Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida (687-son)
23.09.2015
Jizzax viloyati Forish tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi 1998-y., 5-6-son, 97-modda) va Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2008-y., 34-son, 333-modda) “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq, 2016-yilda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonuni 17-moddasiga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun xodimlarning oʻrtacha soni 20 nafardan koʻpni tashkil etadigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda (keyingi oʻrinlarda — tashkilot deb ataladi) 2016-yil uchun 3 foizdan 7 foizgacha miqdorida jami 172 ta ish oʻrinlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Shu jumladan:
yolgʻiz ota, yolgʻiz ona hamda 14 yoshgacha va nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar uchun — 3 foiz (23 kishi);
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlarga, shuningdek oliy oʻquv yurtlarining davlat grantlari asosida taʼlim olgan bitiruvchilari uchun — 7 foiz (65 kishi);
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun — 7 foiz (15 kishi);
nogironlar uchun — 3 foiz (8 kishi);
tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun — 3 foiz (12 kishi);
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy yoʻsindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslar uchun — 3 foiz (5 kishi);
kichik yoshli bolalari boʻlgan ishlamayotgan ayollar uchun — 3 foiz (35 kishi);
atrofdagilar uchun xavfli boʻlmagan ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar bilan ogʻriyotgan shaxslar uchun — 3 foiz (3 kishi);
odam savdosidan jabrlangan shaxslar uchun — 7 foiz (6 kishi) miqdorida ish oʻrinlari zaxirasi band qilinsin.
2. Ushbu toifa shaxslar uchun ish oʻrinlari xodimlar tomonidan oʻzlarining mehnat majburiyatlarini toʻsiqlarsiz bajarishini taʼminlaydigan sanitariya-gigiyena normalari va mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishi taʼminlansin, xususan:
yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va 14 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar uchun — bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari boʻyicha vazifalarni uygʻunlashtirish imkonini beradigan, oʻzgaruvchan ish jadvaliga ega boʻlgan ish oʻrinlari;
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlarga, shuningdek oliy oʻquv yurtlarining davlat grantlari asosida taʼlim olgan bitiruvchilar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
nogironlar uchun — mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilgan hamda xodimga ish jarayonlarini toʻsqinliksiz bajarish imkonini (sogʻligʻining ahvoli va mehnat faoliyatiga nisbatan belgilangan zid koʻrsatkichlar hisobga olingan holda) beradigan ish oʻrinlari;
tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun — maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy yoʻsindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligi hisobga olingan holdagi ish oʻrinlari, muayyan kasb-hunarga, malakaga ega boʻlmagan shaxslar uchun esa — maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari;
odam savdosidan jabrlangan shaxslar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari.
3. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyilgan ish oʻrni ilgari ushbu ish oʻrnini egallab kelgan shaxs bilan tuzilgan mehnat shartnomasi toʻxtatilishi munosabati bilan boʻshab qolganda bu haqda tashkilot 10 kun muddatda tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazini yangidan ochilgan boʻsh ish oʻrni toʻgʻrisida xabardor etishi belgilansin.
4. Tashkilot rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq, ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarini belgilangan soni hisobida yil boshlangungacha 10 kundan kechikmay 25 (yigirma besh) foiz, qolgan qismini band qilib qoʻyishni kalendar yilning birinchi choragi mobaynida taʼminlasinlar.
Tashkilotlar har chorakda tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga ushbu qarorning ilovasida koʻrsatilgan shaxslarning ishga joylashtirilishi toʻgʻrisida belgilangan tartibda axborot taqdim etsinlar.
5. Ushbu qarorni bajarmagan tashkilotlarning mansabdor shaxslariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jarima solinadi.
Belgilab qoʻyilsinki, mahalliy davlat hokimiyati organining ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish boʻyicha qarorini bajarmaganlik uchun jarimani toʻlaganlik tashkilotni band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarining belgilangan sonini tashkil etishdan ozod qilmaydi.
6. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyish sonidan ortiqcha ish oʻrinlari tashkil etilgan taqdirda sarflangan mablagʻlarning bir qismini tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanishi belgilansin.
7. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (U. Kamolov) bir hafta muddatda ushbu qarorni ilovada koʻrsatilgan tashkilot rahbarlari eʼtiboriga yetkazsin va ushbu qarorning bajarilishi ustidan nazoratni olib borsin.
8. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari O. Norboʻtayev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim P. MAXATOV
Forish t.,
2015-yil 23-sentabr,
687-son
Tuman hokimining 2015-yil 23-sentabrdagi 687-sonli qaroriga ILOVA
Tuman hududidagi korxona, muassasa va tashkilotlarda mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir boʻlmagan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun 2016-yilda yaratiladigan ish oʻrinlari
ROʻYXATI
T/r Korxona, tashkilot va muassasalar Tumandagi QFY va ShFY nomlari 70 dan ortiq ishlovchilar bor korxonalar soni 01.09.2015-yil holatiga Yaratilishi kerak boʻlgan kvota ish oʻrinlari Belgilangan kvota 20 dan ortiq ishlovchilar bor korxonalar soni 01.09.2015-yil holatiga Jami yaratilishi kerak boʻlgan kvota ish oʻrinlari Shu jumladan 7% 3% Yolgʻiz ota, yolgʻiz ona hamda 14 yoshgacha va nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar uchun Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlarga, shuningdek oliy oʻquv yurtlarining davlat grantlari asosida taʼlim olgan bitiruvchilari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun Nogironlar uchun Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy yoʻsindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslar uchun Kichik yoshli bolalari boʻlgan ishlamayotgan ayollar uchun Odam savdosidan jabrlangan shaxslar uchun Atrofidagilar uchun xavfli boʻlmagan ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar bilan ogʻriyotgan shaxslar uchun 1. Obodonlashtirish boshqarmasi Bogʻdon ShFY 1 188 13 13 13 1 2 3 1 2 1 2 1 2. Tuma� tibbiyot birlashmasi Bogʻdon ShFY 1 674 47 47 1 48 5 21 5 2 3 1 8 1 2 3. TYXTFK Bogʻdon ShFY 1 89 6 6 6 1 1 1 1 1 1 4. Qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kolleji Bogʻdon ShFY 1 106 7 7 7 1 2 1 1 1 1 5. Maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji Bogʻdon ShFY 1 95 7 7 7 1 2 1 1 1 1 6. 1-maktab Bogʻdon ShFY 1 84 6 6 6 1 1 3 1 7. Oʻrmon xoʻjaligi Bogʻdon ShFY 1 1 57 1 1 8. Barkamol avlod Bogʻdon ShFY 1 1 22 1 1 9. Nurota davlat qoʻriqxonasi Bogʻdon ShFY 1 1 22 1 1 10. Sport -maktabi Bogʻdon ShFY 1 1 37 1 1 11. 1-son “Gʻuncha” bolalar bogʻchasi Bogʻdon ShFY 1 1 30 1 1 12. 5-son “Lola” bolalar bogʻchasi Bogʻdon ShFY 1 1 25 1 1 13. 