Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida (661-son)
30.09.2015
jizzax viloyati Doʻstlik tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi 1998-y., 5-6-son, 97-modda) va Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2008-y., 34-son, 333-modda) muvofiq, 2016-yilda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuning (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonuni 17-moddasiga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun xodimlarning oʻrtacha soni 20 nafardan koʻpni tashkil etadigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda (keyingi oʻrinlarda — tashkilot deb ataladi) 2016-yil uchun 3 foizdan 7 foizgacha miqdorida jami 210 ta ish oʻrinlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Shu jumladan:
yolgʻiz ota, yolgʻiz ona hamda 14 yoshgacha va nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar uchun — 3 foiz (9 kishi);
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlarga, shuningdek oliy oʻquv yurtlarining davlat grantlari asosida taʼlim olgan bitiruvchilari uchun — 7 foiz (108 kishi);
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun — 3 foiz (15 kishi);
nogironlar uchun — 3 foiz (6 kishi);
tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun — 3 foiz (4 kishi);
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy yoʻsindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslar uchun — 7 foiz (15 kishi);
kichik yoshli bolalari boʻlgan ishlamayotgan ayollar uchun — 7 foiz (36 kishi);
atrofdagilar uchun xavfli boʻlmagan ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar bilan ogʻriyotgan shaxslar uchun — 3 foiz (3 kishi);
odam savdosidan jabrlangan shaxslar uchun — 3 foiz (14 kishi) miqdorida ish oʻrinlari zaxirasi band qilinsin.
2. Ushbu toifa shaxslar uchun ish oʻrinlari xodimlar tomonidan oʻzlarining mehnat majburiyatlarini toʻsiqlarsiz bajarishini taʼminlaydigan sanitariya-gigiyena normalari va mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishi taʼminlansin, xususan:
yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va 14 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar uchun — bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari boʻyicha vazifalarni uygʻunlashtirish imkonini beradigan, oʻzgaruvchan ish jadvaliga ega boʻlgan ish oʻrinlari;
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlarga, shuningdek oliy oʻquv yurtlarining davlat grantlari asosida taʼlim olgan bitiruvchilar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
nogironlar uchun — mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilgan hamda xodimga ish jarayonlarini toʻsqinliksiz bajarish imkonini (sogʻligʻining ahvoli va mehnat faoliyatiga nisbatan belgilangan zid koʻrsatkichlar hisobga olingan holda) beradigan ish oʻrinlari;
tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun — maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy yoʻsindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligi hisobga olingan holdagi ish oʻrinlari, muayyan kasb-hunarga, malakaga ega boʻlmagan shaxslar uchun esa — maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari;
odam savdosidan jabrlangan shaxslar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari.
3. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyilgan ish oʻrni ilgari ushbu ish oʻrnini egallab kelgan shaxs bilan tuzilgan mehnat shartnomasi toʻxtatilishi munosabati bilan boʻshab qolganda bu haqda tashkilot 10 kun muddatda tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazini yangidan ochilgan boʻsh ish oʻrni toʻgʻrisida xabardor etishi belgilansin.
4. Tashkilot rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq, ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarini belgilangan soni hisobida yil boshlangungacha 10 kundan kechikmay 25 (yigirma besh) foiz, qolgan qismini band qilib qoʻyishni kalendar yilning birinchi choragi mobaynida taʼminlasinlar.
Tashkilotlar har chorakda tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga ushbu qarorning ilovasida koʻrsatilgan shaxslarning ishga joylashtirilishi toʻgʻrisida belgilangan tartibda axborot taqdim etsinlar.
5. Ushbu qarorni bajarmagan tashkilotlarning mansabdor shaxslariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jarima solinadi.
Belgilab qoʻyilsinki, mahalliy davlat hokimiyati organining ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish boʻyicha qarorini bajarmaganlik uchun jarimani toʻlaganlik tashkilotni band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarining belgilangan sonini tashkil etishdan ozod qilmaydi.
6. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyish sonidan ortiqcha ish oʻrinlari tashkil etilgan taqdirda sarflangan mablagʻlarning bir qismini tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanishi belgilansin.
7. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (U. Tursunov) bir hafta muddatda ushbu qarorni ilovada koʻrsatilgan tashkilot rahbarlari eʼtiboriga yetkazsin va ushbu qarorning bajarilishi ustidan nazoratni olib borsin.
8. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari I. Xoljigitov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim A. BABABEKOV
Doʻstlik t.,
2015-yil 30-sentabr,
661-son
Tuman hokimining 2015-yil 30-sentabrdagi 661-sonli qaroriga ILOVA
Doʻstlik tumani hududida joylashgan korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat bozorida raqobatlashishga qodir boʻlmagan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun belgilangan
ish oʻrinlari
T/r Korxona, tashkilot va muassasalar 70 dan ortiq ishlovchilar bor korxonalar soni 01.09.2015-yil holatiga ishlovchilar soni Yaratilishi kerak boʻlgan kvota ish oʻrinlari Vazirlar Mahkamasining 20.08.2008-yildagi 186-sonli qaroriga asosan belgilangan meʼyor asosida 20 dan ortiq ishlovchilar bor korxonalar soni 01.09.2015-yil holatiga ishlovchilar soni Jami yaratilishi kerak boʻlgan kvota ish oʻrinlari Shu jumladan, 7% 3% Yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va oʻn toʻrt yoshgacha boʻlgan nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar uchun Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlarga, shuningdek oliy oʻquv yurtlarining davlat grantlari asosida taʼlim olgan bitiruvchilari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun Nogironlar uchun Pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy yoʻsindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslar uchun Kichik yoshli bolalari boʻlgan ishlamayotgan ayollar uchun Odam savdosidan jabrlangan shaxslar uchun Atrofdagilar uchun xavfli boʻlmagan ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar bilan ogʻriyotgan shaxslar uchun 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 1. Paxta tozalash korxonasi 1 534 37 37 1 38 1 12 2 2 1 5 10 4 1 2. “Doʻstlik Don” OAJ 1 452 32 32 1 33 1 13 2 2 1 4 5 4 1 3. Neft baza 1 120 8 8 8 4 2 1 1 4. “Agrotexservis” MChJ 1 143 10 10 10 1 3 1 1 1 2 1 5. Tibbiyot birlashmasi 1 402 28 28 1 29 1 18 1 1 8 6. “Nurli Don” KTXF 1 246 17 17 17 1 5 2 1 2 3 3 7. Qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kolleji 1 140 10 10 10 1 5 1 3 8. Tibbiyot kolleji 1 106 7 7 7 1 4 1 1 9. Arnasoy nasos stansiyasi 1 70 5 5 5 1 1 1 1 1 10. Uchtom ITB 1 1 35 1 1 11. Iqtisod kolleji 2 1 52 2 2 12. ATB “Agro bank” 1 1 26 1 1 13. AT “Xalq banki” 1 1 32 1 1 14. Obodonlashtirish boshqarmasi 1 1 49 1 1 15. Yoʻl xoʻjaligi pudrat taʼmirlash foydalanish korxonasi 1 1 42 1 1 16. Tuman “Qishloqxoʻjalikkimyo” 1 1 24 1 1 17. Doʻstlik tuman gaz taʼminoti 2 1 50 2 1 1 18. Musiqa va sanʼat maktabi 1 1 35 1 1 19. Doʻstlik tuman SENM 1 1 31 1 1 20. Suvoqova korxonasi 1 1 42 1 1 21. 1-maktab 2 1 65 2 2 22. 2-maktab 2 1 64 2 1 1 23. 3-maktab 1 1 42 1 1 24. 4-maktab 2 1 54 2 2 25. 5-maktab 2 1 69 2 2 26. 6-maktab 2 1 56 2 1 1 27. 7-maktab 1 1 30 1 1 28. 8-maktab 1 1 46 1 1 29. 9-maktab 1 1 40 1 1 30. 10-maktab 2 1 50 2 2 31. 11-maktab 2 1 52 2 2 32. 12-maktab 2 1 62 2 2 33. 13-maktab 1 1 21 1 1 34. 14-maktab 1 70 5 5 5 3 2 35. 15-maktab 1 1 20 1 1 36. 16-maktab 1 1 30 1 1 37. 17-maktab 1 1 30 1 1 38. 19-maktab 1 1 29 1 1 39. Litsey 1 1 21 1 1 40. “Lola” maktabgacha taʼlim muassasasi 1 1 22 1 1 41. “Binafsha” maktabgacha taʼlim muassasasi 1 1 36 1 1 42. “Rayhon” maktabgacha taʼlim muassasasi 1 1 26 1 1 43. “Guldasta” maktabgacha taʼlim muassasasi 1 1 20 1 1 44. “Boychechak” maktabgacha taʼlim muassasasi 1 1 31 1 1 45. “Bahor” maktabgacha taʼlim muassasasi 1 1 20 1 1 46. “Aychurek” maktabgacha taʼlim muassasasi 1 1 27 1 1 47. “Istiqlol” qishloq vrachlik punkti 1 1 22 1 1 48. “Saritepa” qishloq vrachlik punkti 1 1 21 1 1 JAMI: 10 2283 159 159 51 38 1424 210 9 108 15 6 4 15 36 14 3
