“Qalbakilashtirilgan dori vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga kiritilishini oldini olish toʻgʻrisida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida (962-1-son)
15.06.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 15-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 962-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan 2000-yil 11-avgustda 310 va 436-son bilan tasdiqlangan “Qalbakilashtirilgan dori vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga kiritilishini oldini olish toʻgʻrisida”gi buyruq (roʻyxat raqami 962, 2000-yil 25-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 16-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2016-yil 7-iyun,
01-02/16-49-son
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 7-iyun,
29/09-1523-son
