Tumandagi transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (213-son)
16.02.2016
XORAZM VILOYATI Yangibozor tumani hokimining
QARORI
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda), “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 15-son, 197-modda) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi 54-son Qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 17-modda;) asosan tumandagi transport vositalarning 2016-yilda majburiy texnik koʻrigini tashkil qilish maqsadida qaror qilaman:
1. Yangibozor tuman Ichki ishlar boʻlimi Yoʻl harakati xavfsizligi guruhi (J. Najimov) zarur shart-sharoitlarga (texnik diagnostika uskunalariga, koʻtarish moslamalariga yoki qarab chiqish uchun chuqurchalarga, nazorat-oʻlchash asboblariga, asfalt yoki beton qoplangan bir tekis gorizontal maydonchaga) va malakali mutaxassislarga ega boʻlgan tashkilotlarda va texnika xizmati koʻrsatish stansiyalarida, tumandagi yuridik va jismoniy shaxslarga, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq majburiy texnik koʻrikdan (keyingi oʻrinlarda matnda “texnik koʻrik” deb yuritiladi) oʻtkazilishini taʼminlasinlar:
a) tumandagi yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-martdan 10-iyungacha;
b) tijorat asosida yoʻlovchi tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar bir yilda ikki marotaba (1-martdan 30-iyungacha va 1-sentabrdan 31-oktabrgacha);
v) jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-martdan 31-avgustgacha texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
Ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan transport vositalari ikki yilda bir marta texnik koʻrikdan oʻtkazilsin, mazkur bandning “b” kichik bandida qayd etilgan bir yilda ikki marta texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan transport vositalari bundan mustasno.
2. Tumanda transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun tuzilgan komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq, yuridik shaxslarga qarashli transport vositalarining 2016-yilgi majburiy texnik koʻrigini oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Texnik koʻrikdan oʻtkazuvchi tuman komissiyasi:
transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun (mototransport, tirkamalar va yarim tirkamalardan tashqari) eng kam oylik ish haqining oʻndan bir qismi miqdorida;
mototransport, tirkamalar, yarimtirkamalar texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun eng kam oylik ish haqining yigirmadan biri miqdorida yigʻim undirilsin.
Ushbu qarorning 1-bandi “b” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalari ikkinchi marta texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Birinchi (oldingi) texnik koʻrikda nosoz deb topilgan transport vositalari takroriy texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun belgilangan miqdorlarda yigʻim undiriladi.
4. Transport vositalarni texnik koʻrikka jalb qilishda YHXGga, tuman mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, qishloq fuqarolar yigʻini raislari jamoatchilik asosida amaliy yordam koʻrsatilishi tavsiya qilinsin.
5. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2015-yil 17-fevraldagi 177-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Tuman Ichki ishlar boʻlimi Yoʻl harakati xavfsizligi guruhi, transport vositalarning texnik koʻrigi natijalari boʻyicha tuman hokimligiga 2016-yil 10-noyabrgacha yozma axborot berish vazifasi topshirilsin.
7. Ushbu qaror Yangibozor tuman hokimligining rasmiy nashri hisoblangan “Yangibozor koʻzgusi” gazetasida eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari S.Matqurbanov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim v.b S. MATKURBANOV
Yangibozor t.,
2016-yil 16-fevral,
213-son
Tuman hokimining 2016-yil 16-fevraldagi 213-sonli qaroriga 1-ILOVA
2016-yil Texnika koʻrigini oʻtkazish boʻyicha komissiya
TARKIBI
