Respublika ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash razryadlarini tasdiqlash toʻgʻrisida (2790-son)
24.05.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 24-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2790]
Respublika ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash tizimini yanada tartibga solish maqsadlarida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Mehnat vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Respublika ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash razryadlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi Ijro apparati rahbari O. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 21-aprel,
4-son
Mehnat vaziri A. ABDUXAKIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 21-aprel,
7-qq-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 21-aprel,
25-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Mehnat vazirligi va Moliya vazirligining 2016-yil 21-apreldagi 4, 7-qq, 25-son qaroriga ILOVA
Respublika ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash
RAZRYADLARI
T/r Lavozim nomi Mehnatga haq toʻlash razryadlari Lavozim maoshiga ustama % Rahbar xodimlar 1. Direktor professor 17 15 fan doktori 16 15 fan nomzodi 15 15 2. Ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari, ilmiy-tadqiqot muassasasi filialining direktori* professor 15 15 fan doktori 14 15 fan nomzodi 13 15 3. Ilmiy kotib, ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi (boʻlim) mudiri (boshligʻi) * fan doktori yoki professor 13 10 katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan fan nomzodi 12 10 ilmiy unvonga ega boʻlmagan fan nomzodi 11 10 4. Ilmiy-tadqiqot muassasasi filialining ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari fan doktori yoki professor 14 15 katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan fan nomzodi 13 15 ilmiy unvonga ega boʻlmagan fan nomzodi 12 15 5. Umumiy masalalar boʻyicha direktor oʻrinbosari * 10 6. Bosh buxgalter, moliya-iqtisod boʻlimi boshligʻi * 10 7. Bosh muhandis ** 8 — 11 8. Bosh energetik, bosh mexanik va boshqa bosh mutaxassislar ** 7-8 9. Boʻlim boshliqlari (ilmiy-tadqiqot boʻlimidan tashqari) ** 6 — 8 10. Yetakchi muhandislar va boshqa yetakchi mutaxassislar 7 Ilmiy xodimlar 11. Bosh ilmiy xodim professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan fan doktori 13 10 katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan fan doktori 12 10 ilmiy unvonga ega boʻlmagan fan doktori 11 10 12. Yetakchi ilmiy xodim ilmiy unvonga ega boʻlgan fan doktori 12 10 ilmiy unvonga ega boʻlmagan fan doktori 11 10 ilmiy unvonga ega boʻlgan fan nomzodi 10 10 13. Katta ilmiy xodim ilmiy unvonga ega boʻlgan fan nomzodi 11 10 ilmiy unvonga ega boʻlmagan fan nomzodi 10 10 ilmiy darajaga ega boʻlmagan 9 10 14. Kichik ilmiy xodim fan nomzodi 9 10 ilmiy darajaga ega boʻlmagan (2 yildan ortiq ilmiy faoliyat tajribasiga ega boʻlgan) 8 10 ilmiy darajaga ega boʻlmagan (2 yilgacha ilmiy faoliyat tajribasiga ega boʻlgan) 7 10 Texnik, xizmat koʻrsatuvchi va ishlab chiqarish xodimlari 15. Oliy maʼlumotli mutaxassislar (muhandislar, konstruktorlar, texnologlar, laborantlar, dasturchilar va boshqa tegishli mutaxassislar) ** 4 — 6 16. Oʻrta maʼlumotli mutaxassislar (laborantlar (yoʻnalishlar boʻyicha), gʻaznachilar, ekspeditorlar, texniklar va boshqa tegishli mutaxassislar) 4 17. Texnik ijrochilar (omborchilar, ish yurituvchilar va boshqa tegishli mutaxassislar) ** 2 — 4 18. Barcha tegishli kasbdagi ishchilar ** 2 — 6 19. Haydovchilar ** 1 — 7 20. Hovli supuruvchilar 1-2 21. Farroshlar, qorovullar 1 22. Bogʻbonlar 2
Izoh:
* Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (QXBIMM) tasarrufidagi muassasalarning shu kabi oʻxshash lavozimlardagi xodimlari mehnatiga haq toʻlash razryadi 1 razryadga yuqori belgilanadi;
** Mazkur lavozimlar uchun mehnatga haq toʻlash razryadlarini belgilash ushbu Respublika ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash razryadlarining ilovasiga muvofiq Respublika ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash razryadlarini belgilash shartlariga asosan amalga oshiriladi.
