Tuman iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida (1170-son)
17.09.2015
jizzax viloyati Jizzax tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 7-iyuldagi PQ-2367-son “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va viloyat hokimining 2015-yil 29-avgustdagi 240-son qarori ijrosini taʼminlash hamda tumanda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga oʻz vaqtida va sifatli tayyorlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 7-iyuldagi PQ-2367-son qarori va viloyat hokimining 2015-yil 29-avgustdagi 240-son qarori ijro uchun qabul qilinsin.
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, 2015-yil 27-aprelda tuman hokimining oʻrinbosarlari (A. Gulboyev, A. Normatov) rahbarligida ikkita ishchi guruhi quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha tuzildi:
koʻp xonadonli uylarni kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash, umumiy foydalanish joylarini va mahalla hududida sanitar holatini taʼminlash, obodonlashtirish ishlarini tashkil etish hamda asosiy yoqilgʻi-energetika resurslari bilan oʻz vaqtida va yetarli darajada taʼminlash ishlarini tashkil etish, elektr taʼminoti, issiqlik taʼminoti va tabiiy gaz obyektlarini kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash boʻyicha ishchi guruhi (A. Gulboyev);
ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni tashkil etish, ularning sanitariya holati va obodonlashtirish talablariga muvofiqligini taʼminlash boʻyicha ishchi guruhi (A. Normatov).
3. Quyidagilar:
tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar 1-ilovaga muvofiq;
asosiy muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik uskunalarni, shuningdek ijtimoiy soha obyektlarini hududlar boʻyicha 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda mukammal va joriy taʼmirlash topshiriqlari 2, 3 va 4-ilovalarga muvofiq;
2015/2016-yillar kuz-qish davri uchun koʻmir, mazut va texnik tuz jamgʻarish, shuningdek suyultirilgan gaz yetkazib berish boʻyicha topshiriqlar 5-ilovaga muvofiq;
tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni muvofiqlashtirish boʻyicha tuman komissiyasi tarkibi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni muvofiqlashtirish boʻyicha tuman komissiyasi:
kommunal soha tashkilotlari, qozonxonalar, koʻp xonadonli turar joy binolari, maktabgacha tarbiya muassasalari hamda boshqa ijtimoiy soha obyektlarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha joylardagi ishlarning ahvolini tanqidiy oʻrganib chiqsin;
oʻrganib chiqish natijalari boʻyicha tuman iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy soha muassasalarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash va taʼminlash boʻyicha ushbu qaror bilan tasdiqlangan tadbirlar va topshiriqlarni oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlasin.
5. Tuman tashkilotlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda korxonalari rahbarlari zimmasiga iqtisodiyot tarmoqlarining 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashini taʼminlashga yoʻnaltirilgan tadbirlar va ishlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
6. Tuman ishchi guruhi (A. Gulboyev, A. Normatov) qishloq va mahalla fuqarolari yigʻinlari raislari bilan birgalikda aholi xonadonlariga koʻmir yoqilgʻisi va oʻtin bilan ishlaydigan qozonlarni oʻrnatish boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borsin.
7. Tijorat banklari rahbarlariga – uy-joy fondini kuz-qish mavsumiga tayyorlash uchun kredit mablagʻlarini ajratish, ajratilgan kredit mablagʻlarining maqsadli ishlatilishi boʻyicha monitoring olib borish, hududlarga biriktirilgan bank xodimlari tomonidan joylarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishda amaliy yordam berish tavsiya etilsin.
8. “Jizzax ovozi” gazetasi (A. Inomov) mazkur qarorning ijrosi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni yoritib borsin.
9. Mazkur karor kabul kilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2014-yil 5-iyuldagi 954-sonli karori oʻz kuchini yuqotgan deb hisoblansin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosarlari A. Gulboyev va A. Normatov zimmasiga yuklansin.
11. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim A. ABDULLAYEV
Jizzax t.,
2015-yil 17-sentabr,
1170-son
Tuman hokimining 2015-yil 17-sentabrdagi 1170-sonli qaroriga 1-ILOVA
Tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2015-2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash boʻyicha
ChORA-TADBIRLAR
T/r Tadbirlar nomi Ijro muddati Ijro uchun masʼul 1. Aholi punktlari, kommunal xoʻjaligi korxonalari, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar, ijtimoiy soha massalaridagi qozonlarni taʼmirlash va muhandislik tarmoqlarini 2015-2016-yillar kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini tashkil qilish; Aholi isteʼmoli uchun suyultirilgan gaz (ovqat tayyorlash uchun), koʻmir, koʻmir briketi, shuningdek ichimlik suvi (tashib keltirish bilan birga) yetib borishi qiyin boʻlgan aholi punktlariga doimiy ichimlik suvini yetkazib berilishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va tasdiqlash. 10 kun muddatda Tuman hokimligi, korxona va tashkilotlar 2. Aholi va ijtimoiy soha obyektlarini issiqlik manbai, elektr-energiya, tabiiy gaz bilan kafolatli taʼminlash boʻyicha, bunda oʻtgan isitish mavsumidagi yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda zaruriy chora-tadbirlar ishlab chiqish. 10 kun muddatda Tuman hokimligi, korxona va tashkilotlar 3. 2015-2016-yillar kuz-qish davrida iqtisodiyot va ijtimoiy soha obyektlarini uzluksiz neft mahsulotlari, gaz kondensati, suyultirilgan gaz, koʻmir va koʻmir briketi bilan taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish. 10 kun muddatda “Jizzaxtumangaz” korxonasi (A.Xakimov), “Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” (X.Pulatov), tuman hokimi oʻrinbosarlari, korxona va tashkilotlar 4. Kuz-qish mavsumi davrida tumanda tabiiy gaz yetib borishi qiyin boʻlgan hududlarni aniqlab, ushbu hududlardagi aholi va ijtimoiy soha obyektlarini belgilangan tartibda yetarlicha koʻmir va koʻmir briketi yetkazib berish boʻyicha grafigini tasdiqlash. 10 kun muddatda “Jizzaxtumangaz” korxonasi (A.Xakimov), tuman hokimi oʻrinbosarlari, korxona va tashkilotlar 5. Aholi isteʼmolchilari uchun suyultirilgan gaz yetkazib berish boʻyicha oyma-oy grafigini ishlab chiqish va tasdiqlash. Aholi isteʼmoli uchun suyultirilgan gaz bilan taʼminlash infrastrukturasini rivojlantirish. 10 kun muddatda 2015-yil 1-oktabrgacha “Jizzaxtumangaz” korxonasi (A.Xakimov), tuman hokimi oʻrinbosarlari, korxona va tashkilotlar 6. Kuz-qish mavsumida soatiga maksimal kuchlanish bilan ishlaydigan energiya taʼminotini, energiya isteʼmolini barqarorlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish. 2015-yil 20 sentyabrgacha “Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” (X.Pulatov), tuman hokimi oʻrinbosarlari, korxona va tashkilotlar 7. 2015-2016-yillar kuz-qish davrida toifalangan va oʻta muhim obyektlarini elektr energiya va tabiiy gazdan oʻchirmaslik maqsadida ularning roʻyxatini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2015-yil 20-sentabrgacha “Jizzaxtumangaz” korxonasi (A.Xakimov),”Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” (X.Pulatov), tuman hokimi oʻrinbosarlari, korxona va tashkilotlar 8. 2015-2016-yillar kuz-qish mavsumining tez sovuq kunlari asosiy isteʼmolchilarni tabiiy gaz isteʼmolidan uzish va tabiiy gaz isteʼmolini qisqartirish boʻyicha isteʼmolchilar roʻyxatini shakllantirish va tasdiqlash. 2015-yil 20-sentabrgacha Tuman hokimi oʻrinbosarlari, korxona va tashkilotlar, “Jizzaxtumangaz” korxonas� (A.Xakimov) 9. Oʻtgan isitish davrida tabiiy gaz yetkazib berishda kuchlanish bilan ishlagan hududlarning roʻyxatini tuzish, chegaralarini aniqlash. 