“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2006-yilga moʻljallangan faoliyatining asosiy yoʻnalishlari”ga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (275-I-son)
16.05.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2006-yil 6-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oliy Majlis Senatining beshinchi yalpi majlisidagi hamda Vazirlar Mahkamasining 2005-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2006-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan majlisidagi maʼruzalaridan kelib chiqadigan vazifalari toʻgʻrisida”gi 237-I-sonli Qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2006-yil 31-yanvardagi 203-I-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2006-yilga moʻljallangan faoliyatining asosiy yoʻnalishlari”ga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin hamda ularning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri E. XALILOV
Toshkent sh.,
2006-yil 16-may,
275-I-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2006-yil 16-mayda qabul qilingan 275-I-sonli qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2006-yilga moʻljallangan faoliyatining asosiy yoʻnalishlari
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2006-yilgi faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 2005-yil 28-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisidagi, Oliy Majlis Senatining beshinchi yalpi majlisidagi hamda Vazirlar Mahkamasining 2005-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2006-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan majlisidagi maʼruzalaridan kelib chiqadigan vazifalar nuqtai nazaridan jamiyatni demokratik yangilash va mamlakat iqtisodiyotini erkinlashtirishning huquqiy asoslarini yaratishga qaratilgan.
I. Davlat qurilishi va boshqaruvi sohasi, qonun chiqaruvchi hokimiyatning roli va taʼsirini kuchaytirish sohasida
II. Sud-huquq tizimini isloh qilish va yanada erkinlashtirish sohasida
III. Ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada demokratlashtirish sohasida
IV. Tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy sohalarda
V. Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasida
VI. Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza sohalarida
I. Davlat qurilishi va boshqaruvi sohasi, qonun chiqaruvchi hokimiyatning roli va taʼsirini kuchaytirish sohasida 1. Qonunchilik faoliyati 1.1. Ishlab chiqiladigan qonunlar loyihalari T/r Qonun loyihasining nomi Bajarish muddati Masʼul qoʻmita 1 2 3 4 1. “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi (ikkinchi oʻqish). I chorak Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi 2. “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi asoslari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. II chorak Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi 3. “Davlat sirlarini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi (ikkinchi oʻqish). II chorak Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi 4. “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi (ikkinchi oʻqish). II chorak Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi 5. “Homiylik toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. II chorak Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi 6. “Davlat xizmati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. III chorak Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi 7. “Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. III chorak Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi 8. “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. III chorak Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi 9. “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. IV chorak Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi 10. “Qurol-yarogʻ toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. IV chorak Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi 11. “Harbiy xizmatchilarning maqomi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. IV chorak Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi 12. “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. IV chorak Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi 1.2. Yangi tahrirda kiritiladigan qonunlar loyihalari 1. Yangi tahrirdagi “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. II chorak Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi 2. Yangi tahrirdagi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. III chorak Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi 1.3. Amaldagi qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishga oid qonunlar loyihalari 1. “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi. II chorak Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi 2. “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi. II chorak Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi 3. “Mudofaa toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi. II chorak Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi 4. “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi. II chorak Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi 5. “Davlat sirlarini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi (ikkinchi oʻqish). II chorak Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi 6. “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi. IV chorak Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi 2. Nazorat-tahlil faoliyati 1. “Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi Qonunning Navoiy viloyatida ijro etilishi haqida. I chorak Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi 2. “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonunning Fargʻona viloyatida ijro etilishi haqida. I chorak Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi 3. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturining Fargʻona viloyatida ijro etilishi haqida. II chorak Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi 4. “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonunning Namangan viloyatida ijro etilishi haqida. II chorak Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi 5. “Jamoat fondlari toʻgʻrisida”gi Qonunning Surxondaryo viloyatida ijro etilishi haqida. II chorak Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi 6. “Mudofaa toʻgʻrisida”gi Qonunning Samarqand viloyatida ijro etilishi haqida. III chorak Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi 7. “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Qonunning Xorazm viloyatida ijro etilishi haqida. III chorak Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi 8. “Fuqaro muhofazasi toʻgʻrisida”gi Qonunning Sirdaryo viloyatida ijro etilishi haqida. IV chorak Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi 3. Tadbirlar T/r Tadbirning nomi Bajarish muddati Masʼul qoʻmita 3.1. Konferensiyalar 1. “Qonunchilik tashabbusi huquqini amalga oshirish: tajriba va muammolar” mavzusida konferensiya. I chorak Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi 2. “Homiylik faoliyatining huquqiy asoslari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. I chorak Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi 3. “Oʻzbekiston Respublikasida mudofaa toʻgʻrisidagi qonunchilikni rivojlantirishning asosiy bosqichlari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya. II chorak Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi 4. “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni rivojlantirish ahvoli va istiqbollari” mavzusida konferensiya (Xorazm viloyatida). II chorak Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi 5. “Oʻzbekiston Respublikasining milliy xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi qonunchilik tizimi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya. IV chorak Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi 3.2. Seminarlar 1. “Terrorizmga qarshi kurashish – hozirgi davrning dolzarb masalasi” mavzusida seminar (Navoiy viloyatida). I chorak Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi 2. “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining huquqiy kafolatlari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar (Fargʻona viloyatida). I chorak Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi 3. “Parlament va ombudsman: qoʻmitalar bilan hamkorlik amaliyoti” mavzusida seminar-trening. I chorak Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi 4. “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining nazorat-tahlil faoliyati – parlament nazoratining muhim yoʻnalishi” mavzusida seminar. II chorak Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi 5. “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va deputatlarining parlament soʻrovi huquqini roʻyobga chiqarish tartibi” mavzusida seminar. II chorak Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi 6. “Terrorizm, diniy ekstremizm va giyohvandlikka qarshi kurash – xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlashning muhim omili” mavzusida seminar (Namangan viloyatida). II chorak Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi 7. “Bola huquqlari toʻgʻrisidagi xalqaro standartlarning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga implementatsiya qilinishi” mavzusida ilmiy-amaliy seminar. II chorak Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi 8. “Mustaqil Vatanni himoya qilish – Oʻzbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir” mavzusida seminar. III chorak Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi 9. “Fuqarolik jamiyatini shakllantirishda ijtimoiy hamkorlik va ijtimoiy buyurtmaning ahamiyati” mavzusida respublika ilmiy-amaliy seminari. IV chorak Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi 3.3. Davra suhbatlari 1. “Oʻzbekiston Respublikasining mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan tashabbuslarining amaliy natijalari” mavzusida davra suhbati (Xorazm viloyatida). I chorak Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi 2. “Fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining huquqiy kafolatlari” mavzusida davra suhbati (Fargʻona viloyatida). I chorak Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi 3. “Oʻzbekiston Respublikasida homiylik faoliyatini amalga oshirishning huquqiy muammolari” mavzusida davra suhbati. I chorak Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi 4. “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga saylovning huquqiy asoslari” mavzusida davra suhbati (Oliy Majlis Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi bilan birgalikda). I chorak Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi 5. “Qonunlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish institutini rivojlantirish masalalari” mavzusida davra suhbati. II chorak Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi 6. “Terrorizm va uyushgan jinoyatchilik – milliy va xalqaro xavfsizlikka tahdiddir” mavzusida davra suhbati (Qashqadaryo viloyatida). II chorak Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi 7. “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi harakat qilish – globallashuv jarayonining dolzarb masalasi” mavzusida davra suhbati (Sirdaryo viloyatida). IV chorak Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi II. Sud-huquq tizimini isloh qilish va yanada erkinlashtirish sohasida 1. Qonunchilik faoliyati 1.1. Ishlab chiqiladigan qonunlar loyihalari T/r Qonun loyihasining nomi Bajarish muddati Masʼul qoʻmita 1 2 3 4 1. “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi (ikkinchi oʻqish). I chorak Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi 2. “Sudning xalq maslahatchilari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. IV chorak Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi 1.2. Yangi tahrirda kiritiladigan qonunlar loyihalari 1. Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi loyihasi. IV chorak Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi 1.3. Amaldagi qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishga oid qonunlar loyihalari 1. “Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi (ikkinchi oʻqish). II chorak Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi 2. “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi (ikkinchi oʻqish). II chorak Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi 3. “Oʻlim jazosi bekor qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi. II chorak Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi 4. “Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi sudlarga oʻtkazilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi. II chorak Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi 5. “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi (ikkinchi oʻqish). II chorak Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi 6. “Advokatning sudda ishtirok etishiga doir vakolatlari rasmiylashtirilishini nazarda tutuvchi normalar takomillashtirilishi munosabati bilan protsessual qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. III chorak Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi 7. “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga, Jinoyat-protsessual kodeksiga hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. III chorak Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi 8. “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi. IV chorak Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi 2. Nazorat-tahlil faoliyati 1. Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan shartli hukm qilishning jinoiy jazodan ozod qilish turi sifatida qoʻllanilishi samaradorligini oʻrganish. IV chorak Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi 3. Tadbirlar T/r Tadbirning nomi Bajarish muddati Masʼul qoʻmita 3.1. Davra suhbatlari 1. “Odil sudlovni amalga oshirishda xalq maslahatchilari institutini rivojlantirish” mavzusida davra suhbati. II chorak Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi 2. “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining yangi tahriri konsepsiyasi” mavzusida davra suhbati. III chorak Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi III. Ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada demokratlashtirish sohasida 1. Qonunchilik faoliyati 1.1. Ishlab chiqiladigan qonunlar loyihalari T/r Qonun loyihasining nomi Bajarish muddati Masʼul qoʻmita 1 2 3 4 1. “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi (ikkinchi oʻqish). II chorak Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi 2. “Davlat hokimiyati organlari faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish tartibi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi (ikkinchi oʻqish). II chorak Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi 3. “Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi iqtisodiy munosabatlarning asoslari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi (ikkinchi oʻqish). II chorak Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi 4. “Teleradio koʻrsatuvlari va eshittirishlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. II chorak Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi 5. “Jamoat televideniyesi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. III chorak Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi 6. “Kabel koʻrsatuvlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. III chorak Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi 1.2. Yangi tahrirda kiritiladigan qonunlar loyihalari 1. Yangi tahrirdagi “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. II chorak Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi 2. Yangi tahrirdagi “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. II chorak Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi 1.3. Amaldagi qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishga oid qonunlar loyihalari 1. “Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi. IV chorak Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi 2. “Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi. IV chorak Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi 2. Nazorat-tahlil faoliyati 1. “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Qonunning Jizzax viloyatida ijro etilishi haqida. I chorak Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi 2. “Radiochastota spektri toʻgʻrisida”gi Qonunning Samarqand viloyatida ijro etilishi haqida. II chorak Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi 3. “Aloqa toʻgʻrisida”gi Qonunning “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan ijro etilishi haqida. III chorak Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi 4. “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunning Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tomonidan ijro etilishi haqida. IV chorak Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi 3. Tadbirlar T/r Tadbirning nomi Bajarish muddati Masʼul qoʻmita 3.1. Konferensiyalar 1. “Jamiyatni axborotlashtirishning dolzarb muammolari va istiqbollari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya (Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan hamkorlikda). II chorak Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi 3.2. Seminarlar 1. “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining jamoatchilik bilan aloqalarini rivojlantirishda elektron ommaviy axborot vositalarining oʻrni” mavzusida seminar. I chorak Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi 2. “Qonun ijodkorligi jarayoniga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish istiqbollari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar. II chorak Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi 3.3. Davra suhbatlari 1. “2006-yilda Qoʻmita tomonidan tayyorlanayotgan ommaviy axborot vositalari sohasiga doir qonun hujjatlari konsepsiyasi haqida” mavzusida davra suhbati (oliy oʻquv yurtlari jurnalistika fakultetlari professor-oʻqituvchilari va talabalari ishtirokida). I chorak Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi 2. “Homiylar va shifokorlar yili mavzuyining ommaviy axborot vositalarida yoritilishi haqida” mavzusida davra suhbati. II chorak Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi IV. Tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy sohalarda 1. Qonunchilik faoliyati 1.1. Ishlab chiqiladigan qonunlar loyihalari T/r Qonun loyihasining nomi Bajarish muddati Masʼul qoʻmita 1. “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisida Shartnomani (Moskva, 2005-yil 14-noyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun