92 -q-son 01.02.2016. Xonqa tumanida qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida
xorazm viloyati Xonqa tumani hokimining
Qarori
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 345-son (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 50-son, 559-modda) qaroriga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2013-yil 2-apreldagi 58-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”ginizom (2013-yil 25-aprel, roʻyxat raqami 2452, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-yil 17-son, 229-modda) talablariga asosan, tuman hududidagi mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan va tuman qishloq xoʻjaligi texnikalari boʻyicha davlat inspektori tomonidan belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish maqsadida qaror qilaman:
1. Tumandagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini (keyingi oʻrinlarda matnda “texnika” deb yuritiladi) texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi tarkibi 1-ilovaga;
texnikalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va joriy yilning 1-fevralidan 1-iyunigacha texnik koʻrikdan oʻtkazilishini taʼminlansin.
2. Texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish jarayonida texnik koʻrikdan oʻtkazuvchi tuman komissiyasi:
texnikalarning soni, ularning mavjudligi va roʻyxatdan oʻtganligi;
texnikaning texnik pasporti va qishloq xoʻjaligi mashinasining guvohnomasida koʻrsatilgan maʼlumotlarda ularning turi, rusumi, zavod raqami, dvigatel va davlat raqamlari belgisining muvofiqligi;
texnikaning texnik holati va jihozlarining sozligini koʻrib chiqsin.
3. Texnikalar texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun eng kam oylik ish haqining:
traktorlar, traktor tirkamalari, meliorativ texnika va oʻziyurar mashinalarga — 0,18 foizi;
qishloq xoʻjalik mashinalarga — 0,10 foizi;
mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalariga — 0,37 foizi miqdorda yigʻim undirilsin.
4. Tuman qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha inspektori (F. Raxmanov) belgilangan tartibda roʻyxatdan yoki majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilmagan nosoz mashinalarni yoʻlga chiqarilishini oldini olish va ulardan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.
5. Mazkur qaror qabul qilinishi bilan tuman hokimining 2015-yil 20-yanvardagi 106-q-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Ushbu qaror Xonqa tuman hokimining rasmiy nashri hisoblangan “Xonqa hayoti” gazetasida eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Sh. Quryazov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim O. JUMANAZAROV
Xonqa t.,
2016-yil 1-fevral,
92-q-son
Tuman hokimining 2016-yil 1-fevraldagi 92-q-son qaroriga 1-ILOVA
Tumandagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi
TARKIBI
1. F. Raxmonov — Tuman qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha inspektori, komissiya raisi 2. Gʻ. Bekchanov — Tuman qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha inspektori, komissiya raisi oʻrinbosari Komissiya aʼzolari: 3. X. Vaisov — “Xonqa Agrotexservis MTP” MChJ raisi 4. Sh. Xoʻjayev — Tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari
Tuman hokimining 2016-yil 1-fevraldagi 92-q-son qaroriga 2-ILOVA
