“Yuridik shaxslarning bojxona tashuvchisi sifatidagi faoliyati ustidan nazorat olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (2555-1-son)
07.06.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 7-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2555-1]
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining 2013-yil 10-dekabrdagi 01-02/12-31, 15-son “Yuridik shaxslarning bojxona tashuvchisi sifatidagi faoliyati ustidan nazorat olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2555, 2014-yil 13-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 3-son, 36-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2016-yil 4-may,
01-02/12-43-son
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻi V. ISMAILOV
Toshkent sh.,
2016-yil 4-may,
43-son