loyihasi. I chorak Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi 2. “GOʻUOM ishtirokchi davlatlarning konsullik masalalari boʻyicha oʻzaro yordam koʻrsatish toʻgʻrisida Konvensiyani (Yalta, 2001-yil 7-iyul) denonsatsiya qilish haqida”gi qonun loyihasi. I chorak Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi 3. “Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 1-iyunda Jenevada Diplomatik konferensiya tomonidan qabul qilingan Patent huquqi toʻgʻrisidagi Shartnomaga qoʻshilishi haqida”gi qonun loyihasi. I chorak Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi 4. “Oʻzbekiston Respublikasining 1968-yil 8-oktabrda Lokarnoda imzolangan Sanoat namunalarining Xalqaro tasnifini taʼsis etish toʻgʻrisidagi Lokarno bitimiga qoʻshilishi haqida”gi qonun loyihasi. I chorak Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi 5. “Oʻzbekiston Respublikasining Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyatini taʼsis etish toʻgʻrisida 2000-yil 10-oktabrdagi Shartnomaga qoʻshilishi toʻgʻrisida Bayonnomani (Sankt-Peterburg, 2006-yil 25-yanvar) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun loyihasi. I chorak Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi 6. “Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyatini taʼsis etish toʻgʻrisida 2000-yil 10-oktabrdagi Shartnomaga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Bayonnomani (Sankt-Peterburg, 2006-yil 25-yanvar) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonun loyihasi. I chorak Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi 7. “Belgilarni xalqaro roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Madrid bitimini (Madrid, 1891-yil 14-aprel) denonsatsiya qilish haqida”gi qonun loyihasi. I chorak Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi 8. “Oʻzbekiston Respublikasining Belgilarni xalqaro roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Madrid bitimiga doir Bayonnomaga (Madrid, 1989-yil 27-iyun) qoʻshilishi haqida”gi qonun loyihasi. I chorak Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi 9. “Tashqi mehnat migratsiyasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. II chorak Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi 10. Xalqaro shartnomalar, bitimlar, konvensiyalar va bayonnomalarni ratifikatsiya va denonsatsiya qilish, shuningdek ularga qoʻshilish toʻgʻrisidagi qonunlar loyihalari. yil davomida Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi 1.2. Amaldagi qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishga oid qonunlar loyihalari 1. “Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatiya vakolatxonalari boshliqlarini tayinlash hamda chaqirib olish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi. II chorak Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi 2. “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi III chorak Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi 3. “Oʻzbekiston Respublikasining Konsullik ustaviga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi. IV chorak Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi 2. Nazorat-tahlil faoliyati 1. “Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisida”gi BMT Konvensiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasida ijro etilishi haqida. II chorak Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi 2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi bilan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlar oʻrtasida huquqiy yordam toʻgʻrisidagi shartnomalar borasida amalga oshirayotgan ishlari haqida. III chorak Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi 3. “Aholini Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlar hududida ishlab chiqarilayotgan dori vositalari, vaksinalar va boshqa immunobiologik dori-darmonlar, tibbiy ahamiyatdagi buyumlar va tibbiy texnika vositalari bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi Bitim”ning Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ijro etilishi haqida. IV chorak Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi 4. Fuqaroviy va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro pakt 22-moddasi 1-bandining (...assotsiatsiyalar tuzish, jumladan kasaba uyushmalari tashkil etish erkinligi va oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun shunday uyushmalarga kirish huquqi haqidagi) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ijro etilishi haqida. IV chorak Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi 3. Tadbirlar T/r Tadbirning nomi Bajarish muddati Masʼul qoʻmita 3.1. Konferensiyalar 1. “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro munosabatlarini milliy manfaatlarga muvofiq takomillashtirishda parlament faoliyatining va parlamentlararo aloqalarning oʻrni” mavzusida konferensiya. III chorak Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi 3.2. Seminarlar 1. “Xalqaro munosabatlarning ustuvor yoʻnalishlari va ularni amalga oshirishda parlamentning oʻrni” mavzusida seminar. I chorak Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi 2. “Yetim bolalar va ota-ona gʻamxoʻrligidan mahrum boʻlgan bolalarni xalqaro huquqning Oʻzbekiston qoʻshilgan hujjatlariga muvofiq muhofaza qilish hamda ijtimoiy jihatdan qoʻllab-quvatlashning normativ-huquqiy asoslarini takomillashtirish” mavzusida seminar. II chorak Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi 3. “Parlament faoliyatini rivojlantirish va parlamentlararo aloqalarni mustahkamlashning dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro seminar. IV chorak Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi 3.3. Davra suhbatlari 1. “Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 1-iyunda Jenevada Diplomatik konferensiya tomonidan qabul qilingan Patent huquqi toʻgʻrisidagi Shartnomaga qoʻshilishi haqida”gi hamda “Oʻzbekiston Respublikasining 1968-yil 8-oktabrda Lokarnoda imzolangan Sanoat namunalarining Xalqaro tasnifini taʼsis etish toʻgʻrisidagi Lokarno bitimiga qoʻshilishi haqida”gi qonunlar loyihalari muhokamasi boʻyicha davra suhbati. I chorak Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi 2. “Madaniy boyliklarni noqonuniy ravishda olib kelish, olib ketish va ularga boʻlgan egalik huquqini oʻzgaga berishni man etish hamda oldini olishga qaratilgan cho?a-tadbirlar toʻgʻrisidagi Konvensiya va milliy qonun hujjatlari” mavzusida davra suhbati. III chorak Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi 3. “Qiynoqlarga solishga va muomalada boʻlish va jazolashning boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni tahqirlovchi turlariga qarshi konvensiya boʻyicha milliy qonunchilikni takomillashtirish” mavzusida davra suhbati. IV chorak Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi V. Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasida 1. Qonunchilik faoliyati 1.1. Ishlab chiqiladigan qonunlar loyihalari T/r Qonun loyihasining nomi Bajarish muddati Masʼul qoʻmita 1 2 3 4 1. “Soliq maslahati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. II chorak Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 2. “Ipoteka toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi (ikkinchi oʻqish). II chorak Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi 3. “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi (ikkinchi oʻqish). II chorak Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi 4. “Uy-joy-kommunal xizmatlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. II chorak Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi 5. “Firma nomlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. II chorak Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi 6. “Davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. II chorak Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi 7. “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. III chorak Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 8. “Mikrokreditlar va mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi (uchinchi oʻqish). III chorak Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 9. “Mikromoliyalash toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. III chorak Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 10. “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. III chorak Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi 11. “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. IV chorak Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 12. “Davlat mulki toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. IV chorak Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 13. Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yilgi Davlat budjeti loyihasi. IV chorak Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 14. “Elektr energetikasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. IV chorak Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi 15. “Tuproq unumdorligi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. IV chorak Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi 1.2. Yangi tahrirda kiritiladigan qonunlar loyihalari 1. Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi loyihasi. IV chorak Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 2. Yangi tahrirdagi “Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. IV chorak Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi 1.3. Amaldagi qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishga oid qonunlar loyihalari 1. “Kredit uyushmalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi (ikkinchi oʻqish). I chorak Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 2. “Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishlar soni qisqartirilganligi hamda tekshirishlar tizimi takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi (ikkinchi oʻqish). I chorak Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 3. “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat berish tartib-taomillari turlari qisqartirilganligi hamda soddalashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi (ikkinchi oʻqish). I chorak Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 4. “Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. I chorak Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi 5. “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi. II chorak Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 6. “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi. II chorak Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 7. “Ipoteka toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi (ikkinchi oʻqish). II chorak Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi 8. “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi (ikkinchi oʻqish). II chorak Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi 9. “Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. II chorak Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi 10. “Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik, Uy-joy kodekslariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish hamda “Davlat uy-joy siyosatining asoslari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qonun loyihasi (ikkinchi oʻqish). II chorak Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi 11. “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyih?si. III chorak Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 12. “Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. III chorak Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 13. “Boj tarifi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi. III chorak Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 14. “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi. III chorak Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 15. “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi. III chorak Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi 16. “Tadbirkorlik faoliyatining erkinligi kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi. IV chorak Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 17. “Budjet tizimi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi. IV chorak Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 18. “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi. IV chorak Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 19. “Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi. IV chorak Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi 20. “Umumiy foydalanishdagi havo, temir yoʻl, ichki suv va avtomobil transporti yoʻlovchilarining majburiy davlat shaxsiy sugʻurtasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi. IV chorak Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi 2. Nazorat-tahlil faoliyati 1. “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning “Oʻzbekyengilsanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan ijro etilishi haqida. I chorak Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi 2. “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning Surxondaryo viloyatida ijro etilishi haqida. I chorak Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi 3. Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yilgi Davlat budjeti ijrosi toʻgʻrisida. II chorak Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2006-yil birinchi choragidagi ijrosi toʻgʻrisida. II chorak Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 5. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2005-yilgi hisoboti toʻgʻrisida. II chorak Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 6. Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasining 2005-yil 3-iyundagi “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining “Oʻzagromashservis” va “Oʻzbek ipagi” uyushmalari tomonidan ijro etilishi haqida”gi 04/1-1-sonli qarori ijrosi toʻgʻrisida. II chorak Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 7. Umumtaʼlim muassasalarini qurish va rekonstruksiya qilishga oid Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining Andijon viloyatida ijro etilishi haqida. II chorak Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi 8. “Energiyadan oqilona foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunning “Oʻzbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan ijro etilishi haqida. II chorak Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi 9. “Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi Qonunning Buxoro va Toshkent viloyatlarida ijro etilishi haqida. II chorak Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi 10. “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunning Fargʻona viloyatida ijro etilishi haqida. II chorak Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi 11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2006-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻgʻrisida. III chorak Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 12. “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning Buxoro viloyatida ijro etilishi haqida (Oliy Majlis Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi bilan hamkorlikda). III chorak Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 13. Oʻzbekiston Respublikasi Havo kodeksining (aeroportlarda yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishga oid qismining) “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi tomonidan ijro etilishi haqida. III chorak Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi 14. “Naslchilik toʻgʻrisida”gi Qonunning Qashqadaryo viloyatida ijro etilishi haqida. III chorak Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi 15. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2006-yil toʻqqiz oyidagi ijrosi toʻgʻrisida. IV chorak Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 16. “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunning Oʻzbekiston Respublikasi Tovar-xomashyo birjasi tomonidan hamda Fargʻona viloyatida ijro etilishi haqida. IV chorak Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 17. Kommunal sohani isloh qilishga oid Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining Xorazm viloyatida ijro etilishi haqida. IV chorak Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi 3. Tadbirlar T/r Tadbirning nomi Bajarish muddati Masʼul qoʻmita 3.1. Konferensiyalar 1. “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va realizatsiya qilish muammolari” mavzusida konferensiya. II chorak Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi 2. “Tuproq unumdorligini oshirish muammolari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya. III chorak Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi 3. “Janubiy Orolboʻyi mintaqasida biologik xilma-xillikni saqlab qolishning dolzarb muammolari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya. IV chorak Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi 3.2. Seminarlar 1. “Oʻz?yekiston Respublikasida soliq maslahatini tashkil etish va rivojlantirish masalalari” mavzusida seminar (Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Davlat soliq qoʻmitasi bilan hamkorlikda). I chorak Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 2. “Soliq tizimi islohoti va Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining yangi tahriri” mavzusida seminar (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda BMTning Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda). III chorak Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 3.3. Davra suhbatlari 1. “Mikrokreditlar berishni va mikrokredit tashkilotlari faoliyatining qonuniy asoslarini takomillashtirish” mavzusida davra suhbati. I chorak Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 2. “Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish istiqbollari: ijobiy va salbiy jihatlar. Mamlakatimiz qonun hujjatlarini xalqaro normalarga muvofiqlashtirish” mavzusida davra suhbati. I chorak Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi 3. “Kommunal sohada bozor munosabatlarini shakllantirishdagi muammolar va bu borada qonunchilikni takomillashtirish yoʻllari” mavzusida davra suhbati. II chorak Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi 4. Atrof muhitni muhofaza qilish umumjahon kuniga bagʻishlangan davra suhbati. II chorak Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi 5. Ozon qatlamini muhofaza qilish xalqaro kuniga bagʻishlangan davra suhbati. II chorak Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi 6. “Eksport nazoratini amalga oshirish masalalarini hal etish yoʻllari va xorijiy tajribaning qoʻllanilishi” mavzusida davra suhbati (Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda). III chorak Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 7. “Korxonalarda oʻzaro toʻlovlarni amalga oshirmaslik muammolari va ularni bartaraf etish yuzasidan qonun hujjatlarini takomillashtirish yoʻllari” mavzusida davra suhbati. III chorak Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi 8. “Oʻzbekiston Respublikasida sanoat siyosati va mazkur sohaga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish muammolari” mavzusida davra suhbati. IV chorak Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi VI. Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza sohalarida 1. Qonunchilik faoliyati 1.1. Ishlab chiqiladigan qonunlar loyihalari T/r Qonun loyihasining nomi Bajarish muddati Masʼul qoʻmita 1 2 3 4 1. “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi (ikkinchi oʻqish). I chorak Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi 2. “Tuzni yodlash toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. II chorak Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi 3. “Tibbiy faoliyat toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. III chorak Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi 4. “Ijtimoiy hamkorlik toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. IV chorak Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi 5. “Kutubxonachilik ishi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. IV chorak Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi 1.2. Amaldagi qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishga oid qonunlar loyihalari 1. “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi. II chorak Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi 2. “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi. II chorak Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi 3. “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi. II chorak Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi 4. “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi. III chorak Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi 5. “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi. III chorak Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi 6. “Turizm toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi. III chorak Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi 7. “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi. IV chorak Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi 2. Nazorat-tahlil faoliyati 1. “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunning Xorazm viloyatida ijro etilishi haqida. I chorak Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi 2. “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonunning Sirdaryo viloyatida ijro etilishi haqida. I chorak Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi 3. “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonunning Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ijro etilishi haqida. II chorak Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi 4. “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunning Qashqadaryo viloyatida ijro etilishi haqida. II chorak Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi 5. “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunning Surxondaryo viloyatida ijro etilishi haqida. III chorak Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi 6. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunning Qoraqalpogʻiston Respublikasida ijro etilishi haqida. III chorak Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi 7. Toshkent viloyatida Davlat budjeti mablagʻlaridan sogʻliqni saqlash tizimi uchun maqsadli foydalanilish bilan bogʻliq masalalarni oʻrganish. IV chorak Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi 8. “Davlat tili haqida”gi Qonunning Navoiy viloyatida ijro etilishi haqida. IV chorak Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi 3. Tadbirlar T/r Tadbirning nomi Bajarish muddati Masʼul qoʻmita 3.1. Konferensiyalar 1. “Kuchli ijtimoiy himoya – davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya. II chorak Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi 2. “Yoshlarni giyohvandlik va OITSdan asrashning dolzarb masalalari” mavzusida konferensiya. II chorak Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi 3. “Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish: yutuqlar va muammolar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya. IV chorak Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi 3.2. Seminarlar 1. “Davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining peshlavhalar va bezaklarda qoʻllanilishi masalalari” mavzusida seminar. I chorak Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi 2. “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar tizimining shakllanishi va rivojlanishi” mavzusida seminar. I chorak Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi 3. “Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish chora-tadbirlari: amaliyot va muammolar” mavzusida seminar (Qoraqalpogʻiston Respublikasida). III chorak Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi 4. “Muzeylar faoliyatining huquqiy asoslari” mavzusida seminar. IV chorak Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi 3.3. Davra suhbatlari 1. “Malakali tibbiy faoliyatni amalga oshirishning huquqiy asoslari va uni takomillashtirish masalalari” mavzusida davra suhbati. I chorak Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi 2. “Saxovatlilik – oʻzbek xalqining oliyjanoblik va insoniylik fazilatidir” mavzusida davra suhbati. I chorak Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi 3. “Davlat ramzlarini eʼzozlash oʻz qadr-qimmatini eʼzozlashdir” mavzusida davra suhbati. II chorak Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi 4. “Bayrogʻim – gʻururim” (Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi haqida) mavzusida davra suhbati. IV chorak Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi 5. “Til bilgan – el biladi” (Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili haqida) mavzusida davra suhbati. IV chorak Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi
