Tuman iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida (940-son)
17.08.2015
jizzax viloyati Gʻallaorol tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 7-iyuldagi “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2367-son qarori va viloyat hokimining 2015-yil 11-iyuldagi 200-son qarori ijrosini taʼminlash hamda tumanda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga oʻz vaqtida va sifatli tayyorlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 7-iyuldagi PQ-2367-son hamda viloyat hokimining 2015-yil 11-iyuldagi 200-son qarorlari ijro uchun qabul qilinsin.
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, 2015-yil 23-aprelda tuman hokimining oʻrinbosarlari rahbarligida quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha ishchi guruhi tuzildi:
koʻp xonadonli uylarni kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash, umumiy foydalanish joylarini, lift uskunalarini tartibga keltirish va tegishli holda saqlash, mahalla hududida sanitar holatini taʼminlash, obodonlashtirish ishlarini tashkil etish hamda asosiy yoqilgʻi-energetika resurslari bilan oʻz vaqtida va yetarli darajada taʼminlash ishlarini tashkil etish. elektr taʼminoti, issiqlik taʼminoti va tabiiy gaz obyektlarini kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash boʻyicha ishchi guruhi (A. Mamarajabov);
ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni tashkil etish. ularning sanitariya holati va obodonlashtirish talablariga muvofiqligini taʼminlash boʻyicha ishchi guruhi (I. Alimqulov);
2015/2016-yillar kuz-kish davrida iqtisodiyot tarmoqlari ijtimoiy soha obyektlari va uy-joy fondini barqaror faoliyat yuritishga tayyorlash uchun har bir ishchi guruhining aniq vazifalari belgilandi.
3. Quyidagilar:
tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar 1-ilovaga muvofiq;
asosiy muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik uskunalarni, shuningdek ijtimoiy soha obyektlarini hududlar boʻyicha 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda mukammal va joriy taʼmirlash topshiriqlari 2, 3 va 4-ilovalarga muvofiq;
2015/2016-yillar kuz-qish davri uchun koʻmir, mazut va texnik tuz jamgʻarish shuningdek suyultirilgan gaz yetkazib berish boʻyicha topshiriqlar 5-ilovaga muvofiq;
tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni muvofiqlashtirish boʻyicha tuman komissiyasi tarkibi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Tuman komissiyasi:
kommunal soha tashkilotlari, qozonxonalar, koʻp xonadonli turar–joy binolari, taʼlim muassasalari, sogʻliqni saqlash muassasalari hamda boshqa ijtimoiy soha obyektlarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha joylardagi ishlarning ahvolini tanqidiy oʻrganib chiqsin;
oʻrganib chiqish natijalari boʻyicha ushbu qaror bilan tasdiqlangan tadbirlarni amalga oshirish borasidagi tashkiliy chora-tadbirlar kompleksini, shuningdek tuman iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy soha muassasalarini 2015/2016-yillar kuz-kish davrida barqaror ishlashga tayyorlash va taʼminlash boʻyicha topshiriqlarni oʻz vaqtida amalga oshirsin.
5. Tuman hokimining oʻrinbosarlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek boshqa tashkilotlar rahbarlari zimmasiga 2015/2016-yillar kuz-qish davrida iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror faoliyat yuritishini taʼminlashga yoʻnaltirilgan tadbirlar va ishlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
6. Tuman ishchi guruhi (A. Mamarajabov, I. Alimqulov) qishloq va mahalla fuqarolari yigʻinlari raislari bilan hamkorlikda aholi xonadonlariga koʻmir yoqilgʻisi va oʻtin bilan ishlaydigan qozonlarni oʻrnatish boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borsin.
7. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2014-yil 17-iyuldagi 924-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosarlari A. Mamarajabov va I. Alimqulov zimmasiga yuklansin.
Hokim A. TILABOV
Gʻallaorol t,
2015-yil 17-avgust.,
940-son
Tuman hokimining 2015-yil 17-avgustdagi 940-sonli qaroriga 1-ILOVA
Tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2015-2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash boʻyicha
chora-tadbirlar
Tuman hokimining 2015-yil 17-avgustdagi 940-sonli qaroriga 2-ILOVA
Asosiy muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik uskunalarni 2015-2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda mukammal taʼmirlash boʻyicha
TOPShIRiQ
Tuman hokimining 2015-yil 17-avgustdagi 940-sonli qaroriga 3-ILOVA
Asosiy muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik uskunalarni 2015-2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda joriy taʼmirlash boʻyicha
TOPShIRIQ
Tuman hokimining 2015-yil 17-avgustdagi 940-sonli qaroriga 4-ILOVA
Ijtimoiy soha obyektlarini hududlar boʻyicha 2015-2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda mukammal va joriy taʼmirlash boʻyicha
TOPShIRIQ
Tuman hokimining 2015-yil 17-avgustdagi 940-sonli qaroriga 5-ILOVA
2015-2016-yillar kuz-qish davri uchun koʻmir, mazut va texnik tuz jamgʻarish va suyultirilgan gaz yetkazib berish boʻyicha
TOPShIRIQ
Tuman hokimining 2015-yil 17-avgustdagi 940-sonli qaroriga 6-ILOVA
Tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2015-2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni muvofiqlashtirish boʻyicha tuman komissiyasi
TARKIBI
