Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida (163-I-son)
04.04.2006
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasi, “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasi va “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasida belgilangan fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari vakolat muddati 2006-yil may-iyun oylarida tugashi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari 2006-yil may-iyun oylarida fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi tashkil etilishi hamda oʻtkazilishini taʼminlasin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasi (bundan buyon matnda Kengash komissiyasi deb yuritiladi) tarkibi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga doir tadbirlar rejasi tasdiqlansin (1 va 2-ilovalar).
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyalar tuzsin.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyalar tarkibiga “Mahalla” jamgʻarmasi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi va “Kamolot” ijtimoiy harakatining hududiy boʻlinmalari vakillarini kiritish;
fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyalarga fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish uchun tuzilgan ishchi guruhlari faoliyatini muvofiqlashtirishni taʼminlash;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, tuman va shahar hokimlariga fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish borasida fuqarolar yigʻinlariga koʻmaklashish, zarur hollarda ularni binolar, transport va aloqa vositalari bilan taʼminlash;
davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlari orasidan saylangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlariga oʻz saylov okruglarida saylovoldi tadbirlarini tashkil etishda faol qatnashish;
ommaviy axborot vositalariga fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etishning borishi va oʻtkazilishini keng yoritib borish tavsiya etilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Devoni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida doimiy asosda ishlovchi senatorlarning fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatish uchun joylarga chiqishlarini tashkil etsin.
6. Kengash komissiyasi oʻtkazilgan fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisidagi axborotni umumlashtirsin va 2006-yil 15-iyuliga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashiga axborot bersin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2006-yil 4-aprel,
163-I-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2006-yil 4-apreldagi 163-I-sonli qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasi
TARKIBI
Komissiya raisi 1. Rajabova Mavjuda Abdullayevna — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi Komissiya raisining oʻrinbosarlari 2. Qosimov Rustam Sobirovich — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari 3. Inomova Svetlana Tursunovna — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Komissiya aʼzolari 4. Boqiboyev Erkin Joʻrayevich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi, Oʻzbekiston faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi raisi 5. Ubaydullayev Botir Husanboyevich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi, Oʻzbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati raisi 6. Saidov Akmal Xolmatovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi raisi (kelishuvga muvofiq) 7. Abdullayev Ixtiyor Baxtiyorovich — Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining birinchi oʻrinbosari 8. Aʼzamov Quddus Aʼzamovich — Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazi rahbari 9. Gadayboyev Aʼzamjon Gadayboyevich — Respublika “Mahalla” xayriya jamgʻarmasi raisi 10. Jabborov Shuhrat Jabborovich — “Xalq soʻzi” gazetasi bosh muharriri oʻrinbosari 11. Saidov Azat Radjabovich — “Narodnoye slovo” gazetasi bosh muharriri oʻrinbosari 12. Boboyev Abdurahmon Boboyevich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Devoni Nazorat-axborot boʻlimi mudiri
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2006-yil 4-apreldagi 163-I-sonli qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yigʻini raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga doir
TADBIRLAR REJASI
T/r Tadbirning nomi Bajarish muddati Masʼullar 1 2 3 4 1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Qarorini matbuotda eʼlon qilish 2006-yil 5-aprelgacha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Devoni 2. Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyalarni tuzish 2006-yil 10-aprelgacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, tumanlar va shaharlar Kengashlari 3. Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhlarni tuzish 2006-yil 15-aprelgacha Shaharcha, qishloq va ovul hamda shahardagi, shaharchadagi, qishloqdagi va ovuldagi mahalla fuqarolar yigʻinlari 4. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining, “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi va “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari matnini broshyura shaklida oʻn ikki ming nusxada nashr etib, fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyalarga va ishchi guruhlariga joʻnatish 2006-yil 20-aprelgacha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasi 5. Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish masalalari boʻyicha ommaviy-axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani oʻtkazish 2006-yil 25-aprelgacha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasi 6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyalar va ishchi guruhlar aʼzolari, ommaviy axborot vositalari va boshqa tashkilotlar vakillari ishtirokida saylovni tashkil qilish masalalari boʻyicha amaliy seminarlar oʻtkazish 2006-yil 30-aprelgacha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasi 7. Saylovning borishini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish va “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni normalarini tushuntirish boʻyicha “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalarida maxsus ruknlar tashkil etish 2006-yil may-iyun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari 8. Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhlariga hovlilar, uylar, koʻchalar, mahallalar, mavzelar va dahalardan fuqarolar vakillarining yigʻilishlarini oʻtkazishga koʻmaklashish 2006-yil 15-maygacha Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi tuman va shahar komissiyalari 9. Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovining borishi toʻgʻrisida maʼlumot tayyorlash va uni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasiga taqdim etish 2006-yil 30-may, 15 va 30-iyun Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, tuman va shahar komissiyalari 10. Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari sayloviga yakun yasash hamda bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasiga maʼlumot taqdim etish 2006-yil 10-iyulgacha Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, tuman va shahar komissiyalari 11. Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi yakunlarini umumlashtirish va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashiga koʻrib chiqish uchun taqdim etish 2006-yil 15-iyulgacha Oliy Majlis Senati Kengashining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasi 12. Saylov yakuni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish 2006-yil 25-iyulgacha Oliy Majlis Senati Kengashining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasi
