Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlislarida 2008-yilda koʻrib chiqish uchun tavsiya etilayotgan masalalar toʻgʻrisida (441-I-son)
27.12.2007
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlislarida 2008-yilda koʻrib chiqish uchun tavsiya etilayotgan masalalar tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2007-yil 27-dekabr,
441-I-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlislarida 2008-yilda koʻrib chiqish uchun tavsiya etilayotgan
MASALALAR
Yanvar
Sirdaryo viloyatidagi xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining 2005 — 2007-yillardagi faoliyati toʻgʻrisida.
Senatning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorligi, ularning mintaqaviy rivojlanish muammolarini hal etishdagi faoliyati muvofiqlashtirilishini taʼminlash masalalari boʻyicha guruh
Fevral
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlarining 2007-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti haqida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
Mart
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2007-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti haqida.
Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2007-yil yuzasidan hisoboti haqida.
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi
Aprel
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2006-yil 1-dekabrda qabul qilingan “Davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari tomonidan qonunlarni ijro etishning holati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri B. Mustafoyevning hisoboti haqida”gi 275-I-sonli Qarorining bajarilishi toʻgʻrisida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
May
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2007-yil yuzasidan hisoboti.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2007-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
Iyun
Oʻzbekiston Respublikasining tegishli vakolatli organlari va xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashining “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining ijro etilishi hamda ekologiya sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasidagi faoliyati haqida (Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi bilan birgalikda).
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
Iyul
Jizzax viloyatidagi xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining 2005 — 2007-yillardagi faoliyati toʻgʻrisida.
Senatning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorligi, ularning mintaqaviy rivojlanish muammolarini hal etishdagi faoliyati muvofiqlashtirilishini taʼminlash masalalari boʻyicha guruh
Avgust
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2007-yil 25-iyulda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining Maktab taʼlimini rivojlantirishning 2004 — 2009-yillarga moʻljallangan davlat umummilliy dasturini amalga oshirish sohasidagi ishi toʻgʻrisida”gi 363-I-sonli Qarorining bajarilishi toʻgʻrisida.
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi
Sentyabr
Sogʻliqni saqlash tizimida kadrlar tayyorlash masalalari toʻgʻrisida.
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi
Oktyabr
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini takomillashtirishga doir 2007-2008-yillarga moʻljallangan Harakat dasturining bajarilishi haqida hamda fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
Noyabr
Toshkent viloyatidagi xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining 2005 — 2007-yillardagi faoliyati toʻgʻrisida.
Senatning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorligi, ularning mintaqaviy rivojlanish muammolarini hal etishdagi faoliyati muvofiqlashtirilishini taʼminlash masalalari boʻyicha guruh
Dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining 2009-yilga moʻljallangan qonunchilik va nazorat faoliyati rejasi toʻgʻrisida.
Qoʻmita raislari, Senat Devoni
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining 2009-yilga moʻljallangan tadbirlari toʻgʻrisida.
Qoʻmita raislari, Senat Devoni
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlislarida 2009-yilda koʻrib chiqish uchun tavsiya etilayotgan masalalar toʻgʻrisida.
Senat rahbariyati
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2008-yildagi faoliyati toʻgʻrisida.
Qoʻmita raislari, Senat Devoni
Izoh: mazkur tavsiya etilayotgan masalalarga zaruratga qarab ayrim oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
