Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini loyihalashtirish ishlarini va ekspertizadan oʻtkazishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 22-yanvardagi 15-son qarori) (166-son)
23.05.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini loyihalashtirish ishlarini va ekspertizadan oʻtkazishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 22-yanvardagi 15-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 23-may,
166-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 23-maydagi 166-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
8. Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik faoliyati va qishloq xoʻjaligidan boshqa ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berishning, bino va inshootlarning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni (fasadini taʼmirlashni) kelishishning, shuningdek obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga, turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazishga ruxsatnomalar berishning umumiy belgilangan tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 9-martdagi 70-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 10-son, 98-modda) 4-ilovaning 2-bandi “a” kichik bandining ikkinchi — oltinchi xatboshilari chiqarib tashlansin.
