Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari 2006-yilda oʻtkazadigan tadbirlar toʻgʻrisida (130-I-son)
11.01.2006
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari 2006-yilda oʻtkazadigan tadbirlar tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi oʻrinbosari F. MUHITDINOVA
Toshkent sh.,
2006-yil 11-yanvar,
130-I-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari 2006-yilda oʻtkazadigan
TADBIRLAR
Yilning birinchi choragi
“Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va iqtisodiy rivojlanish imkoniyatlari va vazifalari” mavzuida davra suhbati.
“Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga saylovning huquqiy asoslari” mavzuida davra suhbati.
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qonunchilik faoliyati” mavzuida davra suhbati (Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalari ishtirokida).
“Jamiyatni demokratlashtirish, isloh qilish hamda yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash” mavzuida konferensiya.
“Fermerlik harakatini yanada rivojlantirish – qishloq xoʻjaligini taraqqiy ettirish garovi: muammolar va ularni hal etish yoʻllari” mavzuida seminar.
Yilning ikkinchi choragi
“Iqtisodiy integratsiyani jadallashtirish sharoitida bojxona siyosatining qonunchilik bazasini yanada rivojlantirish va takomillashtirish masalalari” mavzuida davra suhbati.
“Notariat faoliyatini tashkil etish: nazariya va amaliyot” mavzuida davra suhbati.
“Fuqarolik burchi va harbiy qasamyod” mavzuida davra suhbati (Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining yosh harbiy xizmatchilari ishtirokida).
“Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida koʻp tomonlama mintaqaviy hamkorlik harakatlari va parlament hamkorligini chuqurlashtirish” mavzuida konferensiya (Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bilan hamkorlikda).
“Ommaviy bolalar sportini rivojlantirish – navqiron avlodning jismoniy va maʼnaviy sogʻlomligini shakllantirishning muhim sharti” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya.
“Homiylar va shifokorlar yili”da mamlakatimiz agrar sektori xodimlarining vazifalari hamda ularning huquqiy kafolatlari” mavzuida davra suhbati.
“Paxtachilik va gʻallachilikka ilgʻor texnologiyalarni joriy etish orqali qishloq xoʻjaligini modernizatsiyalash: muammolar va ularni hal etish yoʻllari” mavzuida konferensiya.
Yilning uchinchi choragi
“Xususiylashtirilgan korxonalar monitoringi hamda korporativ boshqaruvning normativ-huquqiy asoslari” mavzuida davra suhbati.
“Harbiy xizmat – davlat xizmatining alohida turi” mavzuida seminar.
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish hamda savdo-iqtisodiy va investitsiya munosabatlarining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish masalalari” mavzuida davra suhbati (Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi bilan birgalikda).
“Madaniy merosni asrab-avaylash – bizning fuqarolik burchimiz” mavzuida davra suhbati.
“Aydar-Arnasoy koʻllaridan samarali foydalanish – ekologik barqaror taraqqiyot garovi” mavzuida davra suhbati.
“Orolboʻyi mintaqasining buguni va kelajagi: muammolar va ularni hal etish yoʻllari” mavzuida Qoraqalpogʻiston Respublikasida sayyor seminar.
Yilning toʻrtinchi choragi
“Isteʼmol krediti va mikrokreditlash jarayonlarining qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish” mavzuida seminar.
“Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini sudlarga oʻtkazish: xalqaro tajriba va milliy qonun hujjatlari” mavzuida davra suhbati.
“Harbiy xizmatchining shaʼni, shon-sharafi va maʼnaviy qiyofasi” mavzuida davra suhbati (umumtaʼlim maktablari, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi oʻquv yurtlari oʻquvchilari ishtirokida).
“Yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish masalalari. Muammolar va ularni hal etish yoʻllari” mavzuida seminar.
“Chorvachilikni rivojlantirishda veterinariya hamda naslchilik ishlarining oʻrni va ahamiyati” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 1-son, 38-modda)
