Tuman hududidagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli avtomototransport vositalari va ularga tirkamalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (49-son)
20.01.2016
Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumani hokimining
Qarori
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 6, 25-moddalari, “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 15-son, 197-modda) 17-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 17-modda) muvofiq transport vositalarining 2015-yilda majburiy texnik koʻrigini tashkil qilish maqsadida qaror qilaman:
1. Tuman hududidagi mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli avtomototransport vositalari va ularga tirkamalar tegishli tartibda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2. Tumanda transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish quyidagi davriylikka muvofiq belgilansin:
a) tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar — bir yilda ikki marta;
b) ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan (ishlab chiqarilgan yili ham shu jumlaga kiradi) transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — ikki yilda bir marta;
v) ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga besh yildan ortiq boʻlgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — bir yilda bir marta;
g) tirkamalar koʻrikka transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda.
3. Mazkur qarorning 2-bandi “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalarining texnik koʻrigi:
birinchi marta — joriy yilning 1-martidan 30-iyungacha;
ikkinchi marta — joriy yilning 1-sentabridan 31-oktabrgacha oʻtkazilsin.
Yuridik shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi joriy yilning 1-martidan 30-iyungacha oʻtkazilsin.
Jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi joriy yilning 20-yanvaridan 31-avgustgacha oʻtkazilsin.
4. Tumanda texnik koʻrikni oʻtkazish uchun tuzilgan komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq, jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining 2016-yilgi majburiy texnik koʻrigini oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 54-sonli qarori 3-bandi talablaridan kelib chiqib, tuman mudofaa boʻlimi, ichki ishlar boʻlimi va Milliy xavfsizlik xizmati harbiy boʻlinmalari transport vositalari majburiy texnik koʻriklari oʻz yuqori tashkilotlarining qarori va ish rejasi asosida amalga oshirilishi nazarda tutilsin.
6. Majburiy texnik koʻrik davomida komissiya tarkibida ish olib boruvchi xodimlarning doimiy ish joylaridagi oylik ish haqlari saqlanib qolinsin.
7. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimi birinchi oʻrinbosari A. Mirzayev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim B. NURMATOV
Uchqoʻrgʻon sh.,
2016-yil 20-yanvar,
49-son
Tuman hokimining 2016-yil 20-yanvardagi 49-sonli qaroriga 1-ILOVA
Tumanda transport vositalari texnik koʻrigini oʻtkazishni tashkil etuvchi komissiya
TARKIBI
Komissiya raisi : A. Burxonov Uchqoʻrgʻon tuman ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi boʻlinmasi boshligʻi, serjant Komissiya kotibi : R. Mamadaliyev Uchqoʻrgʻon avtomotohavaskorlar jamiyati raisi Komissiya aʼzolari : A. Bekzamatov “Oʻzavtodaryotrans” agentligi Namangan viloyat hududiy boʻlimi sektor mudiri B. Jurayev Tuman texnika nazorati boʻlimi inspektori B. Sidikov “KAFOLAT” DASK Uchqoʻrgʻon tuman boʻlimi
Tuman hokimining 2016-yil 20-yanvardagi 49-sonli qaroriga 2-ILOVA