Mazkur razryadlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan kelishilgan.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. VAXABOV
2016-yil 21-aprel,
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
2016-yil 21-aprel,
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2016-yil 21-aprel,
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Sh. TESHAYEV
2016-yil 21-aprel,
Respublika ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash razryadlariga ILOVA
Respublika ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash razryadlarini qoʻllash shartlari
1. Respublika ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash razryadlarining (bundan buyon matnda mehnatga haq toʻlash razryadlari deb yuritiladi) amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tasarrufidagi muassasalar xodimlari va respublika ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy faoliyatni konstruktor-texnologik taʼminlash, ilmiy laboratoriya uskunalariga xizmat koʻrsatish vazifalari yuklatilgan muhandis-texnik xodimlari mehnatiga haq toʻlashga tatbiq etilmaydi.
2. Boshqa ragʻbatlantiruvchi qoʻshimcha toʻlov va ustamalarni hisoblashda mehnatga haq toʻlash razryadlari jadvalida koʻzda tutilgan lavozim maoshlariga ustamalar lavozim maoshi tarkibiga qoʻshib hisoblanadi.
3. Mehnatga haq toʻlash razryadlari respublika ilmiy-tadqiqot muassasalari quyidagi xodimlarining ish haqi miqdorini belgilashda qoʻllaniladi:
budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ishlari davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirish doirasida ilmiy loyihalarni bajarishda ishtirok etayotganlar (mehnatga haq toʻlash razryadlari jadvalining 1 — 4 va 11 — 14-bandlarida koʻrsatilgan rahbar va ilmiy xodimlardan tashqari);
noyob obyektlar (Oʻsimlik genofondi kolleksiyasi, Mikroorganizmlar kolleksiyasi va boshqalar) va fanga xizmat koʻrsatadigan muassasalar (Respublika qishloq xoʻjaligi ilmiy kutubxonasi va boshqalar)da ishlovchi;
ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishda va xoʻjalik-shartnomalari asosida (davlat ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari uchun) xizmatlar koʻrsatishda ishtirok etuvchi.
4. Budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ishlari davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirish doirasida ilmiy loyihalarini bajarishda ishtirok etadigan, mehnatga haq toʻlash razryadlari jadvalining 1 — 4 va 11 — 14-bandlarida koʻzda tutilgan rahbar va ilmiy xodimlar mehnatiga haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son “Ilmiy xodimlar mehnatini yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
5. Quyidagilar:
buxgalterlar va iqtisodchilarning mehnatiga haq toʻlash razryadlari — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-fevraldagi 33-son “Ayrim budjet tashkilotlari xodimlari baʼzi toifalarining lavozim razryadlarini belgilash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq;
yuridik xizmat xodimlarining mehnatiga haq toʻlash razryadlari — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 250-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga muvofiq belgilanadi.
6. Ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi (boʻlimi) mudiri (boshligʻi) oʻrinbosari, ilmiy-tadqiqot sektori mudiri (boshligʻi)ga ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi (boʻlimi) mudiri (boshligʻi) razryadidan unga berilgan ilmiy daraja va unvonga muvofiq 1 razryadga past mehnatga haq toʻlash razryadi belgilanadi.
Tarkibiy boʻlinmalarning (ilmiy-tadqiqot boʻlinmalaridan tashqari) boʻlim boshliqlari oʻrinbosarlari va bosh buxgalter oʻrinbosarlari mehnatiga haq toʻlash razryadlari tegishli tarkibiy boʻlinma rahbari va bosh buxgalteri razryadidan 1 razryadga past qilib belgilanadi.
Sektor (ilmiy-tadqiqot sektorlaridan tashqari) mudirlari (boshliqlari) mehnatiga haq toʻlash razryadlari tegishli tarkibiy boʻlinma rahbari razryadidan 1 razryadga past qilib belgilanadi.