Tumandagi texnikalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish
JADVALI
T/r Texnikaning nomi Texnika rusumi Texnik koʻrikdan oʻtkaziladigan soni Texnika koʻrikdan oʻtkazish manzili Texnika koʻrikdan oʻtkazish sanasi 1. Paxta ekish seyalkasi SXU-4 122 Xonqa OAJ MTP 01-03.02.2016-yil 2. Kultivator KXU-4 203 Xonqa OAJ MTP 03-06.02.2016-yil 3. Chizel kultivator ChKU 37 Xonqa OAJ MTP 08.02.2016-yil 4. Tishli borano BZSS-10 384 Xonqa OAJ MTP 09-10.02.2016-yil 5. Mola MV-4 239 Xonqa OAJ MTP 11.02.2016-yil 6. Omochlar PLN-4-35 207 Xonqa OAJ MTP 12.02.2016-yil 7. Yer tekislagich P-4 2 Xonqa OAJ MTP 12.02.2016-yil 8. Purkagich OVX-600 Xonqa OAJ MTP 12.02.2016-yil 9. Haydov traktori Magnum 9 Xonqa OAJ MTP 13.02.2016-yil 10. Haydov traktori T-4a 124 Xonqa MMTP 15-16.02.2016-yil 11. Haydov traktori DT-75 74 Xonqa MMTP 15-16.02.2016-yil 12. Haydov traktori K-701 8 Xonqa MMTP 15-16.02.2016-yil 13. Haydov traktori T-150K 10 Xonqa MMTP 15-16.02.2016-yil 14. Haydov traktori VT-150 23 Xonqa MMTP 15-16.02.2016-yil 15. Haydov traktori Import 41 Xonqa OAJ MTP 17.02.2016-yil 16. Chopiq traktori MTZ-80X 208 Xonqa OAJ MTP 02-10 03.2016-yil 17. Chopiq traktori T-28X4MA 323 Xonqa OAJ MTP 11-16 03.2016-yil 18. Chopiq traktori TTZ-80-11 115 Xonqa OAJ MTP 17-23 03.2016-yil 19. Chopiq traktori TTZ-YuOK- 11 17 Xonqa OAJ MTP 23-30 03.2016-yil 20. Chopiq traktori TTZ-60-11 8 Xonqa OAJ MTP 23-30 03.2016-yil 21. Chopiq traktori Import 2 Xonqa OAJ MTP 23-30 03.2016-yil 22. Transport traktori T-40 188 Xonqa MMTP 01-04 04.2016-yil 23. Transport traktori T-28x4MS 777 Xonqa MMTP 06-13 04.2016-yil 24. Transport traktori YuMZ-6L 48 Xonqa MMTP 14-17 04.2016-yil 25. Transport traktori MTZ-80 268 Xonqa MMTP 18-23 04.2016-yil 26. Transport traktori MTZ-82 83 Xonqa MMTP 18-23 04.2016-yil 27. Transport traktori TTZ-80-10 29 Xonqa MMTP 25-28 04.2016-yil 28. Buldozer T-130 3 Polvon- gazavot ITB 09.04.2016-yil 29. Buldozer T-100 6 Polvon- gazavot ITB 09.04.2016-yil 30. Buldozer T-4A 3 Polvon- gazavot ITB 09.04.2016-yil 31. Buldozer TU-160 4 Polvon- gazavot ITB 09.04.2016-yil 32. Ekskavator E-652 1 Polvon- gazavot ITB 21.04.2016-yil 33. Ekskavator EO-4121 16 Polvon- gazavot ITB 21.04.2016-yil 34. Ekskavator E-3211E 9 Polvon- gazavot ITB 21.04.2016-yil 35. Ekskavator EO-2621 13 Polvon- gazavot ITB 21.04.2016-yil 36. Ekskavator Import 23 Polvon- gazavot ITB 21.04.2016-yil 37. Gʻalla kombayn�ari Keys-2126 9 Xonqa OAJ MTP 22.04.2016-yil 38. Gʻalla kombaynlari Klass D- 204 19 Xonqa OAJ MTP 22.04.2016-yil 39. Gʻalla kombaynlari D-130 16 Xonqa OAJ MTP 22.04.2016-yil 40. Gʻalla kombaynlari Nʼyu- xolland 5 Xonqa OAJ MTP 22.04.2016-yil 41. Gʻalla kombaynlari Enisey EN-1200 5 Xonqa OAJ MTP 22.04.2016-yil 42. Em-xashak kombayni KSK-100 2 Axunbabay MMTP 01.04.2016-yil 43. Paxta terish mashinasi Keys-2022 1 Xonqa OAJ MTP 22.04.2016-yil 44. Paxta terish mashinasi XNP-1,8 1 Xonqa OAJ MTP 22.04.2016 i 45. Traktor tirkama 2PTS-4- 793 920 Xonqa MMTP 01-30 04.2016-yil
* Izoh: Tumanda fuqarolarga tegishli boʻlgan traktorlar, traktor tirkamalari, yoʻl-qurilish va meliorativ texnika, oʻzi yurar mashinalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish hududlardagi MMTPlarda koʻrsatilgan muddatlarda amalga oshiriladi.
