Tuman iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida (595-son)
25.09.2015
Jizzax viloyati Mirzachoʻl tumani hokimining
QarorI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 7-iyuldagi PQ-2367-son “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va viloyat hokimining 2015-yil 29-avgustdagi 240-son qarori ijrosini taʼminlash hamda tumanda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga oʻz vaqtida va sifatli tayyorlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 7-iyuldagi PQ-2367-son qarori va viloyat hokimining 2015-yil 29-avgustdagi 240-son qarori ijro uchun qabul qilinsin.
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, 2015-yil 13-aprelda tuman hokimining oʻrinbosarlari (A. Aqboʻtayev, A. Raimqulov) rahbarligida ikkita ishchi guruhi quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha tuzildi:
koʻp qavatli uy-joy fondini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, umumiy foydalanish hududlarini tartibga keltirish, mahallalar hududida sanitariya holatini taʼminlash, obodonlashtirish ishlarini tashkil etish va asosiy turdagi yoqilgʻi-energetika resurslarini oʻz vaqtida yetarli miqdorda yetkazib berish, elektr, issiqlik, tabiiy gaz taʼminoti obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini tashkil etish boʻyicha ishchi guruhi (A. Aqboʻtayev);
ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumida barqaror ishlashga tayyorlash, talab darajasidagi sanitariya holatini taʼminlash va obodonlashtirish ishlarini tashkil etish boʻyicha ishchi guruhi (A. Raimqulov).
3. Quyidagilar:
tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar 1-ilovaga muvofiq;
asosiy muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik uskunalarni, shuningdek ijtimoiy soha obyektlarini hududlar boʻyicha 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda mukammal va joriy taʼmirlash topshiriqlari 2, 3 va 4-ilovalarga muvofiq;
2015/2016-yillar kuz-qish davri uchun koʻmir, mazut va texnik tuz jamgʻarish, shuningdek suyultirilgan gaz yetkazib berish boʻyicha topshiriqlar 5-ilovaga muvofiq;
tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni muvofiqlashtirish boʻyicha tuman komissiyasi tarkibi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni muvofiqlashtirish boʻyicha tuman komissiyasi:
kommunal soha tashkilotlari, qozonxonalar, koʻp xonadonli turar joy binolari, maktabgacha tarbiya muassasalari hamda boshqa ijtimoiy soha obyektlarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha joylardagi ishlarning ahvolini tanqidiy oʻrganib chiqsin;
oʻrganib chiqish natijalari boʻyicha tuman iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy soha muassasalarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash va taʼminlash boʻyicha ushbu qaror bilan tasdiqlangan tadbirlar va topshiriqlarni oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlasin.
5. Tuman tashkilotlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda korxonalari rahbarlari zimmasiga iqtisodiyot tarmoqlarining 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashini taʼminlashga yoʻnaltirilgan tadbirlar va ishlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
6. Tuman ishchi guruhi (A. Aqboʻtayev, A. Raymqulov) qishloq va mahalla fuqarolari yigʻinlari raislari bilan birgalikda aholi xonadonlariga koʻmir yoqilgʻisi va oʻtin bilan ishlaydigan qozonlarni oʻrnatish boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borsin.
7. Tijorat banklari rahbarlariga — uy-joy fondini kuz-qish mavsumiga tayyorlash uchun kredit mablagʻlarini ajratish, ajratilgan kredit mablagʻlarining maqsadli ishlatilishi boʻyicha monitoring olib borish, hududlarga biriktirilgan bank xodimlari tomonidan joylarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishda amaliy yordam berish tavsiya etilsin.
8. “Mirzachoʻl ovozi” gazetasi (A. Qoʻshboyev) mazkur qarorni ijrosi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni yoritib borsin.
9. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2014-yil 18-iyuldagi 410-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosarlari A. Aqboʻtayev va A. Raimqulov zimmasiga yuklansin.
11. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim M. BOBOBEKOV
Mirzachoʻl t,
2015-yil 25-sentabr,
595-son
Tuman hokimining 2015-yil 25-sentabrdagi 595-sonli qaroriga 1-ILOVA
Tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2015-2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash boʻyicha
chora-tadbirlar
Tuman hokimining 2015-yil 25-sentabrdagi 595-sonli qaroriga 2-ILOVA
Asosiy muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik uskunalarni 2015-2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda mukammal taʼmirlash boʻyicha
topshiriq
Tuman hokimining 2015-yil 25-sentabrdagi 595-sonli qaroriga 3-ILOVA
Asosiy muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik uskunalarni 2015-2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda joriy taʼmirlash boʻyicha
TOPShIRIQ
Tuman hokimining 2015-yil 25-sentabrdagi 595-sonli qaroriga 4-ILOVA
Ijtimoiy soha obyektlarini 2015-2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda mukammal va joriy taʼmirlash boʻyicha
TOPShIRIQ
Tuman hokimining 2015-yil 25-sentabrdagi 595-sonli qaroriga 5-ILOVA
2015-2016-yillar kuz-qish davri uchun koʻmir, mazut va texnik tuz jamgʻarish, shuningdek suyultirilgan gaz yetkazib berish boʻyicha
TOPShIRIQ
Tuman hokimining 2015-yil 25-sentabrdagi 595-sonli qaroriga 6-ILOVA
Tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni muvofiqlashtirish boʻyicha tuman komissiyasi
TARKIBI
Izoh: komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning oʻrniga yangi tayinlangan yoki vazifasini bajaruvchi shaxslar komissiya aʼzosi hisoblanadi.
