Yangibozor tumanida qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (212-son)
16.02.2016
Xorazm viloyati Yangibozor tumani hokimining
Qarori
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik xolatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 345-son (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 50-son, 559-modda) Qaroriga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2013-yil 2-apreldagi 58-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomi (2013-yil 25-aprel, roʻyxat raqami 2452, Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2013-yil 17-son, 229-modda) talablariga asosan tuman hududidagi mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan va tuman qishloq xoʻjaligi texnikalari boʻyicha davlat inspektori tomonidan belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish maqsadida qaror qilaman:
1. Tumandagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini (keyingi oʻrinlarda matnda “texnika” deb yuritiladi) texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi tarkibi 1-ilovaga;
texnikalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va joriy yilning 15-fevralidan 1-iyunigacha texnik koʻrikdan oʻtkazilishi taʼminlansin.
2. Texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish jarayonida texnik koʻrikdan oʻtkazuvchi tuman komissiyasi:
texnikalarning soni, ularning mavjudligi va roʻyxatdan oʻtganligi;
texnikaning texnik pasporti va qishloq xoʻjaligi mashinasining guvohnomasida koʻrsatilgan maʼlumotlarda ularning turi, rusumi, zavod raqami, dvigatel va davlat raqamlari belgisining muvofiqligi;
texnikaning texnik holati va jihozlarining sozligini koʻrib chiqsin.
3. Texnikalar texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun eng kam oylik ish haqining:
traktorlar, traktor tirkamalari, meliorativ texnika va oʻziyurar mashinalarga — 0,18 foizi;
qishloq xoʻjalik mashinalarga — 0,10 foizi;
mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalariga — 0,37 foizi miqdorda yigʻim undirilsin.
4. Tuman qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha inspektori (X. Qurbashev) belgilangan tartibda roʻyxatdan yoki majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilmagan nosoz mashinalarni yoʻlga chiqarilishini oldini olish va ulardan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.
5. Mazkur qaror qabul qilinishi bilan tuman hokimining 2015-yil 17-fevraldagi 176-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Ushbu qaror Yangibozor tuman hokimining rasmiy nashri hisoblangan “Yangibozor koʻzgusi” gazetasida eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Hokim v.b S. MATKURBANOV
Yangibozor t.,
2016-yil 16-fevral,
212-son
Tuman hokimining 2016-yil 16-fevraldagi 212-sonli qaroriga 1-ILOVA
2016-yil traktor va oʻzi yurar qishloq xoʻjalik texnikalarini texnika koʻrigi oʻtkazishi boʻyicha komissiyasi
TARKIBI
1. Kurbashev Xudoyor — Komissiya raisi; Qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha Tuman inspektori. AʼZOLARI: 2. Sh. Madaminov — Xorazm Turon Servis masʼuliyati cheklangan jamiyati raisi v.b. 3. T. Ibragimov — Qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi Hosiloti. 4. - — Texnik koʻrik oʻtkazilayotgan Mashina traktor parki raisi. Korxona-tashkilot va fermer xoʻjalik rahbarlari. 5. - — Texnik koʻrik oʻtkazilayotgan Mashina traktor parki, korxona va tashkilot bosh muhandisi.
Tuman hokimining 2016-yil 16-fevraldagi 212-sonli qaroriga 2-ILOVA
Tumandagi texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish
JADVALI
