Tumandagi transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (325-son)
17.02.2016
xorazm viloyati Urganch tumani hokimining
Qarori
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda), “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 15-son, 197-modda) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi 54-son Qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 17-modda) asosan tumandagi transport vositalarning 2016-yilda majburiy texnik koʻrigini tashkil qilish maqsadida qaror qilaman:
1. Urganch tuman Ichki ishlar boʻlimi avtomototransport vositalarining texnik xolati, ulardan foydalanish qoidalariga va meʼyorlariga amal qilishni nazorat etish boʻlimi (Z. Abdullayev) zarur shart-sharoitlarga (texnik diagnostika uskunalariga, koʻtarish moslamalariga yoki qarab chiqish uchun chuqurchalarga, nazorat-oʻlchash asboblariga, asfalt yoki beton qoplangan bir tekis gorizontal maydonchaga) va malakali mutaxassislarga ega boʻlgan tashkilotlarda va texnika xizmati koʻrsatish stansiyalarida, tumandagi yuridik va jismoniy shaxslarga, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq majburiy texnik koʻrikdan (keyingi oʻrinlarda matnda “texnik koʻrik” deb yuritiladi) oʻtkazilishini taʼminlasinlar:
a) tumandagi yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-martdan 10-iyungacha;
b) tijorat asosida yoʻlovchi tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar bir yilda ikki marotaba (1-martdan 30-iyungacha va 1-sentabrdan 31-oktabrgacha);
v) jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-martdan 31-avgustgacha texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
Ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan transport vositalari ikki yilda bir marta texnik koʻrikdan oʻtkazilsin, mazkur bandning “b” kichik bandida qayd etilgan bir yilda ikki marta texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan transport vositalari bundan mustasno.
2. Tumanda transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun tuzilgan komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq, yuridik shaxslarga qarashli transport vositalarining 2016-yilgi majburiy texnik koʻrigini oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Texnik koʻrikdan oʻtkazuvchi tuman komissiyasi:
transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun (mototransport, tirkamalar va yarim tirkamalardan tashqari) eng kam oylik ish haqining oʻndan bir qismi miqdorida;
mototransport, tirkamalar, yarimtirkamalar texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun eng kam oylik ish haqining yigirmadan biri miqdorida yigʻim undirilsin.
Ushbu qarorning 1-bandi “b” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalari ikkinchi marta texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Birinchi (oldingi) texnik koʻrikda nosoz deb topilgan transport vositalari takroriy texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun belgilangan miqdorlarda yigʻim undiriladi.
4. Transport vositalarni texnik koʻrikka jalb qilishda YHXBga, tuman mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, qishloq fuqarolar yigʻini raislari jamoatchilik asosida amaliy yordam koʻrsatilishi tavsiya qilinsin.
5. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2015-yil 3-martdagi 271-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Tuman Ichki ishlar boʻlimi Yoʻl harakati xavfsizligi guruhi, transport vositalarning texnik koʻrigi natijalari boʻyicha tuman hokimligiga 2016-yil 10-noyabrgacha yozma axborot berish vazifasi topshirilsin.
