Shovot tumanida qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (270-son)
30.01.2016
xorazm viloyati Shovot tumani hokimining
Qarori
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik xolatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 345-son (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 50-son, 559-modda) qaroriga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2013-yil 2-apreldagi 58-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom (2013-yil 25-aprel, roʻyxat raqami 2452, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-yil, 17-son, 229-modda) talablariga asosan, tuman hududidagi mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan va tuman qishloq xoʻjaligi texnikalari boʻyicha davlat inspektori tomonidan belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish maqsadida qaror qilaman:
1. Tumandagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini (keyingi oʻrinlarda matnda “texnika” deb yuritiladi) texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi tarkibi 1-ilovaga*;
* 1-ilova berilmaydi.
texnikalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va joriy yilning 1-fevralidan 1-iyunigacha texnik koʻrikdan oʻtkazilishini taʼminlansin.
2. Texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish jarayonida texnik koʻrikdan oʻtkazuvchi tuman komissiyasi:
texnikalarning soni, ularning mavjudligi va roʻyxatdan oʻtganligi;
texnikaning texnik pasporti va qishloq xoʻjaligi mashinasining guvohnomasida koʻrsatilgan maʼlumotlarda ularning turi, rusumi, zavod raqami, dvigatel va davlat raqamlari belgisining muvofiqligi;
texnikaning texnik holati va jihozlarining sozligini koʻrib chiqsin.
3. Texnikalar texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun eng kam oylik ish haqining:
traktorlar, traktor tirkamalari, meliorativ texnika va oʻziyurar mashinalarga — 0,18 foizi;
qishloq xoʻjalik mashinalarga — 0,10 foizi;
mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalariga — 0,37 foizi miqdorda yigʻim undirilsin.
4. Tuman qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha inspektori (A. Bobojonov) belgilangan tartibda roʻyxatdan yoki majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilmagan nosoz mashinalarni yoʻlga chiqarilishini oldini olish va ulardan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.
5. Mazkur qaror qabul qilinishi bilan tuman hokimining 2015-yil 23-yanvardagi 85-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Ushbu qaror Shovot tuman hokimining rasmiy nashri hisoblangan “Shovot istiqboli” gazetasida eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari O. Xolboyev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim T. UTAMURATOV
Shovot t.,
2016-yil 30-yanvar,
270-son
Tuman hokimining 2016-yil 30-yanvardagi 270-sonli qaroriga 2-ILOVA
Tumandagi MMTPlarda, fermer xoʻjaliklari hamda korxona, tashkilotlarda 2016-yil majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish
REJASI
T/r Texnikaning nomi Texnikaning rusumi Texnik koʻrikdan oʻtkazish muddati Texnik koʻrikdan oʻtkazish manzili Texnik koʻrikdan oʻtkazish sanasi 1. Qishloq xoʻjalik mashinalari SChX-4, KXU-4, ChK-3, ChKU-4, BZTS-1,0 2016-yil fevral oyida Shovot MTP MChJ 20-yanvardan — 10-fevralgacha 2. Haydov traktorlari va meliorativ texnikalar T-4A, TL-5060, VT-150, MXM-140, Arion-630s, TS-135, Magnum-8940 2016-yil fevral oyida K. Raximov MMTP 11-fevral 3. Haydov traktorlari va meliorativ texnikalar T-4A, VT-150, Arion-630s, 2016-yil fevral oyida O. Xidirov MMTP 12-fevral 4. Haydov traktorlari va meliorativ texnikalar T-4A, DT-75, YTO-s1402, TS-135 2016-yil fevral oyida