Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining 2007-yilga moʻljallangan tadbirlari toʻgʻrisida (287-I-son)
25.12.2006
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining 2007-yilga moʻljallangan tadbirlari tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2006-yil 25-dekabr,
287-I-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari 2007-yilda oʻtkazadigan
TADBIRLAR
Yilning birinchi choragi
“Ipoteka munosabatlarini rivojlantirishning huquqiy va iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish yoʻllari” mavzusida davra suhbati.
“Fuqarolarning murojaatlariga doir ishlarni takomillashtirish masalalari” mavzusida davra suhbati.
“Terrorizm, diniy ekstremizm, separatizmga va giyohvandlik vositalarining noqonuniy savdosiga qarshi kurashish va ularning oldini olish muammolari” mavzusida davra suhbati.
“Parlament soʻrovi parlament nazoratining samarali shakllaridan biridir” degan mavzuda seminar-trening.
“Sogʻliqni saqlash sohasidagi islohotlarning ahvoli, muammolar va ularni hal etish yoʻllari” mavzusida davra suhbati.
“Davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishning samaradorligini oshirish – fermerchilikni rivojlantirishning muhim mezoni” mavzusida davra suhbati.
Yilning ikkinchi choragi
“Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatining qonunchilik asoslari: joriy holati va takomillashtirish istiqbollari” mavzusida seminar.
“Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining uy-joy-kommunal sohani isloh etishdagi oʻrni va roli” mavzusida seminar.
“Terrorizmga, diniy ekstremizmga va separatizmga qarshi kurashish – hozirgi davrning dolzarb vazifasi” mavzusida konferensiya.
“Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyati: iqtisodiy hamkorlik va tashqi iqtisodiy aloqalar normativ-huquqiy bazasining uygʻunlashuvi” mavzusida seminar.
“Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi iqtisodiy munosabatlarning asoslari” mavzusida konferensiya.
“Ipakchilik – qishloq xoʻjaligi iqtisodiyotining muhim tarmogʻi: muammolar va ularni hal etish yoʻllari” mavzusida seminar.
Yilning uchinchi choragi
“Tijorat banklarida joriy qilingan korporativ boshqaruv tizimining asosiy prinsiplari va bunday boshqaruv samaradorligini oshirish yoʻllari” mavzusida konferensiya.
“Jamiyatni demokratlashtirish va mamlakatni modernizatsiyalash jarayonida davlat boshqaruvi va sud-huquq tizimi islohotlari: amaliyot va samara” mavzusida konferensiya.
“Oʻzbekiston Respublikasini, uning hududiy yaxlitligi va mustaqilligini himoya qilish – Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining konstitutsiyaviy burchi” mavzusida davra suhbati.
“Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida kontrakt asosida harbiy xizmatni oʻtayotgan fuqarolarning ijtimoiy himoyasini nazarda tutuvchi normativ hujjatlarni takomillashtirish” mavzusida seminar.
“Chet ellik investorlar huquqlarini himoya qilish va tashqi iqtisodiy aloqalarni takomillashtirish masalalari” mavzusida konferensiya (Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi bilan birgalikda).
“Jamiyat hayotida, yoshlarni tarbiyalash va ularga maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni singdirishda kutubxonalarning roli” mavzusida davra suhbati.
“Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida ilmiy-ishlab chiqarish bazalarini rivojlantirish – muvaffaqiyat garovi” (Shreder nomli ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi va “Botanika” ilmiy-ishlab chiqarish markazlari misolida) mavzusida konferensiya.
Yilning toʻrtinchi choragi
“Ijtimoiy himoyani taʼminlashning moliyaviy mexanizmini yanada yaxshilashga qaratilgan huquqiy normalarni takomillashtirish” mavzusida seminar.
“Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini takomillashtirish masalalari” mavzusida seminar.
“Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni tashkil qilishdagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli davlat organlari bilan hamkorlikni kuchaytirish” mavzusida seminar.
“Buyuk ipak yoʻli” – Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirish imkoniyati va istiqbollari” mavzusida davra suhbati.
“Inson manfaatlarini taʼminlash, ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish – ustuvor vazifa” mavzusida seminar.
“Dehqon xoʻjaliklarini yanada rivojlantirish – qishloq aholisini ish bilan taʼminlash muammosini hal etishning muhim omili” mavzusida davra suhbati.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 12-son, 733-modda)