T/r Texnikaning nomi Texnika rusumi Texnik koʻrikdan oʻtkaziladigan soni Texnika koʻrikdan oʻtkazish manzili Texnika koʻrikdan oʻtkazish sanasi 1. Paxta ekish seyalka SXU-4 103 Xorazm Turon Servis MChJ 02-04.02.2016-yil 2. Kultivator KXU-4 200 Xorazm Turon Servis MChJ 04-07.02.2016-yil 3. Chizel kultivator ChKU 29 Xorazm Turon Servis MChJ 09.02.2016-yil 4. Tishli borano BZSS-10 527 Xorazm Turon Servis MChJ 10-11.02.2016-yil 5. Mola MV-4 165 Xorazm Turon Servis MChLS 12.02.2016-yil 6. Omochlar PLN-4-35 49 Xorazm Turon Servis MChJ 13.02.2016-yil 7. Yer tekislagich P-4 14 Xorazm Turon Servis MChJ 13.02.2016-yil 8. Purkagich OVX-bOO 25 Xorazm Turon Servis MChJ 13.02.2016-yil 9. Haydov traktori Magnum 8 Xorazm Turon Servis MChJ 14.02.2016-yil 10. Haydov traktori T-4a 47 Xorazm Turon Servis MChJ va hududlarda 17-18.02.2016-yil 11. Haydov traktori DT-75 20 Xorazm Turon Servis MChJ va hududlarda 17-18 02.2016-yil 12. Haydov traktori K-701 1 Xorazm Turon Servis MChJ va hududlarda 17-18.02.2016-yil 13. Haydov traktori T-150K 8 Xorazm Turon Servis MChJ va hududlarda 17-18.02.2016-yil 14. Haydov traktori VT-150 9 Xorazm Turon Servis MChJ va hududlarda 17-18.02.2016-yil 15. Haydov traktori YuTO-S-1402 8 Xorazm Turon Servis MChJ va hududlarda 19.02.2016-yil 16. Chopiq traktori MTZ-80X 97 Xorazm Turon Servis MChJ va hududlarda 02-10.03.2016-yil 17. Chopiq traktori T-28X4MA 186 Xorazm Turon Servis MChJ va hududlarda 11-16.03.2016-yil 18. Chopiq traktori TTZ-80-11 79 Xorazm Turon Servis MChJ va hududlarda 17-23.03.2016-yil 19. Chopiq traktori TTZ-YuOK-I 2 Xorazm Turon Servis MChJ va hududlarda 23-30.03.2016-yil 20. Chopiq traktori TTZ-60-11 7 Xorazm Turon Servis MChJ va hududlarda 23-30.03.2016-yil 21. Chopiq traktori Import 3 Xorazm Turon Servis MChJ va hududlarda 23-30.03.2016-yil 22. Transport traktori T-40 57 Xorazm Turon Servis MChJ va hududlarda 01-03.04.2016-yil 23. Transport traktori T-28x4MS 333 Xorazm Turon Servis MChJ va hududlarda 01-03.04.2016-y 24. Transport traktori YuMZ-6L 40 Xorazm Turon Servis MChJ va hududlarda 01-03.04.2016-yil 25. Transport traktori MTZ-80 146 Xorazm Turon Servis MChJ va hududlarda 01-03.04.2016-yil 26. Transport traktori MTZ-82 Xorazm Turon Servis MChJ va hududlarda 01- 03.04.2016-yil 27. Transport traktori TTZ-80-10 30 Xorazm Turon Servis MChJ va hududlarda 01-03.04.2016-yil 28. Buldozer T-130 0 Xorazm Turon Servis MChJ va hududlarda va hududlarda 01-03.04.2016-yil 29. Buldozer DT-75 11 Xorazm Turon Servis MChJ va hududlarda 01-03.04.2016-yil 30. Buldozer T-4A 21 Xorazm Turon Servis MChJ va hududlarda 01-03.04.2016-yil 31. Buldozer TU-160 Xorazm Turon Servis MChJ va hududlarda 01-03.04.2016-yil 32. Ekskavator E-321 1 Xorazm Turon Servis MChJ va hududlarda 01- 03.04.2016-yil 33. Ekskavator EO-4121 Xorazm Turon Servis MChJ va hududlarda 01-03.04.2016-yil 34. Ekskavator E-3211E 12 Yangibozor DUK va hududlarda 01- 03.04.2016-yil 35. Ekskavator EO-2621 15 Xorazm Turon Servis MChJ va hududlarda 01- 03.04.2016-yil 36. Ekskavator Xitoy 13 Yangibozor DUK va hududlarda 01- 03.04.2016-yil 37. Gʻalla kombaynlari Keys-2126 8 Xorazm Turon Servis MChJ va hududlarda 05.2016-yil 38. Gʻalla kombaynlari Klass Daminator-130 13 Xorazm Turon Servis MChJ va hududlarda 05.2016-yil 39. Gʻalla kombaynlari Tukano 1 Xorazm Turon Servis MChJ va hududlarda 05.2016-yil 40. Gʻalla kombaynlari Nʼyu-xolland 1 Xorazm Turon Servis MChJ va hududlarda 05.2016-yil 41. Gʻalla kombaynlari Enisey EN- 1200 1 Xorazm Turon Servis MChJ va hududlarda 05.2016-yil 42. Em-xashak kombayn KSK-100 0 Xorazm Turon Servis MChJ va hududlarda 43. Paxta terish mashinasi Keys-2022 2 Xorazm Turon Servis MChJ va hududlarda 07.2016-yil 44. Paxta terish mashinasi XNP-1,8 0 Xorazm Turon Servis MChJ va hududlarda 45. Traktor tirkama 2PTS-4-793 324 Xorazm Turon Servis MChJ va hududlarda 01-30.03.2016-yil
Izoh: Tumanda fuqarolarga tegishli boʻlgan traktorlar, traktor tirkamalar, yoʻl- qurilish va meliorativ texnika, oʻzi yurar mashinalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish hududlardagi MMTPlarda koʻrsatilgan muddatlarda amalga oshiriladi.