K. Otaniyozov MMTP, Temiryoʻlobod ChPIK 13-fevral 5. Haydov traktorlari va meliorativ texnikalar T-4A, TS-135, VT-150, TT6070, 2016-yil fevral oyida Beruniy MMTP 15-fevral 6. Haydov traktorlari va meliorativ texnikalar T-4A, DT-75, T-150K, YTO-s1402, TS-135 2016-yil fevral oyida Guliston MMTP 16-fevral 7. Haydov traktorlari va meliorativ texnikalar T-4A, TS-135, Arion-630s, VT-150 2016-yil fevral oyida Mehnatobod MMTP, Shovot Jasmin MTP MChJ 17-fevral 8. Haydov traktorlari va meliorativ texnikalar DT-75, T-4A, YTO-s1402, TS-135, Arion-630s, TT6070, TT7060 2016-yil fevral oyida Monok boʻston MMTP 18-fevral 9. Haydov traktorlari va meliorativ texnikalar VT-150DE, MXM-140, T-4A 2016-yil fevral oyida Doʻstlik MMTP 19-fevral 10. Haydov traktorlari va meliorativ texnikalar T-4A, DT-75, T-150K, 2016-yil fevral oyida Qangʻli MMTP 20-fevral 11. Haydov traktorlari va meliorativ texnikalar T-4A, DT-75 2016-yil fevral oyida Maxtumquli MMTP 22-fevral 12. Haydov traktorlari va meliorativ texnikalar T-4A, DT-75, TS-6070, 2016-yil fevral oyida Shovot MMTP 23-fevral 13. Haydov traktorlari va meliorativ texnikalar TS-135 2016-yil fevral oyida Boʻston Amirqum MMTP 17-fevral 14. Haydov traktorlari va meliorativ texnikalar T-4A,VT-150, MXM-140, Arion-630s, TS-135, 2016-yil fevral oyida Sohibkor MMTP 24-fevral 15. Haydov traktorlari va meliorativ texnikalar T-4A 2016-yil fevral oyida Shovot PTOXJ 25-fevral 16. Haydov traktorlari va meliorativ texn�kalar Magnum-8940 2016-yil fevral oyida Shovot MTP MChJ 25-fevral 17. Haydov traktorlari va meliorativ texnikalar VT-150, TT7060 2016-yil fevral oyida Agratexservis MTP MChJ 25-fevral 18. Chopiq traktorlari MTZ-80X, T28X4MA, TTZ-80-11 2016-yil mart oyida K. Raximov MMTP 1-2-mart 19. Chopiq traktorlari T28X4MA, TTZ-80-11 2016-yil mart oyida O. Xidirov MMTP 3-4-mart 20. Chopiq traktorlari MTZ-80X, T28X4MA, TTZ-80-11, TTZ-60-11, 2016-yil mart oyida K. Otaniyozov MMTP, Temiryoʻlobod ChPIK 5 — 7-mart 21. Chopiq traktorlari T28X4MA, TTZ-80-11, MTZ-80X 2016-yil mart oyida Beruniy MMTP 8-9-mart 22. Chopiq traktorlari MTZ-80X, T28X4MA, TTZ-80-11 2016-yil mart oyida Guliston MMTP 10-11-mart 23. Chopiq traktorlari T28X4MA, MTZ-80, TTZ-80-11, TTZ-811 2016-yil mart oyida Mehnatobod MMTP, Shovot Jasmin MTP MChJ 12 — 14-mart 24. Chopiq traktorlari MTZ-80X, TTZ-100K, , TTZ-80-11, T28X4MA 2016-yil mart oyida Monok boʻston MMTP 15-16-mart 25. Chopiq traktorlari MTZ-80X, TTZ-100K, TTZ-80-11, T28X4MA 2016-yil mart oyida Doʻstlik MMTP 17-18-mart 26. Chopiq traktorlari MTZ-80X, TTZ-100K, TTZ-80-11, T28X4MA 2016-yil mart oyida Qangʻli MMTP 19 — 21-mart 27. Chopiq traktorlari MTZ-80X, TTZ-100K, TTZ-80-11, T28X4MA 2016-yil mart oyida Maxtumquli MMTP 22-23-mart 28. Chopiq traktorlari MTZ-80X, TTZ-80-11, T28X4MA 2016-yil mart oyida Shovot MMTP 3-4-mart 29. Chopiq traktorlari MTZ-80X, TTZ-80-11, T28X4MA 2016-yil mart oyida Boʻston Amirqum MMTP 12 — 14-mart 30. Chopiq traktorlari TTZ-80-11, MTZ-80X, T28X4MA 2016-yil mart oyida Sohibkor MMTP 24-25-mart 31. Chopiq traktorlari TTZ-80-11 2016-yil mart oyida Shovot PTOXJ 26-mart 32. Chopiq traktorlari TTZ-80-11 2016-yil mart oyida Shovot MTP MChJ 26-mart 33. Chopiq traktorlari TTZ-80-11, T28X4MA 2016-yil mart oyida “Qishloqxoʻjalikkimyo” Shovot filiali 27-mart 34. Chopiq traktorlari TTZ-80-11, T28X4MA 2016-yil mart oyida Oʻsimliklarni himoya qilish markazi 27-mart 35. Transport traktorlari va traktor tirkamalari MTZ-80, T28X4MS-1, 2PTS-4-793 2016-yil aprel oyida K. Raximov MMTP 1-2-aprel 36. Transport traktorlari va traktor tirkamalari T-40, TTZ-80-10, MTZ-80, T28X4MS-1, 2PTS-4-793 2016-yil aprel oyida