Tumandagi transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (66-q-son)
26.01.2016
xorazm viloyati Bogʻot tumani hokimining
Qarori
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda), “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 15-son, 197-modda) Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 17-modda;) asosan, tumandagi transport vositalarning 2016-yilda majburiy texnik koʻrigini tashkil qilish maqsadida qaror qilaman:
1. Bogʻot tuman Ichki ishlar boʻlimi Yoʻl harakati xavfsizligi guruhi (J. Vaisov) zarur shart-sharoitlarga (texnik diagnostika uskunalariga, koʻtarish moslamalariga yoki qarab chiqish uchun chuqurchalarga, nazorat-oʻlchash asboblariga, asfalt yoki beton qoplangan bir tekis gorizontal maydonchaga) va malakali mutaxassislarga ega boʻlgan tashkilotlarda va texnika xizmati koʻrsatish stansiyalarida, tumandagi yuridik va jismoniy shaxslarga, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq majburiy texnik koʻrikdan (keyingi oʻrinlarda matnda “texnik koʻrik” deb yuritiladi) oʻtkazilishini taʼminlasinlar:
a) tumandagi yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-martdan 10-iyungacha;
b) tijorat asosida yoʻlovchi tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar bir yilda ikki marotaba (1-martdan 30-iyungacha va 1-sentabrdan 31-oktabrgacha);
v) jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-martdan 31-avgustgacha texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
Ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan transport vositalari ikki yilda bir marta texnik koʻrikdan oʻtkazilsin, mazkur bandning “b” kichik bandida qayd etilgan bir yilda ikki marta texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan transport vositalari bundan mustasno.
2. Tumanda transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun tuzilgan komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq, yuridik shaxslarga qarashli transport vositalarining 2015-yilgi majburiy texnik koʻrigini oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Texnik koʻrikdan oʻtkazuvchi tuman komissiyasi:
transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun (mototransport, tirkamalar va yarim tirkamalardan tashqari) eng kam oylik ish haqining oʻndan bir qismi miqdorida;
mototransport, tirkamalar, yarimtirkamalar texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun eng kam oylik ish haqining yigirmadan biri miqdorida yigʻim undirilsin.
Ushbu qarorning 1-bandi “b” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalari ikkinchi marta texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Birinchi (oldingi) texnik koʻrikda nosoz deb topilgan transport vositalari takroriy texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun belgilangan miqdorlarda yigʻim undiriladi.
4. Transport vositalarni texnik koʻrikka jalb qilishda YHXGga, tuman mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, qishloq fuqarolar yigʻini raislari, tuman Ichki ishlar boʻlimi xodimlari jamoatchilik asosida amaliy yordam koʻrsatilishi tavsiya qilinsin.
5. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2015-yil 29-yanvardagi 256-q-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Tuman Ichki ishlar boʻlimi Yoʻl harakati xavfsizligi guruhi, transport vositalarning texnik koʻrigi natijalari boʻyicha tuman hokimligiga 2015-yil 10-noyabrgacha yozma axborat berish vazifasi topshirilsin.
7. Ushbu qaror Bogʻot tuman hokimligining rasmiy nashri hisoblangan “Bogʻot sadosi” gazetasida eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari U. Matyaqubov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim R. BEKChANOV
Bogʻot t.,
2016-yil 26-yanvar,
66-q-son
Tuman hokimining 2016-yil 26-yanvardagi 66-q-sonli qaroriga 1-ILOVA
Tumanda texnik koʻrikni oʻtkazish uchun tuzilgan komissiya
TARKIBI
J. Vaisov — Tuman Ichki ishlar boʻlimi Yoʻl harakati xavfsizligi guruhi katta inspektori, katta serjant, komissiya raisi Komissiya aʼzolari: S. Axmedov — Tuman mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi M. Abdullayev — “Bogʻot Avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyati muhandisi R. Abdullayev — “Oʻzagrosugʻurta” davlat aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi tuman boʻlimi menedjeri U. Ibragimov — Xorazm viloyat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tuman inspektori B. Eshniyozov — “Oʻzavtodaryotrans” agentiligi Xorazm viloyat xududiy boʻlimi mutaxassisi
Tuman hokimining 2016-yil 26-yanvardagi 66-q-sonli qaroriga 2-ILOVA
Yuridik shaxslarga qarashli avtomototransport vositalari, tirkamalar va yarim tirkamalarning 2015-yilgi majburiy texnik koʻrigini oʻtkazish
GRAFIGI
