3-modda. Kasaba uyushmalarining mustaqilligi
Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida (638-XII-son) · Sana: 02.07.1992 · Amalda
Kasaba uyushmalari oʻz faoliyatida davlat organlaridan, xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, ish beruvchilardan va ularning birlashmalaridan, siyosiy partiyalardan hamda boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqildir, ular oldida hisobdor emas va ular tomonidan nazorat qilinmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Kasaba uyushmalarining faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Kasaba uyushmalari mustaqil ravishda oʻz ustavlarini ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar, uyushma tuzilishini belgilaydilar, rahbar idoralarini saylaydilar, oʻz faoliyatlarini tashkil etadilar, yigʻilishlar, konferensiyalar, plenumlar, qurultoylar oʻtkazadilar.
Kasaba uyushmalari oʻz ustavlarida belgilangan maqsadlarga va vazifalarga muvofiq ravishda boshqa mamlakatlarning kasaba uyushmalari bilan hamkorlik qilish, oʻz xohishiga koʻra xalqaro va boshqa kasaba uyushmalari birlashmalariga va tashkilotlariga kirish huquqiga egadirlar.
