Bogʻot tuman mahalliy budjetining 2016-yilgi asosiy parametrlari toʻgʻrisida (9-39-son)
08.01.2016
xorazm viloyati Xalq deputatlari Bogʻot tumani Kengashining
Qarori
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-I-son) 28, 99-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 22-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2455-sonli, Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashining 2015-yil 25-dekabrdagi “Xorazm viloyati mahalliy budjetining 2016-yilgi asosiy parametrlari toʻgʻrisida”gi 5-29-sonli hamda Xorazm viloyat hokimining 2016-yil 6-yanvardagi “Xorazm viloyatining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va mahalliy budjetining parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga asosan, xalq deputatlari Bogʻot tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 22-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2455-sonli, Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashining 2015-yil 25-dekabrdagi “Xorazm viloyati mahalliy budjetining 2016-yilgi asosiy parametrlari toʻgʻrisida”gi 5-29 sonli hamda Xorazm viloyat hokimining 2016-yil 6-yanvardagi “Xorazm viloyatining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va mahalliy budjetining parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Bogʻot tumani mahalliy budjeti 2016-yil asosiy koʻrsatkichlarining daromadlar qismi 36 751 200 (oʻttiz olti milliard yetti yuz ellik bir million ikki yuz) ming soʻm va tuman mahalliy budjetiga viloyat budjetidan ajratiladigan subvensiya 37 686 206 (oʻttiz yetti milliard olti yuz sakson olti million ikki yuz olti) ming soʻm miqdorida 1-ilovaga muvofiq hamda xarajatlar qismi 74 437 406 (yetmish toʻrt milliard toʻrt yuz oʻttiz yetti million toʻrt yuz olti) ming soʻm miqdorida 2-ilovaga muvofiq belgilanganligi maʼqullansin.
3. Bogʻot tuman hokimining oʻrinbosari S. Saidjonov, tuman Davlat soliq inspeksiyasi (D. Matkarimov) va tuman moliya boʻlimi (J. Roʻzmetov) bilan birgalikda tuman mahalliy budjeti daromadlar qismini soliq turlari boʻyicha belgilangan rejalarini oshirib bajarishni taʼminlasin.
4. Bogʻot tuman moliya boʻlimiga (J. Roʻzmetov):
2016-yilni “Sogʻlom ona va bola yili” deb eʼlon qilinishi munosabati bilan tuman mahalliy budjetining 2016-yil davomida mahalliy budjet xarajatlarini maqbullashtirish natijasida shakllanadigan qoʻshimcha manbalar hisobidan tuman ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur oʻzgarishlar kiritib borish;
budjetdan mablagʻ oluvchilarning budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanish asoslari mavjudligini muntazam tahlil qilib borish hamda budjet mablagʻlaridan saqlanish asoslari mavjud boʻlmagan, ajratilgan budjet mablagʻlarining natijadorligiga erishilmayotgan budjet muassasalarini qisqartirish yuzasidan tuman hokimligiga va viloyat Moliya bshqarmasiga muntazam ravishda taklif kiritish;
tuman mahalliy budjetining 2016-yil daromadlari va xarajatlarini tuman boʻyicha ishlab chiqib, belgilangan tartibda tasdiqlash uchun tuman hokimligiga taqdim qilish;
tuman mahalliy budjetining choraklar boʻyicha taqsimlanishini tasdiqlash huquqi berilsin hamda yilning har choragi boʻyicha moʻljallab qoʻyilgan makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning bajarilishi hamda mahalliy budjet ijrosi tahlili natijalari asosida mahalliy budjetning koʻrsatkichlariga zaruriyatga qarab aniqlik kiritib borish;
xalq deputatlari tuman Kengashiga mahalliy budjetning ijrosi toʻgʻrisida har chorakda axborot berib borish vazifasi yuklatilsin;
5. Bogʻot tuman hokimligi tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda budjet daromadlarining tasdiqlangan koʻrsatkichlari bajarilishini taʼminlasinlar, mintaqalarning soliq solish bazasi kengaytirilishi va moliyaviy salohiyati mustahkamlanishi yuzasidan zaruriy chora-tadbirlar koʻrsinlar, budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsinlar.
6. Mazkur qaror Bogʻot tuman hokimligining rasmiy nashri hisoblangan “Bogʻot sadosi” gazetasida eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari S. Saidjonov hamda xalq deputatlari Bogʻot tuman Kengashining mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasiga (Oʻ. Aminov) yuklatilsin.
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi R. BEKChANOV
Bogʻot t.,
2016-yil 8-yanvar,
9-39-son
Xalq deputatlari tuman Kengashining 2016-yil 8-yanvardagi 9-39-sonli qaroriga 1-ILOVA
2016-yil uchun Bogʻot tumani boʻyicha budjet daromadlarining reja
KOʻRSATKIChLARI
T/r Daromad turlari (ming soʻmda) 1. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi 159 000,0 2. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar 1 802 000,0 3. Yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar, shu jumladan kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha 3 275 000,0 4. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 8 100 000,0 5. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qatʼiy belgilangan daromad soligʻi 1 478 000,0 6. Qoʻshilgan qiymat soligʻi 4 500 000,0 7. Aksiz soligʻi, jami shu jumladan: aroq konyak tabiiy vino 8. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 693 000,0 9. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 1 681 000,0 10. Yer soligʻi (yagona yer soligʻidan tashqari) 3 746 400,0 11. Yagona e� soligʻi 1 267 000,0 13. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 16 000,0 15. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi 147 000,0 16. Davlat boji 2 103 000,0 17. Jarimalar 1 237 000,0 18. OʻzR IIV Yoʻl harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan undiriladigan yigʻimlar 2 763 000,0 19. Bozorlar daromadidan tushum 266 000,0 20. Yigʻimlar va boshqa soliqsiz daromadlar 480 000,0 21. Jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz isteʼmol qilganlik uchun soliq 2 778 800,0 22. Mahalliy soliqlar va yigʻimlar 259 000,0 Jami 36 751 200,0 23. Mahalliy budjetga viloyat budjetidan beriladigan subvensiya 37 686 206,0 Hammasi 74 437 406,0
Xalq deputatlari tuman Kengashining2016-yil 8-yanvardagi 9-39-sonli qaroriga 2-ILOVA
Bogʻot tuman mahalliy budjetining 2016-yilgi
ASOSIY KOʻRSATKIChLARI
Koʻrsatkichlar (ming soʻmda) I. Xarajatlar — jami 74 437 406,0 1. Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga xarajatlar — jami 68 674 888,0 jumladan: 1.1 Maorif 41 547 450,0 umumiy taʼlim 41 547 450,0 kadrlar tayyorlash 1.2 Sogʻliqni saqlash 18 558 387,0 1.3 Madaniyat va sport, ommaviy axborot vositalari 237 761,0 madaniyat va ommaviy axborot vositalari 231 761,0 sport 1.4 Fan 1.5 Ijtimoiy taʼminot 33 817,0 1.6 Bolali oilalarga va kam taʼminlangan oilalarga nafaqalar 8 297 473,0 2. Iqtisodiyotga xarajatlar 2 789 065,0 jumladan: 2.1 Qishloq xoʻjaligi vazirligi tashkilotlari 438 632,0 2.2 Obodonlashtirish 2 045 196,0 2.3 Kommundrenaj 305 237,0 3. Markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirishga xarajatlar 4. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini saqlash 792 582,0 5. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini saqlash 2 180 871,0