7. Ushbu qaror Urganch tuman hokimligining rasmiy nashri hisoblangan “Urganch haqiqati” gazetasida eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari E. Ashirov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim R. RUSTAMOV
Urganch t.,
2016-yil 17-fevral,
325-son
Tuman hokimining 2016-yil 17-fevraldagi 325-sonli karoriga 1-ILOVA
Urganch tumanidagi transport vositalarini 2016-yilda texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun tuzilgan komissiya
TARKIBI
Z. Abdullayev — Urganch tuman IIB YXXB katta inspektori serjant, komissiya raisi E. Abdullayev — Tuman mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti rahbari M. Abdullayev — Urganch tumani SMU DP Urganchtransgazkorxonasi bosh muxandisi B. Eshniyozov — “Oʻzavtodaryotrans” agentligi Xorazm viloyat boʻlimi mutaxassisi
Tuman hokimining 2016-yil 17-fevraldagi 325-sonli karoriga 2-ILOVA
Tumandagi transport vositalarini 2016-yilgi majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish
JADVALI
T/r Tashkilotlarning nomi Texnik koʻrikdan oʻtkazish joyi Texnik koʻrikdan oʻtkazish kuni Transportlar soni 1-bosqich 2-bosqich 1. “Saxovat” xususiy korxonasi Urganch MTP MChJ avtosaroyida 1-mart Sentyabr 10 2. Urganch Neft baza unitar korxonasi Urganch MTP MChJ avtosaroyida 3-4-mart Sentyabr 43 3. “Afri” xususiy korxonasi Urganch MTP MChJ avtosaroyida 7-mart 15 4. “Xorazmdonmahsulotlari” OAJ Urganch MTP MChJ avtosaroyida 9-mart Sentyabr 10 5. “Osiyo-Drink” xususiy firmasi Urganch MTP MChJ avtosaroyida 10-mart 8 6. “Xorazm Telekom” Urganch tumani boʻlimi Urganch MTP MChJ avtosaroyida 11-mart 5 7. Tuman Gaz korxonasi Urganch MTP MChJ avtosaroyida 12-mart 3 8. Urganch tuman hokimligi Urganch MTP MChJ avtosaroyida 14-mart 4 9. “Abbosbek” xususiy dorixonasi Urganch MTP MChJ avtosaroyida 15-mart 9 10. Urganch tuman Davlat soliq inspeksiyasi Urganch MTP MChJ avtosaroyida 16-mart 1 11. Urganch tumani Moliya boʻlimi Urganch MTP MChJ avtosaroyida 17-mart 1 12. “Oʻzbekiston Paxtachilik ilmiy tekshirish instituti” Xorazm filiali Urganch MTP MChJ avtosaro�ida 18-mart 4 13. “Qorovul sanitar tozalash” MChJ Urganch MTP MChJ avtosaroyida 22-mart 6 14. Urganch tuman davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi Urganch MTP MChJ avtosaroyida 23-mart 3 15. Urganch tibbiyot birlashmasi Urganch MTP MChJ avtosaroyida 24-25-mart 10 16. “Urganch MTP” MChJ Urganch MTP MChJ avtosaroyida 28-mart 3 17. “Jayxun” fermer xoʻjaligi Urganch MTP MChJ avtosaroyida 29-mart 3 18. “Amu-Sharq” xususiy korxonasi Urganch MTP MChJ avtosaroyida 30-mart Sentyabr 5 19. Cholish suv yoʻllari texnika boʻlimii Urganch MTP MChJ avtosaroyida 31-mart Sentyabr 5 20. “Urganch Agro qurilish” MChJ Urganch MTP MChJ avtosaroyida 1-aprel 4 21. “Oʻtkir gazchi”, “Abdullajon gaz” ishlab chiqarish korxonasi Urganch MTP MChJ avtosaroyida 4-aprel Sentyabr 5 22. “Urganch-Sohibkor” MMTP Urganch MTP MChJ avtosaroyida 5-aprel Sentyabr 4 23. “Xorazm Chorvanasl” MChJ Urganch MTP MChJ avtosaroyida 6-aprel 6 24. “Gul Plyus” xususiy firmasi Urganch MTP MChJ avtosaroyida 7-aprel 3 25. “Maxmuda” fermer xoʻjaligi Urganch MTP MChJ avtosaroyida 8-aprel 6 26. “Urganch agro qurilish taʼmirlash” xususiy korxonasi Urganch MTP MChJ avtosaroyida 11-aprel 6 27. “Urganch transgaz” ShK Urganch qurilish montaj boshqarmasi Urganch MTP MChJ avtosaroyida 12-13-aprel Sentyabr 