2 son “Binafsha” bolalar bogʻchasi Bogʻdon ShFY 1 1 24 1 1 14. Tuman DSENM Bogʻdon ShFY 1 1 45 1 1 15. Qoraobdol qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kolleji Qoraobdol QFY 2 1 60 2 1 1 16. Iqtisodiyot va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji Egizbuloq QFY 2 1 56 2 1 1 17. Ijtimoiy-iqtisodiy kasb-hunar kolleji Garasha q. 2 1 59 2 1 1 18. Maishiy xizmat va transport kolleji Uxum QFY 2 1 61 2 1 1 19. 2-maktab Osmonsoy q. 1 1 42 1 1 20. 4-maktab Egizbuloq QFY 1 1 31 1 1 21. 5-maktab Forish QFY 1 1 46 1 1 22. 6-maktab Osmonsoy q. 1 1 39 1 1 23. 7-maktab Osmonsoy q. 2 1 52 2 1 1 24. 8-maktab Egizbuloq QFY 1 1 47 1 1 25. 9-maktab Qizilqum QFY 2 1 59 2 1 1 26. 10-maktab Uchquloch QFY 1 1 48 1 1 27. 11-maktab Forish QFY 2 1 50 2 1 1 28. 12-maktab Forish QFY 2 1 50 2 1 1 29. 13-maktab Uxum QFY 1 1 29 1 1 30. 14-maktab Uxum QFY 1 1 35 1 1 31. 15-maktab Egizbuloq QFY 2 1 52 2 1 1 32. 16-maktab Egizbuloq QFY 2 1 53 2 1 1 33. 17-maktab Forish QFY 1 1 28 1 1 34. 18-maktab Garasha q. 1 1 26 1 1 35. 19-maktab Forish QFY 1 1 35 1 1 36. 20-maktab Osmonsoy q. 1 1 36 1 1 37. 21-maktab Osmonsoy q. 1 1 38 1 1 38. 22-maktab Osmonsoy q. 1 1 31 1 1 39. 23-maktab Osmonsoy q. 1 1 27 1 1 40. 25-maktab Forish QFY 1 1 36 1 1 41. 26-maktab Egizbuloq QFY 1 1 31 1 1 42. 27-maktab Forish QFY 1 1 27 1 1 43. 28-maktab Forish QFY 1 1 32 1 1 44. 29-maktab Osmonsoy q. 1 1 44 1 1 45. 31-maktab Uxum QFY 1 1 23 1 1 46. 32-maktab Uxum QFY 1 1 35 1 1 47. 33-maktab Bogʻdon ShFY 2 1 65 2 1 1 48. 35-maktab Egizbuloq QFY 1 1 45 1 1 49. 37-maktab Garasha q. 1 1 24 1 1 50. 38-maktab Garasha q. 1 1 43 1 1 51. 40-maktab Qoraobdol QFY 1 1 27 1 1 52. 43-maktab Garasha q. 1 1 27 1 1 53. 44-maktab Qoraobdol QFY 1 1 30 1 1 54. 46-maktab Uxum QFY 1 1 38 1 1 55. 47-maktab Forish QFY 1 1 29 1 1 56. 49-maktab Uxum QFY 1 1 42 1 1 57. 50-maktab Darvoza QFY 1 1 25 1 1 58. 51-maktab Forish QFY 1 1 27 1 1 59. 55-maktab Forish QFY 1 1 37 1 1 60. 56-maktab Qoraobdol QFY 1 1 28 1 1 61. 59-maktab Uchquloch QFY 2 1 67 2 1 1 62. 61-maktab Qoraobdol QFY 1 1 29 1 1 63. 62-maktab Qoraobdol QFY 1 1 34 1 1 64. 64-maktab Qoraobdol QFY 1 1 35 1 1 65. 65-maktab Qoraobdol QFY 1 1 32 1 1 66. 66-maktab Qoraobdol QFY 1 1 34 1 1 67. 67-maktab Qoraobdol QFY 1 1 45 1 1 68. 68-maktab Qoraobdol QFY 1 1 38 1 1 69. 69-maktab Qoraobdol QFY 1 1 43 1 1 70. 70-maktab Qoraobdol QFY 1 1 37 1 1 71. 71-maktab Qoraobdol QFY 1 1 26 1 1 72. 72-maktab Qoraobdol QFY 1 1 37 1 1 73. 73-maktab Qoraobdol QFY 1 1 37 1 1 74. 74-maktab Qoraobdol QFY 1 1 27 1 1 75. 75-maktab Garasha q. 1 1 30 1 1 76. 76-maktab Garasha q. 1 1 32 1 1 77. 77-maktab Garasha q. 1 1 40 1 1 78. 78-maktab Garasha q. 1 1 49 1 1 79. 79-maktab Garasha q. 1 1 42 1 1 Jami: 6 1236 86 86 86 73 2781 172 23 65 15 8 12 5 35 6 3