O. Xidirov MMTP 4-5-aprel 37. Transport traktorlari va traktor tirkamalari MTZ-80, T28X4MS-1, 2PTS-4-793 2016-yil aprel oyida K. Otaniyozov MMTP, Temiryulobod ChPIK 6-7-aprel 38. Transport traktorlari va traktor tirkamalari T28X4MS-1, T-40, MTZ-80, T25, 2PTS-4-793, TTZ-80-10 2016-yil aprel oyida Beruniy MMTP 8-9-aprel 39. Transport traktorlari va traktor tirkamalari TTZ-80-10, MTZ-80, T28X4MS-1, 2PTS-4-793 2016-yil aprel oyida Guliston MMTP 11-12-aprel 40. Transport traktorlari va traktor tirkamalari TTZ-80-10, T-40, MTZ-80, T28X4MS-1, 2PTS-4-793 2016-yil aprel oyida Mehnatobod MMTP 13-14-aprel 41. Transport traktorlari va traktor tirkamalari MTZ-80, TTZ-80-10,T28X4MS-1, 2PTS-4-793 2016-yil aprel oyida Monok boʻston MMTP 15-16-aprel 42. Transport traktorlari va traktor tirkamalari MTZ-80, TTZ-80-10, 2PTS-4-793 2016-yil aprel oyida Doʻstlik MMTP 18-19-aprel 43. Transport traktorlari va traktor tirkamalari MTZ-80, TTZ-80-10, 2PTS-4-793 2016-yil aprel oyida Qangʻli MMTP 20-21-aprel 44. Transport traktorlari va traktor tirkamalari MTZ-80, TTZ-80-10, T28X4MS-1, 2PTS-4-793 2016-yil aprel oyida Maxtumquli MMTP 22-23-aprel 45. Transport traktorlari, tirkamalar, meliorativ texnikalar MTZ-80, TTZ-80-10, EO-2621, T28X4MAS-1, 2PTS-4-793 2016-yil aprel oyida Shovot MMTP 4-5-aprel 46. Transport traktorlari va traktor tirkamalari MTZ-80, TTZ-80-10,T28X4MS-1, 2PTS-4-793 2016-yil aprel oyida Boʻston Amirqum MMTP 13-14-aprel 47. Transport traktorlari va traktor tirkamalari MTZ-80, T-40, T28X4MS-1, 2PTS-4-793, TTZ-80-10 2016-yil aprel oyida Sohibkor MMTP 25-26-aprel 48. Transport traktorlari T-40A, T28X4MS-1, 2PTS-4-793 2016-yil aprel oyida Shovot PTOXJ 27-aprel 49. Traktor tirkamalari 2PTS-4-793 2016-yil aprel oyida Shovot MTP MChJ 26-mart 50. Transport traktorlari, traktor tirkamalari, yuklagichlar TTZ-80-10, 2PTS-4-793, TO-30 2016-yil aprel oyida “Qishloqxoʻjalikkimyo” Shovot filiali 27-aprel 51. Transport traktorlari TTZ-80-10, T-40 2016-yil aprel oyida ShovotDon AJ 27-aprel 52. Transport traktorlari, traktor tirkamalari TTZ-80-10, 2PTS-4-793 2016-yil aprel oyida Obodonlashtirish boshqarmasi 28-aprel 53. Transport traktorlari, meliorativ texnikalar, ekskavatorlar, gredyerlar, traktor tirkamalari EO-3211, DZ-143, 2PTS-4-793 2016-yil aprel oyida Xorazm Avtoyoʻl Shovot boʻlimi 28-aprel 54. Transport traktorlari T-40A ,T28X4MS-1 2016-yil aprel oyida Urganch Neftebazasi UK Shovot filial 28-aprel 55. Transport traktorlari, yuklagichlar, buldozyerlar, ekskavatorlar, traktor tirkamalari FT-600, Lonking LG-853 B, T-DZ-110 V, 2PTS-4-793 2016-yil aprel oyida Shovot maxsus Azim qurulish servis MChJ, Shovot Chorva Ozuqa servis MChJ, Dilshodgʻishtqurilish MChJ va boshqa MChJ.lar 29-aprel 56. Transport traktorlari, yuklagichlar, buldozyerlar, ekskavatorlar, traktor tirkamalari TTZ-80-10, 2PTS-4-793 2016-yil aprel oyida Kamronbek xus.firma, Matyusuf Solayev xususiy korxonasi va boshqa xususiy korxonalar 30-aprel 57. Yuqori unumli gʻalla oʻrish kombaynlari Keys-2166, Klaas Dominator-130, Klaas Mega-204, Sampo SR 2016-yil may oyida Shovot MTP MChJ 5-may 58. Rossiya gʻalla oʻrish kombaynlari Enisey-1200-1, SKD-6 2016-yil may oyida Hududlarda MMTP garajida 2-5-may 59. Sholi oʻrish kombaynlari Enisey-1200R, SKD-6R 2016-yil may oyida Hududlarda MMTP garajida 1 — 31-iyul
* Izoh: hududlardagi fermer xoʻjaliklari, hududdagi xususiy tadbirkorlar, xususiy korxona va firmalar, jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan qishloq xoʻjalik texnikalarini oʻz hududida yoki Shovot MTP MChJ traktor saroyida belgilangan tartibda yuqoridagi reja asosida texnik koʻrikka taqdim qiladilar.