42 28. “Urganchtransgaz” ShKning ishlab chiqarish texnik butlash va taʼminot boshqarmasi Urganch MTP MChJ avtosaroyida 14-15-aprel Sentyabr 53 29. “Azur kompakt servis” MChJ Urganch MTP MChJ avtosaroyida 18-aprel 4 30. MK “Vatanparvar” tashkilotining Urganch tuman oʻquv sport texnika klubi Urganch MTP MChJ avtosaroyida 19-aprel 12 31. Viloyat silga qarshi kurashish dispanseri Urganch MTP MChJ avtosaroyida 20-aprel 1 32. “Janubgazyoʻlquruvchi” UK Urganch MTP MChJ avtosaroyida 21-22-aprel Sentyabr 44 33. Raxima-Shaxloxon xususiy korxonasi Urganch MTP MChJ avtosaroyida 25-aprel 4 34. “Xorazm parranda taʼminot” MChJ Urganch MTP MChJ avtosaroyida 26-aprel 3 35. “Odil-Matyakub” kichik korxonasi Urganch MTP MChJ avtosaroyida 27aprel 2 36. “Rustam oʻgʻli Umidbek” fermer xoʻjaligi Urganch MTP MChJ avtosaroyida 28-aprel 1 37. “Feruzbek-Oʻtkirbek” x/f Urganch MTP MChJ avtosaroyida 29-aprel 1 38. “Roʻzimboy-Yoʻldosh” fermer xoʻjaligi Urganch MTP MChJ avtosaroyida 2-may 1 39. “Urganch-Servis Gaz” MChJ Urganch MTP MChJ avtosaroyida 3-may 1 40. “Xarrot” fermer xoʻjaligi Urganch MTP MChJ avtosaroyida 4-may 3 41. “Oʻktam” fermer xoʻjaligi Urganch MTP MChJ avtosaroyida 5-may 1 42. “Urganch savdo” shoʻba korxonasi Urganch MTP MChJ avtosaroyida 6-may 1 43. “Qalandar Sapayev” fermer xoʻjaligi Urganch MTP MChJ avtosaroyida 10-may 3 44. “Yoʻldosh” fermer xoʻjaligi Urganch MTP MChJ avtosaroyida 11-may 2 45. “Y. Masharipov” fermer xoʻjaligi Urganch MTP MChJ avtosaroyida 12-may 2 46. “Umidbek Umrbek” xususiy korxonasi Urganch MTP MChJ avtosaroyida 13-may 2 47. “Taʼmir oʻlchagich” x/f Urganch MTP MChJ avtosaroyida 14-may 3 48. Respublika ixtisoslashgan kardiologiya markazi Xorazm filiali Urganch MTP MChJ avtosaroyida 16-may 2 49. “Oybek ovchi” fermer xoʻjaligi Urganch MTP MChJ avtosaroyida 17-may 2 50. Xalq banki Qorovul boʻlimi Urganch MTP MChJ avtosaroyida 18-may 5 51. “Navroʻz” ICh tijorat firmasi Urganch MTP MChJ avtosaroyida 19-may 3 52. “Mavlon bobo” fermer xoʻjaligi Urganch MTP MChJ avtosaroyida 20-may 2 53. “Soliy” fermer xoʻjaligi Urganch MTP MChJ avtosaroyida 21-may 2 54. Yuqoribogʻ qishlogʻidagi oilaviy bolalar uyi Urganch MTP MChJ avtosaroyida 24 amay 2 55. “Ollabergan usta Raxmon” x/f Urganch MTP MChJ avtosaroyida 25-may 2 56. “Odilbek-Bekzod” x/f Urganch MTP MChJ avtosaroyida 26-may 2 57. “Kamolot iqboli” x/f Urganch MTP MChJ avtosaroyida 27-may 1 58. “Maxmud” xususiy korxonasi Urganch MTP MChJ avtosaroyida 28-may 1 59. “Xorazm oziq-ovqat mollari” MChJ Urganch MTP MChJ avtosaroyida 1-iyun 4 60. “Osiyo asali” fermer xoʻjaligi Urganch MTP MChJ avtosaroyida 2-iyun 1 61. Boshqa kichik korxonalari Urganch MTP MChJ avtosaroyida 3-iyun 12 62. Boshqa fermer xoʻjaliklari Urganch MTP MChJ avtosaroyida 4-iyun 18 63. “Frunze Avto” MChJ Urganch MTP MChJ avtosaroyida 6-iyun 64. “Real Yogʻdu” MChJ Urganch MTP MChJ avtosaroyida 6-iyun 65. “Urganch Taksi Fortuna” MChJ Urganch MTP MChJ avtosaroyida 6-iyun 66. “BAXT QUShI AVTO BIZNES” MChJ Urganch MTP MChJ avtosaroyida 7-iyun 67. “URGANCh LAZIZ TRANS” MChJ Urganch MTP MChJ avtosaroyida 7-iyun 68. “YuKSAK TRANS” MChJ Urganch MTP MChJ avtosaroyida 7-iyun 69. “QOROUL AVTO LYUKS” MChJ Urganch MTP MChJ avtosaroyida 8-iyun 70. “SIRLI VODIY” MChJ Urganch MTP MChJ avtosaroyida 8-iyun 71. “XORAZM SAVDO LYUKS” MChJ Urganch MTP MChJ avtosaroyida 8-iyun