Tumandagi jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining 2016-yilgi majburiy texnik koʻrigini oʻtkazish
JADVALI
T/r Tashkilot, korxona, xoʻjalik va muassasalar nomi Texnik koʻrik oʻtkazish kunlari Texnik koʻrik oʻtkazish vaqti Texnik koʻrik oʻtkaziladigan joy Transportlar soni 1. “Uychi neft bazasi” unitar korxonasi Uchqoʻrgʻon filiali 14.03.2016-y. 9.00 — 16.00 Korxona avtogaraji 20 2. “Uchqoʻrgʻon-Yogʻ” hissadorlik jamiyati 16.03.2016-y. 10.00 — 15.00 Korxona avtogaraji 66 3. Uchqoʻrgʻon tuman “38-avtokorxona” hissadorlik jamiyati 17.03.2016-y. 10.00 — 15.00 Korxona avtogaraji 38 4. “Uchqoʻrgʻon paxta tozalash” hissadorlik jamiyati 18.03.2016-y. 15.00 — 18.00 Korxona avtogaraji 4 5. Uchqoʻrgʻon tuman “Pochta va aloqa” boʻlimi 19.03.2016-y. 9.00 — 16.00 Korxona avtogaraji 5 6. Mudofaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Uchqoʻrgʻon tuman kengashi 22.032016-y. 9.00 — 16.00 Korxona avtogaraji 20 7. Uchqoʻrgʻon tuman “Nihol” sihatgohi 23.03.2016-y. 9.00 — 17.00 Korxona avtogaraji 3 8. Uchqoʻrgʻon tuman xalq taʼlimi muassasalarini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi 24.03.2016-y. 9.00 — 18.00 Korxona avtogaraji 3 9. “Vodiygaztaʼminot” Uchqoʻrgʻon tumani filiali 25.03.2016-y. 10.00 — 17.00 Korxona avtogaraji 6 10. Tuman “Obodonlashtirish” boshqarmasi 26.03.2016-y. 9.00 — 18.00 Korxona avtogaraji 10 11. Uchqoʻrgʻon tuman “Yoʻl xoʻjaligi pudrat taʼminlash-foydalanish” korxonasi 27.03.2016-y. 10.00 — 18.00 Korxona avtogaraji 9 12. “Qishloqxoʻjalikkimyo” hissadorlik jamiyati Uchqoʻrgʻon filiali 28.03.2016-y. 9.00 — 17.00 Korxona avtogaraji 9 13. Uchqoʻrgʻon tuman “Tibbiyot birlashmasi” 29.03.2016-y. 9.00 — 18.00 Korxona avtogaraji 14 14. “Uchqoʻrgʻondonmahsulotlari” hissadorlik jamiyati 04.04.2016-y. 9.00 — 17.00 Korxona avtogaraji 17 15. Yangiyer qishloq xoʻjaligi kolleji 05.04.2016-y. 9.00 — 17.00 Kollej atogarajida 8 16. Uchqoʻrgʻon “Hayvonot” shifoxonasi 06.04.2016-y. 9.00 — 17.00 Korxona avtogaraji 2 17. Uchqoʻrgʻon tuman davlat sanitariya-epidemiologiya markazi 07.04.2016-y. 9.00 — 17.00 Korxona avtogaraji 2 18. “Qoʻgʻay taʼmirlash” MChJ 08.04.2016-y. 9.00 — 17.00 Korxona avtogaraji 1 19. Uchqoʻrgʻon tuman “Mashina-traktor parki” hissadorlik jamiyati 11.04.2016-y. 9.00 — 18.00 MMTP avtosaroyida 2 20. “Norin-Haqulobod” irrigatsiya tizimi 12.04.2016-y. 9.00 — 17.00 Korxona avtogaraji 8 21. “Oxunboboyev” muqobil MTP 13.04.2016-y. 9.00 — 17.00 MMTP avtosaroyida 1 22. “Qayqiobod” muqobil MTP 14.04.2016-y. 10.00 — 16.00 MMTP avtosaroyida 1 23. “Baxt mash servis” muqobil MTP 15.04.2016-y. 9.00 — 17.00 MMTP avtosaroyida 1 24. “Yashikobod” muqobil MTP 18.04.2016-y. 9.00 — 17.00 MMTP avtosaroyida 1 25. “Qoʻchqorota” muqobil MTP 19.04.2016-y. 9.00 — 18.00 MMTP avtosaroyida 1 26. “Oʻzbekiston” muqobil MTP 20.04.2016-y. 9.00 — 17.00 MMTP avtosaroyida 1 27. “Qoʻgʻay” muqobil MTP 21.04.2016-y. 9.00 — 17.00 MMTP avtosaroyida 1 28. “Ulugʻbek” muqobil MTP 22.04.2016-y. 10.00 — 16.00 MMTP avtosaroyida 1 29. “Yangiobod” muqobil MTP 25.04.2016-y. 9.00 — 17.00 MMTP avtosaroyida 1 30. Qoʻgʻay qishloq xoʻjalik kolleji 26.04.2016-y. 9.00 — 17.00 Kollej atogarajida 1 31. Uchqoʻrgʻon tuman elektr tarmoqlari 27.04.2016-y. 9.00 — 17.00 Korxona avtogaraji 7 32. Tuman hududidagi fermer xoʻjaliklari 28.29 — 04.2016-y. 9.00 — 17.00 Tuman YHXB hovlisida 55 33. Tuman hududidagi xususiy korxonalar 02.03 — 05.2016-y. 9.00 — 17.00 Tuman YHXB hovlisida 23 34. Tumandagi yoʻlovchi tashuvchi uyushmalar 04.05.06.07.10.11 — 05.2016-y. 10.00 — 16.00 Tuman YHXB hovlisida 125
