Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida (1034-son)
30.09.2015
Jizzax viloyati Gʻallaorol tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi 1998-y., 5-6-son, 97-modda) va Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2008-y., 34-son, 333-modda) “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq, 2016-yilda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuning (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonuni 17-moddasiga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun xodimlarning oʻrtacha soni 20 nafardan koʻpni tashkil etadigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda (keyingi oʻrinlarda — tashkilot deb ataladi) 2016-yil uchun 3 foizdan 7 foizgacha miqdorida jami 289 ta ish oʻrinlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Shu jumladan:
yolgʻiz ota, yolgʻiz ona hamda 14 yoshgacha va nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar uchun — 3 foiz (45 kishi);
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlarga, shuningdek oliy oʻquv yurtlarining davlat grantlari asosida taʼlim olgan bitiruvchilari uchun — 7 foiz (113 kishi);
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun — 3 foiz (40 kishi);
nogironlar uchun — 3 foiz (9 kishi);
tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun — 3 foiz (6 kishi);
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy yoʻsindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslar uchun — 3 foiz (31 kishi);
kichik yoshli bolalari boʻlgan ishlamayotgan ayollar uchun — 7 foiz (27 kishi);
atrofdagilar uchun xavfli boʻlmagan ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar bilan ogʻriyotgan shaxslar uchun — 3 foiz (8 kishi);
odam savdosidan jabrlangan shaxslar uchun — 3 foiz (10 kishi) miqdorida ish oʻrinlari zaxirasi band qilinsin.
2. Ushbu toifa shaxslar uchun ish oʻrinlari xodimlar tomonidan oʻzlarining mehnat majburiyatlarini toʻsiqlarsiz bajarishini taʼminlaydigan sanitariya-gigiyena normalari va mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishi taʼminlansin, xususan:
yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va 14 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar uchun — bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari boʻyicha vazifalarni uygʻunlashtirish imkonini beradigan, oʻzgaruvchan ish jadvaliga ega boʻlgan ish oʻrinlari;
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlarga, shuningdek oliy oʻquv yurtlarining davlat grantlari asosida taʼlim olgan bitiruvchilar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
nogironlar uchun — mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilgan hamda xodimga ish jarayonlarini toʻsqinliksiz bajarish imkonini (sogʻligʻining ahvoli va mehnat faoliyatiga nisbatan belgilangan zid koʻrsatkichlar hisobga olingan holda) beradigan ish oʻrinlari;
tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun — maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy yoʻsindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligi hisobga olingan holdagi ish oʻrinlari, muayyan kasb-hunarga, malakaga ega boʻlmagan shaxslar uchun esa — maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari;
odam savdosidan jabrlangan shaxslar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari.
3. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyilgan ish oʻrni ilgari ushbu ish oʻrnini egallab kelgan shaxs bilan tuzilgan mehnat shartnomasi toʻxtatilishi munosabati bilan boʻshab qolganda bu haqda tashkilot 10 kun muddatda tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazini yangidan ochilgan boʻsh ish oʻrni toʻgʻrisida xabardor etishi belgilansin.
4. Tashkilot rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq, ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarini belgilangan soni hisobida yil boshlangungacha 10 kundan kechikmay 25 (yigirma besh) foiz, qolgan qismini band qilib qoʻyishni kalendar yilning birinchi choragi mobaynida taʼminlasinlar.
Tashkilotlar har chorakda tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga ushbu qarorning ilovasida koʻrsatilgan shaxslarning ishga joylashtirilishi toʻgʻrisida belgilangan tartibda axborot taqdim etsinlar.
5. Ushbu qarorni bajarmagan tashkilotlarning mansabdor shaxslariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jarima solinadi.
Belgilab qoʻyilsinki, mahalliy davlat hokimiyati organining ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish boʻyicha qarorini bajarmaganlik uchun jarimani toʻlaganlik tashkilotni band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarining belgilangan sonini tashkil etishdan ozod qilmaydi.
6. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyish sonidan ortiqcha ish oʻrinlari tashkil etilgan taqdirda sarflangan mablagʻlarning bir qismini tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanishi belgilansin.
7. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (K. Qoʻziyev) bir hafta muddatda ushbu qarorni ilovada koʻrsatilgan tashkilot rahbarlari eʼtiboriga yetkazsin va ushbu qarorning bajarilishi ustidan nazoratni olib borsin.
8. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari I. Alimqulov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim A. TILABOV
Gʻallaorol t.,
2015-yil 30-sentabr,
1034-son
Tuman hokimining 2015-yil 30-sentabrdagi 1034-sonli qaroriga ILOVA
Tuman hududida joylashgan korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir boʻlmagan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun yaratiladigan ish oʻrinlari toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
T/r Korxona, tashkilot va muassasalar 01.07.2015-yil holatiga ishlovchilar soni Belgilangan kvota Yaratilishi kerak boʻlgan ish oʻrinlari Shu jumladan 7% 3% oʻn toʻrt yoshgacha bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar uchun oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlarga, shuningdek oliy oʻquv yurtlarining davlat grantlari asosida taʼlim olgan bitiruvchilari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun nogironlar uchun tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy yoʻsindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslar uchun odam savdosidan jabrlangan shaxslar uchun kichik yoshli bolasi boʻlgan ishlamayotgan ayollar uchun atrofdagilar uchun xavfli boʻlmagan ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar bilan ogʻriyotgan shaxslar uchun A B 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 1. Tuman tibbiyot birlashmasi 971 16 16 4 5 2 2 3 2. Silga qarshi kurash dispanseri 71 5 5 2 1 1 1 3. “Qora Qoʻyli” qishloq vrachlik punkti 21 1 1 1 4. “Istiqbol” qishloq vrachlik punkti 31 1 1 1 5. “Lalmikor” qishloq vrachlik punkti 43 1 1 1 6. “Koʻkbuloq” qishloq vrachlik punkti 26 1 1 1 7. “Saribozor” qishloq vrachlik punkti 32 1 1 1 8. “Ittifoq” qishloq vrachlik punkti 25 1 1 1 9. “Zarbuloq” qishloq vrachlik punkti 21 1 1 1 10. “Sohibkor” qishloq vrachlik punkti 20 1 1 1 11. “Sherqangʻli” qishloq vrachlik punkti 23 1 1 1 12. “Olimlar” qishloq vrachlik punkti 20 1 1 1 13. “Marjonbuloq” qishloq vrachlik punkti 24 1 1 1 14. Yosh bolalar sil kasalligiga qarashli sanatoriyasi 48 1 1 1 15. “Marjon Suvi” sanatoriyasi 94 7 7 2 2 1 2 16. Tuman DSENM 62 2 2 1 1 17. Veterinariya boʻlimi 31 1 1 1 18. Iqtisodiyot kasb-hunar kolleji 57 2 2 1 1 19. Sanoat kasb-hunar kolleji 101 7 7 3 2 2 20. Tibbiyot kolleji 114 8 8 3 1 1 3 21. Guliston qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji 91 6 6 3 2 1 22. Lalmikor sanoat kasb-hunar kolleji 91 6 6 2 1 1 2 23. Ijtimoiy iqtisodiyot kasb-hunar kolleji 83 2 2 1 1 24. Kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji 56 2 2 1 1 25. JPI qoshidagi 2-sonli Akademik litseyi 65 2 2 1 1 26. Gʻallaorol qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji 66 2 2 1 1 27. Qipchoq suv transport va sanoat KHK 58 2 2 1 1 28. Xalq taʼlimi MFMT va TE boʻlimi 37 1 1 1 29. 1-sonli bolalar va oʻsmirlar sport maktabi 53 2 2 1 1 30. 2-sonli bolalar va oʻsmirlar sport maktabi 35 1 1 1 31. 1-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 48 1 1 1 32. 2-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 37 1 1 1 33. 3-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 35 1 1 1 34. 4-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 43 1 1 1 35. 5-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 38 1 1 1 36. 6-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 42 1 1 1 37. 7-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 55 2 2 1 1 38. 8-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 30 1 1 1 39. 9-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 46 1 1 1 40. 10-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 32 1 1 1 41. 11-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 38 1 1 1 42. 12-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 39 1 1 1 43. 13-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 35 1 1 1 44. 14-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 23 1 1 1 45. 15-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 50 2 2 1 1 46. 16-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 58 2 2 1 1 47. 17-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 33 1 1 1 48. 18-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 38 1 1 1 49. 19-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 60 2 2 1 1 50. 20-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 50 2 2 1 1 51. 21-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 34 1 1 1 52. 22-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 110 8 8 2 2 2 2 53. 23-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 50 2 2 1 1 54. 24-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 82 6 6 4 1 1 55. 25-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 60 2 2 1 1 56. 26-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 75 5 5 4 1 57. 27-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 62 2 2 1 1 58. 28-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 42 1 1 1 59. 29-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 35 1 1 1 60. 30-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 50 2 2 1 1 61. 31-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 41 1 1 1 62. 