilgan gazni sotish hisobiga aylanadigan tovarlar boʻyicha 4 3. Ulgurji savdo, shuningdek, ulgurji-chakana savdo bilan shugʻullanuvchi korxonalar (4-bandni hisobga olmagan holda): 5 4. Ulgurji va chakana savdo bilan shugʻullanuvchi dorixonalar joylashuviga qarab: Jizzax shahri 3 Boshqa aholi punktlari 2 Borishi qiyin hamda togʻli aholi punktlari** 1
* Agarda ulgurji savdo korxonalarining boshqa hududlarda alohida mustaqil yuridik maqomiga ega boʻlmagan savdo shohobchalari mavjud boʻlsa, ushbu korxonalar har bir savdo shohobchalari boʻyicha alohida tovar aylanmasi hisob-kitobini olib, ushbu shohobchalar joylashgan xududiga belgilangan yagona soliq stavkasini toʻlaydilar.
** Borishi qiyin va togʻli aholi punktlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2008-yil 11-noyabrda roʻyxatdan oʻtgan 1868-sonli Yoʻriqnoma asosida va Jizzax viloyati Yer resurslari va Davlat kadastri boshqarmasi “Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastr xizmati davlat unitar korxonasi” tomonidan taqdim etilgan roʻyxatda belgilanadi.
Tuman hokimining 2016-yil 14-yanvardagi 23-sonli qaroriga 10-ILOVA
Jismoniy shaxslar uchun mulkni ijaraga berishdan tushadigan ijara toʻlovi
STAVKASI ENG KAM MIQDORLARI
T/r Toʻlovchilar Belgilangan stavkalarni xarakterlovchi oʻlchov koʻrsatkichlar Bir oyga ijara toʻlovlarning eng kam stavka miqdorlari (soʻmda) Viloyat markazida Boshqa hududlarda 1. Bino Turar joy binosi 1 kv.m umumiy maydon uchun 2 000 1 000 Noturar joy binosi 4 000 2 000 2. Avtomobil transporti Yengil avtomobil (haydovchi oʻrnini qoʻshmagan holda yukxona va 8 ta yoʻlovchi oʻrindiqdan koʻp boʻlmagan yoʻlovchi tashishga moʻljallangan avtotransport vositasi) 1 ta avtotransport vositasi uchun 220 000 mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk avtomo�illari 430 000
Izoh: mazkur stavkalar jismoniy shaxslarning mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlariga soliq solish maqsadida qoʻllaniladi.
Tuman hokimining 2016-yil 14-yanvardagi 23-sonli qaroriga 11-ILOVA
Undirishni soliq toʻlovchilarning mulkiga qaratish uchun soliq qarzdorligining
ENG KAM MIQDORLARI
T/r Toʻlovchilar Eng kam oylik ish haqi koʻpaytmasi hisobida 1. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni amalga oshirish majburiyati yuklangan yuridik shaxslar 20 2. Jismoniy shaxslar 5
Izoh: undirishni soliq toʻlovchilarning mulkiga qaratish uchun soliq qarzdorligining eng kam miqdorlari 2016-yil 1-yanvar holatiga belgilangan eng kam ish haqi (130 240 soʻm) miqdoridan kelib chiqib aniqlanadi hamda eng kam ish haqining yil davomidagi oʻzgarishi davomida qayta koʻrib chiqilmaydi.
Tuman hokimining 2016-yil 14-yanvardagi 23-sonli qaroriga 12-ILOVA
Mahalliy budjet daromadiga oʻtkaziladigan davlat bojlari, yigʻimlari va jarimalari
T/r Nomi 1. Davlat bojlari (alohida faoliyat turini amalga oshirish uchun beriladigan litsenziyalarga davlat bojlari va patent bojlari bundan mustasno) 2. Soliq organlari tomonidan solinadigan jarimalar 3. Umumiy yurisdiksiya sudlari tomonidan solinadigan jarimalar 4. Xoʻja�ik sudlari tomonidan solinadigan jarimalar 5. Ichki ishlar vazirligi Post xizmati va jamoat tartibini saqlash Patrullari tomonidan solinadigan jarimalar 6. 2 — 5-bandlarda koʻrsatilmagan boshqa jarimalar 7. Ichki ishlar vazirligi Yoʻl xarakat xavfsizligi davlat xizmatining hududiy boʻlimlari tomonidan undiriladigan yigʻimlar
Izoh: Davlat bojlari, yigʻimlar va jarimalar tushumlarining mahalliy budjet va vazirlik hamda idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari oʻrtasidagi taqsimoti belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Tuman hokimining 2016-yil 14-yanvardagi 23-sonli qaroriga 13-ILOVA
2016-yil uchun Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovi (badali)
MIQDORLARI
T/r Umumtaʼlim muassasasining joylashgan joyi va bir kunlik bola qatnovi vaqti Kichik yoshli (yasli) guruhlar Maktabgacha guruhlarda taʼlim muassasasiga qatnaydigan oiladagi bir bola uchun taʼlim muassasasiga oiladan bittadan koʻp bola qatnagan taqdirda, xar bir bola uchun* taʼlim muassasasiga qatnaydigan oiladagi bir bola uchun taʼlim muassasasiga oiladan bittadan koʻp bola qatnagan taqdirda, har bir bola uchun* 5 kunlik ish kuni boʻlgan maktabgacha taʼlim muassasalarida 1. Jizzax shahrida bolalar qatnovi 1.1. 4-5 soatli 31 500 22700 41900 30200 1.2. 9-10,5 soatli 83300 59200 110500 78500 1.3. 1.2 soatli 109700 78700 131400 94400 1.4. 24 soatli 109700 78700 144300 103200 2. Tumanlar markazi va boshqa hududlarda bolalar qatnovi 2.1. 4-5 soatli 22400 20300 29700 26900 2.2. 9-10,5 soatli 59100 54000 78500 7 1 700 2.3. 12 soatli 77900 71400 93300 85400 2.4. 2-1 soatli 77900 71400 102500 92600 6 kunlik ish kuni boʻlgan bolalar maktabgacha taʼlim muassasalarida 1. Jizzax shahrida bolalar qatnovi 1.1. 4-5 soatli 37500 26200 49900 34900 1.2. 9-10,5 soatli 99100 69600 131500 92400 1.3. 12 soatli 130600 93500 156400 1 11900 1.4. 24 soatli 130600 93500 171800 122100 2. Tumanlar markazi va boshqa hududlarda bolalar qatnovi 2.1. 4-5 soatli 26600 23800 35400 3 1 500 2.2. 9-10,5 soatli 70400 63700 93400 84700 2.3. 12 soatli 92700 83500 111000 99800 2.4. 24 soatli 92700 83500 122000 111000
* Taʼlim muassasasida bir oiladan bittadan koʻp bola turli xil yoshdagi guruhlarga qatnaganda, har bir bola uchun ota-onalar badali toʻlovi bola yoshidan kelib chiqqan holda guruhlarga ajratish orqali belgilanadi.