2015-yil 20-sentabrgacha Tuman hokimi oʻrinbosarlari, korxona va tashkilotlar, “Jizzaxtumangaz” korxonasi (A.Xakimov), tuman XTMFMT va TE boʻlimi (D.Nosirov), tuman tibbiyot birlashmasi (Z.Julbekov) 10. Isitish davrini tashkillashtirish va tayyorlashda kamchiliklarga yoʻl qoʻygan ayrim korxona, tashkilot va xoʻjalik boshqaruvi rahbarlarining faoliyatiga tanqidiy baho berib borish. Doimiy Tuman hokimligi, “Jizzax ovozi” gazetasi (A.Inomov) 11. Kuz-qish davrida aholi isteʼmoli uchun gazni b�shatish maqsadida qozonlarni uzluksiz ishlashini taʼminlash uchun qattiq va suyuq yoqilgʻilar zaxirasini jamgʻarish. 2015-yil 1-noyabrgacha “Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” (X.Pulatov), tuman hokimi oʻrinbosarlari, korxona va tashkilotlar 12. Elektr tarmoqlarini mukammal taʼmirlash ishlarini amalga oshirishni taʼminlash. 2015-yil 1-oktabrgacha “Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” (X.Pulatov), tuman hokimi oʻrinbosarlari, korxona va tashkilotlar 13. Koʻmir briketini ishlab chiqaruvchi korxona tashkil etgan holda aholini koʻmir briketi bilan taʼminlash. 2015-yil 1-oktabrgacha tuman hokimligi, korxona va tashkilotlar 14. Mavjud isitish qozonlari koʻmirga moslashtirilgan ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz tanqisligi kutilayotgan hududlarda qozonlarni yangisiga almashtirish yoki qoʻshimcha koʻmir yoqilgʻisi bilan taʼminlash boʻyicha oyma-oy grafik ishlab chiqqan holda idoralararo manzilli dasturini ishlab chiqish hamda belgilangan muddatda bajarilishini taʼminlash. 10 kun muddatda Tuman hokimligi, korxona va tashkilotlar, “Jizzaxtumangaz” korxonasi (A.Xakimov), tuman moliya (D.Xamraqulov), tuman XTMFMT va TE boʻlimi (D.Nosirov), tuman tibbiyot birlashmasi (Z.Julbekov) 15. Hududlarda aholini suyultirilgan gaz va koʻmir yoqilgʻisi bilan taʼminlash boʻyicha ommaviy axborot vositasi va aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini faol olib borish. Har oyining 10 sanasida Tuman komissiyasi, korxona va tashkilotlar, “Jizzax ovozi” gazetasi (A.Inomov) 16. Mahalla va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha tasdiqlangan dasturlari ijrosini tashkillashtirishda, mahalla va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga biriktirilgan uchastka nozirlari, soliq inspektorlari, sanitariya-epidemiologiya markazi vakillari, biriktirilgan tashkilot va korxonalar, tijorat banklari tomonidan bajarilishini taʼminlash uchun masʼul; koʻp qavatli uy-joy fondini saqlash, texnik sozligi holati uy-joy fondini texnik-foydalanishda qoida va meʼyorlar talabi asosidaligi; koʻp qavatli uylarni jihozlash va ularni uzluksiz ishlatilishida sanitar-texnik va yongʻin qoidalariga rioya qilinishi; koʻp qavatli uy-joylarni joriy taʼmirlash, uy ichidagi jihozlardagi avariyalarni bartaraf etishda doimiy koʻrikdan oʻtkazish chora-tadbirlarini belgilash; umumiy yigʻilishlarda har bir xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari rahbarlariga baho berish, qayta saylash va ularni almashtirishni amalga oshirilishini taʼminlash; xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining hisobotini aholi oʻrtasida eshitishning yangi tizimini tashkil qilish. Tasdiqlangan tarmoq jadvali asosida Tuman hokimi oʻrinbosarlari, korxona va tashkilotlar, tijorat banklari rahbarlari 17. Hududlardagi obodonlashtirish boshqarmalariga qarashli koʻcha va yoʻllarda qish mavsumida muzlik boʻlmasligining oldini olish uchun zarur boʻladigan material va jihozlarni tashkil qilish choralarini ishlab chiqish. 10 kun muddatda Tuman hokimligi, obodonlashtirish boshqarmasi, tegishli korxona va tashkilotlar 18. Tumanning koʻp qavatli uy-joylarini taʼmirlash uchun tijorat banklarining maqsadli va imtiyozli kredit mablagʻlarini ajratish choralarini ishlab chiqish. Boshqaruv kompaniyalari, servis koʻrsatuvchilar va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini qoʻllab-quvvatlash uchun joriy yilda tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan maqsadli imtiyoz kredit mablagʻlari hajmini oʻtgan yillarga nisbatan 2,5-3-martaga koʻpaytirish. 