32-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 55 2 2 1 1 63. 33-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 51 2 2 1 1 64. 34-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 52 2 2 1 1 65. 35-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 38 1 1 1 66. 36-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 33 1 1 1 67. 37-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 66 2 2 1 1 68. 38-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 25 1 1 1 69. 39-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 48 1 1 1 70. 40-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 32 1 1 1 71. 41-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 29 1 1 1 72. 42-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 63 2 2 1 1 73. 43-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 45 1 1 1 74. 44-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 91 6 6 3 1 2 75. 45-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 35 1 1 1 76. 46-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 32 1 1 1 77. 47-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 56 2 2 1 1 78. 49-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 45 1 1 1 79. 50-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 37 1 1 1 80. 51-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 33 1 1 1 81. 52-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 46 1 1 1 82. 53-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 49 1 1 1 83. 54-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 46 1 1 1 84. 55-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 36 1 1 1 85. 56-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 42 1 1 1 86. 57-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 47 1 1 1 87. 58-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 41 1 1 1 88. 59-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 42 1 1 1 89. 60-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 44 1 1 1 90. 61-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 31 1 1 1 91. 62-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 62 2 2 1 1 92. 63-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 37 1 1 1 93. 64-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 36 1 1 1 94. 65-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 38 1 1 1 95. 66-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 36 1 1 1 96. 67-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 30 1 1 1 97. 68-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 30 1 1 1 98. 69-son umum�y oʻrta taʼlim maktabi 26 1 1 1 99. 70-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 30 1 1 1 100. 71-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 31 1 1 1 101. 72-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 26 1 1 1 102. 73-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 53 2 2 1 1 103. 74-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 38 1 1 1 104. 75-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 36 1 1 1 105. 76-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 34 1 1 1 106. 77-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 31 1 1 1 107. 78-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 46 1 1 1 108. 79-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 33 1 1 1 109. 80-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 38 1 1 1 110. 81-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 29 1 1 1 111. 82-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 25 1 1 1 112. 83-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 27 1 1 1 113. 84-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 41 1 1 1 114. 85-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 25 1 1 1 115. 86-IDUM 37 1 1 1 116. 87-IDUM 34 1 1 1 117. 88-IDUM 47 1 1 1 118. 90-IDUM 38 1 1 1 119. 91-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 60 2 2 1 1 120. 1-sonli “Boychechak” nomli MTM 37 1 1 1 121. 5-sonli “Uchquncha” nomli MTM 41 1 1 1 122. 6-sonli “Quyoshcha” nomli MTM 25 1 1 1 123. 8-sonli “Gullola” nomli MTM 47 1 1 1 124. 16-sonli “Gʻuncha” nomli MTM 25 1 1 1 125. 22-sonli “Raʼno” nomli MTM 22 1 1 1 126. 24-sonli “Irmoqcha” nomli MTM 23 1 1 1 127. Barkamol avlod bolalar maktabi 26 1 1 1 128. 15-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi 62 2 2 1 1 129. Don va DEITI 73 5 5 2 3 130. Davlat soliq inspeksiyasi 46 1 1 1 131. Tuyatortar-QLI ITB 221 14 1 15 3 5 1 5 1 132. Gʻallaorol tumani YXPTF korxonasi 111 8 8 4 4 133. Obodonlashtirish boshqarmasi 238 16 1 17 3 7 5 1 1 134. “Sangzar parranda” MChJ 45 1 1 1 135. Gʻallaorol “Dehqon bozori” MChJ 26 1 1 1 136. Tuman gazlashtirish korxonasi 113 8 8 2 4 2 137. Magistral gaz quvurlari boshqarmasi 592 7 7 4 1 2 138. Suv oqova korxonasi 42 1 1 1 139. BK va AIMKM 25 1 1 1 Jami: 8125 140 149 289 45 113 40 9 6 31 10 27 8
* Izoh: 70 tadan ortiq ishlovchilari bor korxonalar soni 18 ta ishlovchilari 3322 nafar.
* Izoh: 20 tadan ortiq ishlovchilari bor korxonalar soni 121 ta ishlovchilari 4803 nafar.
* Izoh: 2016-yil uchun ajratilgan kvota ish oʻrinlaridan chegiriladigan korxona, tashkilotlar toʻgʻrisida.
