188 -q-son 03.02.2016. Urganch tumanida qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida
xorazm viloyati Urganch tumani hokimining
Qarori
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 345-son (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 50-son, 559-modda) qaroriga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2013-yil 2-apreldagi 58-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (2013-yil 25-aprel, roʻyxat raqami 2452, Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2013-yil 17-son, 229-modda) talablariga asosan, tuman hududidagi mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan va tuman qishloq xoʻjaligi texnikalari boʻyicha davlat inspektori tomonidan belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish maqsadida qaror qilaman:
1. Tumandagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini (keyingi oʻrinlarda matnda “texnika” deb yuritiladi) texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi tarkibi 1-ilovaga;
texnikalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va joriy yilning 1-fevralidan 1-iyunigacha texnik koʻrikdan oʻtkazilishini taʼminlansin.
2. Texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish jarayonida texnik koʻrikdan oʻtkazuvchi tuman komissiyasi:
texnikalarning soni, ularning mavjudligi va roʻyxatdan oʻtganligi;
texnikaning texnik pasporti va qishloq xoʻjaligi mashinasining guvohnomasida koʻrsatilgan maʼlumotlarda ularning turi, rusumi, zavod raqami, dvigatel va davlat raqamlari belgisining muvofiqligi;
texnikaning texnik holati va jihozlarining sozligini koʻrib chiqsin.
3. Texnikalar texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun eng kam oylik ish haqining:
traktorlar, traktor tirkamalari, meliorativ texnika va oʻziyurar mashinalarga — 0,18 foizi;
qishloq xoʻjalik mashinalarga — 0,10 foizi;
mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalariga — 0,37 foizi miqdorda yigʻim undirilsin.
4. Tuman qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha davlat inspektori (N. Niyozmetov) belgilangan tartibda roʻyxatdan yoki majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilmagan nosoz mashinalarni yoʻlga chiqarilishini oldini olish va ulardan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.
5. Mazkur qaror qabul qilinishi bilan tuman hokimining 2014-yil 6-fevraldagi 65-q-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Qaror “Urganch haqiqati” gazetasida eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari R. Sapayev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim Sh. RUSTAMOV
Urganch t.,
2016-yil 3-fevral,
188-q-son
Tuman hokimining 2016-yil 3-fevraldagi 188-q-sonli qaroriga 1-ILOVA
Urganch tumani xoʻjaliklarida mavjud boʻlgan qishloq xoʻjaligi texnika va mexanizmlarini 2016-yil mavsumiy dala ishlariga tayyorgarligini qabul qilish boʻyicha tuman komissiyasi
TARKIBI
1. N. Niyozmetov — Tuman qishloq xoʻjaligi texnikalari boʻyicha davlat inspektori, komissiya raisi AʼZOLARI 2. A. Sapayev — Tuman qishloq xoʻjaligi texnikalari boʻyicha davlat inspektori 3. F. Qurbanov — Tuman MTP MChJ raisi v.v.b. 4. M. Ollaberganov — Tuman KSXB mutaxassisi 5. D. Jumaxanov — Tuman “Agrotexservis” MChJ raisi