2015-yil 1-oktabrgacha Tuman hokimi oʻrinbosarlari, tijorat banklar, tegishli korxona va tashkilotlar 19. Koʻp qavatli uy-joy fondi tom qismini mukammal va joriy taʼmirlashning bajarilishini taʼminlash. 2015-yil 1-oktabrgacha Tuman hokimi oʻrinbosarlari, tegishli korxona va tashkilotlar 20. Issiqlik energiyasi olmaydigan koʻp qavatli uylarni aniqlash. Ularni issiqlik energiyasi bilan taʼminlash choralarini koʻrish. 10 kun muddatda 2015-yil 1-oktabrgacha Tuman hokimi oʻrinbosarlari, tegishli korxona va tashkilotlar 21. Koʻp qavatli, bino va inshootlarda yongʻin xavfsizligi meʼyorlari talablariga rioya etilishini oʻrganish. 2015-yil 20-sentabrgacha Tuman IIB Yongʻin xavfsizligi boʻlimi (N.Balxiyev), tuman hokimi oʻrinbosarlari, tegishli korxona va tashkilotlar 22. Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va homiylarga koʻp qavatli uy-joylarni kapital va joriy taʼmirlash uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan kredit mablagʻlari hisobidan moliyalashtirishda binolarning ekspluatatsiya qilish muddatlari hozirgi meʼyor va qoidalarga mos kelishini taʼminlash. 2015-yil 1-oktabrgacha Tuman hokimi oʻrinbosari, korxona va tashkilotlar 23. Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga tijorat banklari tomonidan ajratilgan kredit mablagʻlari hisobidan koʻp qavatli uy-joylarning old qismidagi kirish yoʻlaklarini taʼmirlash. 2015-yil 1-oktabrgacha Tuman hokimi oʻrinbosarlari, tegishli korxona va tashkilotlar 24. Koʻp qavatli uy-joylardan foydalanishda, qish mavsumiga tayyorlash, belgilangan ish hajmlarini bajarish, issiqlik tizimini izolatsiya qilish, uy-joylarda issiqlik t�ʼminotining sifatli yaxshilash choralarini belgilash, yertoʻla va tom cherdaklarini koʻrish, muhandislik tarmoqlarining joylashuvi, issiqlik uzatish punkti, yertoʻla va kirish eshiklarining yopilishini taʼminlash. 2015-yil 1-oktabrgacha Tuman hokimi oʻrinbosarlari, tegishli korxona va tashkilotlar 25. Qozonlarni mukammal va joriy taʼmirlashda (foydalanish uchun yaroqsiz va samarasiz qozonlarni almashtirishda) qozonlarning sertifikati mavjudligi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi toʻgʻrisida dalolatnomalar mavjudligini taʼminlash. 2015-yil 1-oktabrgacha Tuman hokimi oʻrinbosari, tegishli korxona va tashkilotlar, “Jizzaxtumangaz” korxonasi (A.Xakimov) 26. Korxonalarni qozonlar va jihozlarining foydalanish texnik talablariga javob berishini nazorat qiluvchi organlar bilan oʻrganib chiqish, talabga javob bermaydigan qozonlarda uzish ishlarini amalga oshirish. 2015-yil 1-oktabrgacha Tuman hokimi oʻrinbosari, tegishli korxona va tashkilotlar 27. Ijtimoi� soha obyektlaridagi bino va inshootlardagi muhandislik tarmoqlari, shu jumladan hojatxonaning sanitariya-gigiyena meʼyorlari talablariga javob berishi, qishloq joylardagi ijtimoiy tarmoqlarni zaruriy qurilish materiallari (ruberoid, bitum, shifer, oyna va boshqa) bilan korxonalarning smeta xarajatlarida belgilangan mablagʻlar hisobidan taʼmirlash boʻyicha zaruriy choralar koʻrish. 10 kun muddatda Tuman hokimi oʻrinbosari, tegishli korxona va tashkilotlar, tuman XTMFMT va TE boʻlimi (D.Nosirov), tuman tibbiyot birlashmasi (Z.Julbekov) 28. 2015-2016-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining bajarilishi toʻgʻrisida maʼlumotlarni hududiy komissiyalarga koʻrib chiqish uchun taqdim etib borish. Har 10 kunda Tuman hokimi oʻrinbosarlari, tegishli korxona va tashkilotlar
Tuman hokimining 2015-yil 17-sentabrdagi 1170-sonli qaroriga 2-ILOVA
Asosiy muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik uskunalarni 2015-2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda mukammal taʼmirlash boʻyicha