Najimov Jurabek — komissiya raisi, tuman IIB YXXG katta inspektori AʼZOLARI: Matkurbanov Sanʼat — Tuman Xokimligi birinchi oʻrinbosari Ismailov Shuxrat — Tuman Mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimi boshligʻi Tajiboyev Shonazar — “Yangibozor - Avtokamalak” MChJ boshligʻi Nurmetov Maxmud — “Yangibozor - Avto Servis Gultoj” sex boshligʻi Yangibayev Xajiboy — Tuman Davlat Soliq inspeksiyasi xodimi Kurboshev Xudoyor — Davlat texnika nazorati insneksiyasi bosh inspektori Raximov Karim — Yangibozor tuman Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti raisi Kurbanov Olimboy — Agrosugʻurta boʻlimi mol-mulk va shaxs sugʻurtasi boʻyicha katta anderraiteri
Tuman hokimining 2016-yil 16-fevraldagi 213-sonli qaroriga 2-ILOVA
2016-yil Texnika koʻrigidan oʻtkazish
TARTIBI
T/r Korxona, tashkilot, MTP xususiy korxona va firma, fermyerlar uyushmalari nomi TV soni Texnik koʻrik oʻtkazish sanasi Texnik koʻrikdan oʻtadigan manzil birinchi ikkinchi 1. Xalq banki 2 05.03.2016-yil - “Gultoj Avtoservis” firmasi 2. Tuman hokimiyati 1 05.03.2016-yil - “Gultoj Avtoservis” firmasi 3. Moliya boʻlimi 1 05.03.2016-yil - “Gultoj Avtoservis” firmasi 4. Davlat Soliq inspeksiyasi 1 05.03.2016-yil - “Gultoj Avtoservis” firmasi 5. Sanoat kasb-hunar kolleji 3 05.03.2016-yil - “Gultoj Avtoservis” firmasi 6. Qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji 1 06.03.2016-yil - “Gultoj Avtoservis” firmasi 7. Uz.Keys servis qoʻshma korxona 5 06.03.2016-yil - “Gultoj Avtoservis” firmasi 8. Yaigibozor tuman Paxta tozalash Aksyadorlik jamiyati 5 06.03.2016-yil - “Gultoj Avtoservis” firmasi 9. Kishloq xoʻjalik kimyo 3 06.03.2016-yil - “Gultoj Avtoservis” firmasi 10. Xorazm-trans baholash MChJ 2 09.03.2016-yil - “Gultoj Avtoservis” firmasi 11. Xorazm turon servis 1 10.03.2016-yil - “Gultoj Avtoservis” firmasi 12. Yoʻl xoʻjaligi davlat karxonasi 4 10.03.2016-yil - “Gultoj Avtoservis” firmasi 13. Veterinariya boʻlimi 1 11.03.2016-yil - “Gultoj Avtoservis” firmasi 14. Madaniyat va sport ishlari boʻlimi 1 12.03.2016-yil - “Gultoj Avtoservis” firmasi 15. Yogʻdu firmasi 1 13.03.2016-yil - “Gultoj Avtoservis” firmasi 16. Ichki ishlar boʻlimi Yongʻin xavfsizligi boʻlimi 4 13.03.2016-yil - “Gultoj Avtoservis” firmasi 17. Istiqbol xususiy korxonasi 1 16.03.2016-yil - “Gultoj Avtoservis” firmasi 18. Obodonlashtirish boshqarmasi 7 17.03.2016-yil - “Gultoj Avtoservis” firmasi 19. Yangibozor Sharob savdo IBUK 2 18.03.2016-yil “Gultoj Avtoservis” firmasi 20. Bandlikka koʻmaklashish markazi 1 18.03.2016-yil - “Gultoj Avtoservis” firmasi 21. Gazlashtirish korxonasi 2 18.03.2016-yil 19.09.2016-yil “Gultoj Avtoservis” firmasi 22. Vatanparvar tashkiloti 13 19.03.2016-yil “Gultoj Avtoservis” firmasi 23. Sanitariya-epidemiyaologiya stansiyasi 3 19.0.3.2016-yil - “Gultoj Avtoservis” firmasi 24. Ollabergan bioservis laboratoriyasi 1 22.03.2016-yil - “Gultoj Avtoservis” firmasi 25. Markaziy kasalxona 8 23.03.2016-yil - “Gultoj Avtoservis” firmasi 26. Burxon chorva servis MChJ 3 24.03.2016-yil “Gultoj Avtoservis” firmasi 27. Oltinkoʻl optom MChJ 4 25.03.2016-yil - “ Gultoj Avtoservis” firmasi 28. Boʻzkalʼa-Yangibozor MTP 2 25.03.2016-yil - “Gultoj Avtoservis” firmasi 29. Yangibozor 9-son avtokorxona MChJ 10 26.03.2016-yil 27.09.2016-yil Yangibozor 9-son avtokorxona MChJ 30. Yangibozor tuman davlat maxsus suv qurilish unitar korxonasi 11 26.03.2016-yil - “Gultoj Avtoservis” firmasi 31. Visola Abrorbek MChJ 3 27.03.2016-yil - “Gultoj Avtoservis” firmasi 32. Kislorod Gaz MChJ 2 27.03.2016-yil - “Gultoj Avtoservis” firmasi 33. Elinza xususiy ishlab chiqarish va savdo firmasi 4 03.04.2016-yil - “Gultoj Avtoservis” firmasi 34. Orol fermer xoʻjaligi 2 03.04.2016-yil - “Gultoj Avtoservis” firmasi 35. Eshchan damar MChJ 10 04.04.2016 yil - “Gultoj Avtoservis” firmasi 36. Uygʻur kuruvchi MChJ 2 04.04.2016-yil - “Gultoj Avtoservis” firmasi 37. Qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi 1 04.04.2016-yil - “Gultoj Avtoservis” firmasi 38. Xususiy firma va korxonalar 185 6, 7, 8 , 9 , 10, 11-aprel 2016-yil - “Gultoj Avtoservis” firmasi 39. Dexqon fermer xoʻjaliklari 94 14, 15 , 16 , 17-aprel 2016-yil - “Gultoj Avtoservis” firmasi 40. Avtokamalak MChJ 12 18.04.2016-yil 19.10.2016-yil Yangibozor 9-son avtokorxona MChJ 41. Fuqarolarga tegishli boʻlgan avtomototransport vositalari 4982 03.01.2016-yildan 31.08.2016-yilgacha - “Gultoj Avtoservis” firmasi Jami 5404