T/r Korxona va tashkilotlar nomi Transport vositasi soni Texnik koʻrikdan oʻtkazish muddati Texnik koʻrik oʻtkazish joyi 1-bosqich 2-bosqich 1. Bogʻot tuman hokimligi 2 05.03.2015 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 2. Mudofaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Bogʻot boʻlimi 14 06.03.2015 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 3. Davlat tijorat “Xalq bank” Bogʻot boʻlimi 1 07.03.2015 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 4. Tuman bandlikka koʻmaklashuvchi va aholini ijtimoiy himoya qilish markazi 2 10.03.2015 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 5. Tuman elektr taʼminoti korxonasi 1 11.03.2015 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 6. Bogʻot “Elegant plyas” xususiy korxonasi 3 12.03.2015 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 7. “Bogʻot qishloq xoʻjalik” kasb-xunar kolleji 3 13.03.2015 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 8. “Xiva” chet el korxonasi 7 14.03.2015 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 9. Tuman davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazi 2 16.03.2015 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 10. Tuman yoʻl xoʻjaligi pudrat taʼmirlash foydalanish korxonasi 5 18.03.2015 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 11. “Shimolgaztaʼminot” unitar korxonasi “Bogʻottumangaz” filiali 6 19.03.2015 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 12. Toʻrazoda Botirbek xususiy korxonasi 11 20.03.2015 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 13. “Qishloqxoʻjalikkimyo” aksiyadorlik jamiyati Bogʻot boʻlimi 8 20.03.2015 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 14. Ilyosbek Sirojbek xususiy korxonasi 10 21.03.2015 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 15. Bogʻotdavmaxsussuvpudrat davlat unitar korxonasi 5 23.03.2015 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 16. Tuman tibbiyot birlashmasi 13 25.03.2015 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 17. Tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi, “Toshsoqa” irrigatsiya tizimi boshqarmasi 28 27.03.2015 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 18. “Bogʻot Don” ochiq aksiyadordlik jamiyati 4 02.04.2015 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 19. “Xudoybergan Xorazm Trans” MChJ 14 03.04.2015 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 20. Al Ulugʻ Trans MChJ 11 04.04.2015 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 21. Tuman ichki ishlar boʻlimi yongʻin xavfsizligi boʻlinmasi 5 06.04.2015 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 22. “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadordlik jamiyati 8 10.04.2015 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 23. Bogʻot tuman obodonlashtirish boshqarmasi 5 13.04.2015 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 24. “Bogʻot paxta tozalash” ochiq turdagi hissadorlik jamiyati 4 15.04.2015 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 25. “Bogʻot Ogohiy” muqobil mashina traktor parki 1 17.04.2015 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 26. “Bogʻot Oʻzbekiston” muqobil mashina traktor parki 5 18.04.2015 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 27. “Bogʻot Turkiston” muqobil mashina traktor parki 3 20.04.2015 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 28. “Qorayontoq Xorazm” muqobil mashina traktor parki DUK 6 21.04.2015 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 29. “Bogʻot A. Navoiy” muqobil mashina traktor parki 5 23.04.2015 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 30. “Bogʻot Gʻalaba” muqobil mashina traktor parki 1 24.04.2015 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 31. “Bogʻot Toshkent” muqobil mashina traktor parki 1 25.04.2015 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 32. “Bogʻot Zarbdor” muqobil mashina traktor parki 4 27.04.2015 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 33. “Bogʻot I. Doʻsov” muqobil mashina traktor parki 5 28.04.2015 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 34. “Bogʻot M. Quvoqov” muqobil mashina traktor parki 7 29.04.2015 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 35. “Tuproqqalʼaavtoxizmat” masʼuliyati cheklangan jamiyati 7 02.05.2015 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 36. Fermer xoʻjaliklari 35 04.05.2015 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 37. Xususiy firma va korxona 230 08.05.2015 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 38. “UFQ” xususiy korxonasi 3 11.05.2015 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 39. Bogʻot tuman K va SXB 2 12.05.2015 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 40. “Umidli chorva” masʼuliyati cheklangan jamiyati 1 13.05.2015 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 41. “Kottontex” masʼuliyati cheklangan jamiyati 4 14.05.2015 “Bogʻot avtoxizmat” ochiq aksiyadorlik jamiyatida
