Viloyat iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida (240-son)
29.08.2015
Jizzax viloyati hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 7-iyuldagi “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2367-son qarori ijrosini taʼminlash hamda viloyat iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga oʻz vaqtida va sifatli tayyorlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 7-iyuldagi PQ-2367-son qarori ijro uchun qabul qilinsin.
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, 2015-yil 11-aprelda viloyat hokimining oʻrinbosarlari B. Soatov, R. Kenjayevlar rahbarligida ikkita ishchi guruhi quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha tuzildi:
koʻp qavatli uy-joy fondini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, umumiy foydalanish hududlarini tartibga keltirish, liftlarni soz holda saqlash, mahallalar hududida sanitariya holatini taʼminlash, obodonlashtirish ishlarini tashkil etish va asosiy turdagi yoqilgʻi-energetika resurslarini oʻz vaqtida yetarli miqdorda yetkazib berish, elektr, issiqlik, tabiiy gaz taʼminoti obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini tashkil etish boʻyicha ishchi guruhi (B. Soatov);
ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumida barqaror ishlashga tayyorlash, talab darajasidagi sanitariya holatini taʼminlash va obodonlashtirish ishlarini tashkil etish boʻyicha ishchi guruhi (R. Kenjayev).
2015/2016-yillar kuz-qish davrida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va uy-joy fondini barqaror faoliyat yuritishga tayyorlash uchun har bir ishchi guruhining aniq vazifalari belgilandi.
3. Quyidagilar:
viloyat iqtisodiyoti tarmoqlarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlar 1-ilovaga muvofiq;
asosiy muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik uskunalarni, shuningdek ijtimoiy soha obyektlarini hududlar boʻyicha 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda mukammal va joriy taʼmirlash topshiriqlari 2 — 4-ilovalarga muvofiq;
2015/2016-yillar kuz-qish davri uchun koʻmir, mazut va texnik tuz jamgʻarish, shuningdek suyultirilgan gazni hududlar boʻyicha yetkazib berish topshiriqlari 5-ilovaga muvofiq;
viloyat iqtisodiyoti tarmoqlarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha Viloyat komissiyasi tarkibi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Viloyat komissiyasi (B. Soatov, R. Kenjayev):
kommunal soha tashkilotlari, qozonxonalar, koʻp xonadonli turar-joy binolari, taʼlim muassasalari, sogʻliqni saqlash muassasalari hamda boshqa ijtimoiy soha obyektlarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha joylardagi ishlarning ahvolini tanqidiy oʻrganib chiqsin;
oʻrganib chiqish natijalari boʻyicha ushbu qaror bilan tasdiqlangan tadbirlarni amalga oshirish borasidagi tashkiliy chora-tadbirlar kompleksini, shuningdek viloyat iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy soha muassasalarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash va taʼminlash boʻyicha topshiriqlarni oʻz vaqtida amalga oshirsin.
5. Jizzax shahar va tumanlar hokimliklari shahar va tumanlar hokimlari rahbarligida aynan shunday hududiy komissiyalar tashkil etsin.
Jizzax shahar va tumanlar hokimlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek boshqa tashkilotlar rahbarlari zimmasiga 2015/2016-yillar kuz-qish davrida iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror faoliyat yuritishini taʼminlashga yoʻnaltirilgan tadbirlar va ishlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
6. Ushbu qarorning bajarilishi har chorakda viloyat hokimligining majlislarida tanqidiy koʻrib chiqilsin.
“Jizzax haqiqati” va “Djizakskaya pravda” gazetalari (B. Nazarov) mazkur qarorni gazetada chop egilishi va uning ijrosi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni yoritib borsin.
8. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan viloyat hokimining 2014-yil 3-iyuldagi 157-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Hokim S. ISMOILOV
Jizzax shahri,
2015-yil 29-avgust,
240-son
Viloyat hokimining 2015-yil 29-avgustdagi 240-sonli qaroriga 1-ILOVA
Viloyat iqtisodiyoti tarmoqlarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha
ChORA-TADBIRLAR
Viloyat hokimining 2015-yil 29-avgustdagi 240-sonli qaroriga 2-ILOVA
Asosiy muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik uskunalarni 2015-2016-yilga kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash va mukammal taʼmirlash boʻyicha
TOPShIRIQ
Viloyat hokimining 2015-yil 29-avgustdagi 240-sonli qaroriga 3-ILOVA
Asosiy muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik uskunalarni 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash va joriy taʼmirlash boʻyicha
TOPShIRIQ
Viloyat hokimining 2015-yil 29-avgustdagi 240-sonli qaroriga 4-ILOVA
Ijtimoiy soha obyektlarini hududlar boʻyicha 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda mukammal va joriy taʼmirlash boʻyicha
TOpShIRIQ
Viloyat hokimining 2015-yil 29-avgustdagi 240-sonli qaroriga 5-ILOVA
2015/2016-yillar kuz-qish davri uchun koʻmir, mazut va texnik tuz jamgʻarish, shuningdek suyultirilgan gazni hududlar boʻyicha yetkazib berish yuzasidan
TOPShIRIQ
Viloyat hokimining 2015-yil 29-avgustdagi 240-sonli qaroriga 6-ILOVA
Viloyat iqtisodiyoti tarmoqlarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha Viloyat komissiyasi
TARKIBI
Izoh: komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning oʻrniga yangi tayinlangan yoki vazifasini bajaruvchi shaxslar komissiya aʼzosi hisoblanadi.