Tuman hokimining 2016-yil 3-fevraldagi 188-q-sonli qaroriga 2-ILOVA
Urganch tumani hududidagi barcha korxona va tashkilot, mashina traktor parklari, fermer xoʻjaliklari, shaxsiy fuqarolarning va aksionerlik jamiyatlarining texnikalarini 2016-yil texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha
JADVALI
T/r MTP lar, korxona va tashkilotlar Aksionerlik jamiyatlari Haydov traktorlari Chopiq traktorlar Transport traktorlar, traktor tirkamalar Em, xashak oʻrish kombayni, Gʻalla oʻrish kombayni Buldozyerlar, Skrepyerlar, Ekskavatorlar Sholi oʻrish kombaynlari, MTPlar Texnik koʻrik oʻtkazish kuni Texnik koʻrik oʻtkaziladigan joy Texnik koʻrik oʻtkazish kuni Texnik koʻrik oʻtkaziladigan joy Texnik koʻrik oʻtkazish kuni Texnik koʻrik oʻtkaziladigan joy Texnik koʻrik oʻtkazish kuni Texnik koʻrik oʻtkaziladigan joy Texnik koʻrik oʻtkazish kuni Texnik koʻrik oʻtkaziladigan joy Texnik koʻrik oʻtkazish kuni Texnik koʻrik oʻtkaziladigan joy 1. Istiqbol Urganch MMTP 21.02.2016 tr. Saroy 4.03.2016 tr. Saroy 4.03.2016 tr. Saroy 21.03.2016 1 — 30.06.2016 2. Qoromon Urganch MMTP 21.02.2016 tr. Saroy 5.03.2016 tr. Saroy 5.03.2016 tr. Saroy 21.03.2016 1 — 30.06.2016 3. Paxtakor Urganch MMTP 22.02.2016 tr. Saroy 6.03.2016 tr. Saroy 6.03.2016 tr. Saroy 6.03.2016 1 — 30.06.2016 4. Oq Oltin Urganch MMTP 22.02.2016 tr. Saroy 7.03.2016 tr. Saroy 7.03.2016 tr. Saroy 7.03.2016 1 — 30.06.2016 5. Guliston Urganch MMTP 23.02.2016 tr. Saroy 9.03.2016 tr. Saroy 9.03.2016 tr. Saroy 9.03.2016 1 — 30.06.2016 6. Doʻrman Urganch MMTP 23.02.2016 tr. Saroy 11.03.2016 tr. Saroy 11.03.2016 tr. Saroy 11.03.2016 1 — 30.06.2016 7. J. Manguberdi Urganch MMTP 25.02.2016 tr. Saroy 12.03.2016 tr. Saroy 12.03.2016 tr. Saroy 12.03.2016 1 — 30.06.2016 8. Gʻalaba Urganch MMTP 25.02.2016 tr. Saroy 13.03.2016 tr. Saroy 13.03.2016 tr. Saroy 13.03.2016 1 — 30.06.2016 9. Yuqoribogʻ Urganch MMTP 28.02.2016 tr. Saroy 14.03.2016 tr. Saroy 14.03.2016 tr. Saroy 14.03.2016 1 — 30.06.2016 10. Chotkoʻpir Urganch MMTP 26.02.2016 tr. Saroy 15.03.2016 tr. Saroy 15.03.2016 tr. Saroy 15.03.2016 1 — 30.06.2016 11. Gʻoybu Sahovat servis 27.02.2016 tr. Saroy 16.03.2016 tr. Saroy 16.03.2016 tr. Saroy 16.03.2016 1 — 30.06.2016 12. Bekobod Qumobod 26.02.2016 tr. Saroy 18.03.2016 tr. Saroy 18.03.2016 tr. Saroy 18.03.2016 1 — 30.06.2016 13. Sohibkor Urganch MMTP 28.02.2016 tr. Saroy 19.03.2016 tr. Saroy 19.03.2016 tr. Saroy 19.03.2016 1 — 30.06.2016 14. MTPDAJ 20.03.2016 tr. Saroy 21.03.2016 tr. Saroy 21.03.2016 tr. Saroy 02.05.2016 21.03.2016 1-30.06.2016 15. Qishloqxoʻjalikkimyo 1.03.2016 tr. Saroy 20.03.2016 tr. Saroy 20.03.2016 tr. Saroy 20.03.2016 1 — 30.06.2016 16. Boshqa tashkilot 2.03.2016 tr. Saroy 22.03.2016 tr. Saroy 22.03.2016 tr. Saroy 03.05.2016 22.03.2016 1 — 30.06.2016 17. Shaxsiy traktor va tirkamalar 1 — 31.03.2016 tr. Saroy 1 — 31.03.2016 tr. Saroy 1 — 31.03.2016 tr. Saroy MTP saroyi 1 — 31.03.2016 MTP saroyi 1 — 30.06.2016 MTP saroyi
