Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlislarida 2007-yilda koʻrib chiqish uchun tavsiya etilayotgan masalalar toʻgʻrisida (288-I-son)
25.12.2006
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlislarida 2007-yilda koʻrib chiqish uchun tavsiya etilayotgan masalalar tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2006-yil 25-dekabr,
288-I-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlislarida 2007-yilda koʻrib chiqish uchun tavsiya etilayotgan masalalar
Yanvar
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2006-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti.
“Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Senatning va Senat qoʻmitalarining qarorlari ijro etilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorini bajarilishi haqida.
Fevral
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasining 2005-2006-yillardagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuratura organlarining 2006-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2006-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti.
Xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashining 2005-2006-yillardagi faoliyati tahlili.
Mart
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2006-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2006-yilgi hisoboti.
Aprel
“Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarni bajarish yuzasidan senatorlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar xususida qoʻmita raislarining hisoboti.
May
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasining 2005-2006-yillardagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti.
Iyun
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining chet ellik investorlar huquqlarini himoya qilish va tashqi iqtisodiy aloqalarni takomillashtirishga doir ishi toʻgʻrisida.
Iyul
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2004 — 2009-yillarda maktab taʼlimini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirishga doir ishi toʻgʻrisida.
Avgust
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasining 2005-2006-yillardagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti.
Sentyabr
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini takomillashtirishga doir 2007-2008-yillarga moʻljallangan Harakat dasturining bajarilishi toʻgʻrisida.
Oktyabr
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining 2005-2006-yillardagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti.
Noyabr
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashining 2005-2006-yillardagi faoliyati tahlili.
Dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining 2008-yilga moʻljallangan qonunchilik va nazorat faoliyati rejasi toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining 2008-yilga moʻljallangan tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlislarida 2008-yilda koʻrib chiqish uchun tavsiya etilayotgan masalalar toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2007-yildagi faoliyati toʻgʻrisida.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 12-son, 734-modda)