7. Muassasa xodimlari sonidan kelib chiqib belgilanadigan boʻlim boshliqlari mehnatiga haq toʻlash razryadlari:
T/r Lavozimlar nomi Muassasa xodimlarining jismoniy soni (kishi) 50 gacha 50 dan yuqori 1. ITI prognozlash va joriy qilish, patent-litsenziya, ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyati, ilmiy-texnika axboroti boʻlimlari, kadrlar boʻlimi boshliqlari. 7 8 2. Moddiy-texnika taʼminoti, maxsus qism, xavfsizlik texnikasi va boshqa boʻlimlarning boshliqlari. 6 7
8. Bosh muhandislar, energetiklar, mexaniklar va boshqa mutaxassislarning muassasaning ilmiy ixtisoslik yoʻnalishidan kelib chiqib belgilanadigan mehnatga haq toʻlash razryadlari:
T/r Lavozimlar nomi Ilmiy ixtisoslik yoʻnalishi Tabiiy-texnika fanlari Gumanitar fanlar QXBIMM muassasalari uchun boshqa muassasalar uchun QXBIMM muassasalari uchun boshqa muassasalar uchun 1. Bosh muhandis 11 9 10 8 2. Bosh energetik, bosh mexanik va boshqa bosh mutaxassislar 8 7
9. Oliy maʼlumotli mutaxassislarga quyidagi mehnatga haq toʻlash razryadlari belgilanadi:
6 razryad — 1-toifali mutaxassis uchun tegishli faoliyat sohasida kamida 5 yildan koʻp boʻlgan ish staji mavjud boʻlganda;
5 razryad — 2-toifali mutaxassis uchun tegishli faoliyat sohasida kamida 2 yildan 5 yilgacha ish staji mavjud boʻlganda;
4 razryad — mutaxassis (toifasiz) uchun tegishli faoliyat sohasida 2 yildan kam ish staji mavjud boʻlganda.
10. Haydovchilar mehnatiga haq toʻlash razryadlari:
a) yengil avtomobillar (shu jumladan maxsus)
T/r Avtomobil klassi Dvigatelning ish hajmi (litr) Mehnatga haq toʻlash razryadlari 1. Juda kichik va kichik 1,8 gacha 1 2. Oʻrta 1,8 dan yuqori 3,5 gacha 2 3. Katta 3,5 dan yuqori 3
b) avtobuslar (shu jumladan maxsus)
T/r Avtomobil klassi Avtobus uzunligi (metr) Mehnatga haq toʻlash razryadlari 1. Juda kichik 5 gacha 1 2. Kichik 5 dan 6,5 gacha 2 6,5 dan 7,5 gacha 3 3. Oʻrta 7,5 dan 9,5 gacha 4 4. Katta 9,5 dan 11 gacha 5 11 dan 15 gacha 6 15 dan yuqori 7
v) yuk avtomobillari
T/r Avtomobillarning yuk koʻtarish qobiliyati (tonna) Mehnatga haq toʻlash razryadlari 1. 1,5 gacha 1 2. 1,5 dan 5 gacha 2 3. 5 dan 10 gacha 3 4. 10 dan 40 gacha 4 5. 40 dan yuqori 5
11. Yuk, yengil avtomobillar va avtobuslar haydovchilariga klass uchun belgilangan tarif stavkasi miqdoridan kelib chiqqan holda haydovchi sifatida ishlagan vaqti uchun oylik qoʻshimcha haq toʻlanadi: 2 klass haydovchilariga — 10 %, 1 klass haydovchilariga — 25%.
12. Dezinfeksiyalash vositalaridan foydalanadigan xizmat xonalari farroshlariga, shuningdek muassasa binolaridagi hojatxonalarni tozalashda oylik lavozim maoshlari 10 foizga oshiriladi.
13. Texnik ijrochilar va barcha kasbdagi ishchilarga mehnatga haq toʻlash boʻyicha aniq razryadlar muassasa rahbari tomonidan ularning malakasi, bajaradigan ishlarining murakkabligi va mehnat sharoitlariga bogʻliq holda, shuningdek meʼyorlangan topshiriqlarning tigʻizligi va xizmat koʻrsatish meʼyorlarini hisobga olgan holda belgilanadi.
