Oʻzbekiston Respublikasining Mulkni baholash milliy standarti (11-son MBMS) “Xususiylashtirish maqsadida davlat uy-joy fondining qiymatini baholash”ga qoʻshimchalar kiritish haqida (2279-1-son)
01.06.2016
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 1-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2279-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi va 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2011-yil 19-sentabrdagi 01/19-18/06-son qarori (roʻyxat raqami 2279, 2011-yil, 19-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 42-son, 459-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Mulkni baholash milliy standarti (11-son MBMS) “Xususiylashtirish maqsadida davlat uy-joy fondining qiymatini baholash”ga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais D. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2016-yil 26-may,
01/27-26/37-son
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2016-yil 26-maydagi 01/27-26/37-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining Mulkni baholash milliy standarti (11-son MBMS) “Xususiylashtirish maqsadida davlat uy-joy fondining qiymatini baholash”ga kiritilayotgan qoʻshimchalar
1. 20-band “muhri bilan” degan soʻzlardan keyin “(muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. 33-band “muhri bilan” degan soʻzlardan keyin “(muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
3. Ilovaning 22-bandi “muhri” degan soʻzdan keyin “(muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
