Hukumatlararo Bitimni tasdiqlash toʻgʻrisida (126-son)
15.03.2001
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Qonunning 20-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar tasdiqlansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida chegara vakillari faoliyati toʻgʻrisida 2000-yil 13-dekabrda Toshkent shahrida imzolangan Bitim;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Pokiston Islom Respublikasi Hukumati oʻrtasida ularning bojxona organlari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida 2001-yil 25-yanvarda Islomobod shahrida imzolangan Bitim.
2. Tashqi ishlar vaziri A.X. Komilov, Davlat chegarasini qoʻriqlash qoʻmitasi raisi M.I. Utaganov va Davlat bojxona qoʻmitasi raisi U.T. Komilovga Oʻzbekiston Respublikasining ushbu hujjatlarda nazarda tutilgan majburiyatlari oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlash vazifasi yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 15-mart,
126-son