TOPShIRIQ
T/r Tuman nomi Mukammal taʼmirlash Koʻp qavatli uylar (dona) Qozonxonalar (dona) Qozonlar (dona) Issiqlik tarmoqlari (km) Issiqlik suvi tarmoqlari (km) Gaz tarmoqlari (km) Elektr tarmoqlari (km) Transformator podstansiyasi (dona) 1. Jizzax tumani 0,1 3,8 44 25
Tuman hokimining 2015-yil 17-sentabrdagi 1170-sonli qaroriga 3-ILOVA
Asosiy muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik uskunalarni 2015-2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda joriy taʼmirlash boʻyicha
TOPShIRIQ
T/r Tuman nomi Joriy taʼmirlash Koʻp qavatli uylar (dona) Qozonxonalar (dona) Qozonlar (dona) Issiqlik tarmoqlari (km) Issiqlik suvi tarmoqlari (km) Gaz taqsimlash punktlarini taftishdan oʻtkazish (dona) Elektr tarmoqlari (km) Transformator podstansiyasi (dona) 1. Jizzax tumani 2 846 346 98
Tuman hokimining 2015-yil 17-sentabrdagi 1170-sonli qaroriga 4-ILOVA
Ijtimoiy soha obyektlarini 2015-2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda mukammal va joriy taʼmirlash boʻyicha
TOPShIRIQ
T/r Tuman nomi Mukammal taʼmirlash Joriy taʼmirlash Umum taʼlim maktablari (dona) Bolalar uyi va maxsus maktab internatlar (dona) Bolalar bogʻchalari (dona) Kasalxona va qishloq vrachlik punktlari (dona) Internat uylari “Muruvvat” va “Saxovat” reabilitatsiya markazi, sanatoriya, urush va mehnat faxriylari dam olish muassasalari (dona) Umum taʼlim maktablari (dona) Maktablardagi oynalarni almashtirish (kv.m) Bolalar uyi va maxsus maktab internatlar (dona) Bolalar bogʻchalari (dona) Kasalxona va qishloq vrachlik punktlari (dona) Internat uylari “Muruvvat” va “Saxovat” reabilitatsiya markazi, sanatoriya, urush va mehnat faxriylari dam olish muassasalari (dona) 1. Jizzax tumani 1 1 2 1 159 1
Tuman hokimining 2015-yil 17-sentabrdagi 1170-sonli qaroriga 5-ILOVA
2015-2016-yillar kuz-qish davri uchun koʻmir, mazut va texnik tuz jamgʻarish, shuningdek suyultirilgan gaz yetkazib berish boʻyicha
TOPShIRIQ
T/r Tuman nomi Koʻmir (ming tonna) Aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish (tonna) Issiqlik ishlab chiqarish korxonalariga mazut yetkazib berish (ming. tonna) Jami Koʻmir mahsulotini budjet tashkilotlari orqali taʼminlash shu jumladan: Aholini koʻmir mahsuloti bilan taʼminlash shu jumladan: Koʻmirni birja orqali olish “Qishloq qurilish invest” IK Xalq taʼlimi Sogʻliqni saqlash Kasb-hunar Koʻmirni yuklash Koʻmir briketi 1. Jizzax tumani 1,873 1,045 0,75 0,1 0,195 0,828 0,828 276,9
Tuman hokimining 2015-yil 17-sentabrdagi 1170-sonli qaroriga 6-ILOVA
Tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2015-2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni muvofiqlashtirish boʻyicha tuman komissiyasi
TARKIBI
1. A. Abdullayev — tuman hokimi, komissiya raisi 2. A. Gulboyev — tuman hokimining birinchi oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari 3 A. Normatov — tuman hokimining oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari 4. Sh. Xoshimov — tuman hokimligi kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjaligi va obodonlashtirish masalalari kotibiyati mudiri 5. J. Anorboyev — tuman iqtisodiyot boʻlimi boshligʻi 6. D. Xamraqulov — tuman moliya boʻlimi boshligʻi 7. D. Nosirov — tuman xalq taʼlimi boʻlimi boshligʻi 8. Z. Julbekov — tuman sogʻliqni saqlash boʻlimi boshligʻi 9. A. Xakimov — “Jizzaxtumangaz” filiali boshligʻi 10. X. Pulatov — tuman elektr tarmoqlari korxonasi boʻlimi boshligʻi 11. M. Dustmurodov — tuman “Suvoqova” korxonasi boshligʻi 12. Lavozimi boʻyicha — tuman hokimi oʻrinbosarlari, korxona va tashkilot rahbarlari
* Izoh: komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning oʻrniga yangi tayinlangan yoki vazifasini bajaruvchi shaxslar komissiya aʼzolari hisoblanadi.
