Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining 2008-yilga moʻljallangan tadbirlari toʻgʻrisida (440-I-son)
27.12.2007
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining 2008-yilga moʻljallangan tadbirlari tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2007-yil 27-dekabr,
440-I-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining 2008-yilga moʻljallangan
TADBIRLARI
Yilning birinchi choragi
“Soliq va boshqa iqtisodiy imtiyozlarning samaradorligini oshirish yoʻllari” mavzusida seminar.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
“Sud-huquq tizimini isloh etish istiqbollari: amaliyot va samaradorlik” mavzusida davra suhbati.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
“Oʻzbekistonning Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlashdagi roli” mavzusida davra suhbati.
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi
“Jinoyat-ijroiya qonun hujjatlari sohasidagi xalqaro standartlar va ularning Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilishi” mavzusida konferensiya (Ombudsman bilan birgalikda).
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
“Davlat tilida ish yuritishning dolzarb muammolari” mavzusida davra suhbati.
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi
“Sugʻoriladigan ekin maydonlarining meliorativ holatini yaxshilash — erdan samarali foydalanish garovi” mavzusida seminar.
Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi
Yilning ikkinchi choragi
“Bank va moliya xizmatlarining yangi hamda ilgʻor turlarini joriy etish: uslubiyat va mexanizmlar” mavzusida konferensiya.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
“Voyaga yetmaganlarga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish (yuvenal adliya): amaliyot va samaradorlik” mavzusida davra suhbati (Germaniya texnik hamkorlik markazi bilan birgalikda).
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
“Aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalalari” mavzusida seminar.
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi
“BMTning “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni gʻayriqonuniy ravishda muomalaga kiritishga qarshi kurash toʻgʻrisidagi Konvensiyasining Oʻzbekistonda ijro etilishi” mavzusida davra suhbati.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
“Istiqbolli ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish — jamiyatning yuksak intellektual salohiyatini shakllantirishning asosi” mavzusida davra suhbati.
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi
“Mamlakatimizda ekin maydonlaridan samarali foydalanish masalalari” mavzusida davra suhbati.
Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi
Yilning uchinchi choragi
“Uy-joy bozorida raqobat muhitini yanada ragʻbatlantirish masalalari” mavzusida davra suhbati.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
“Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining uy-joy-kommunal sohani isloh etishdagi oʻrni va roli” mavzusida seminar (Namangan viloyatida).
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
“Fuqarolarni harbiy xizmatga tayyorlashda mahalliy davlat hokimiyati organlari, birlashmalar va tashkilotlarning vazifalari” mavzusida seminar.
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi
“Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining mamlakat mintaqalariga chet el investitsiyalarini jalb qilish va tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish borasidagi ishi” mavzusida seminar-trening (Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda).
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
“Milliy gʻoya targʻiboti va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish — davr talabi” mavzusida seminar.
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi
“Oʻzbekistonda urugʻchilikni rivojlantirish masalalari: muammolar va ularni hal etish yoʻllari” mavzusida konferensiya.
Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi
Yilning toʻrtinchi choragi
“Isteʼmol bozorini tartibga solishning zamonaviy shakl va usullari” mavzusida davra suhbati.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
“Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari: fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish” mavzusida davra suhbati.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
“Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni yuzasidan Qoʻmita qabul qilgan qarorning ijro etilishida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxona, muassasa va tashkilotlarning ishtiroki toʻgʻrisida” degan mavzuda davra suhbati.
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi
“Xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirishda parlamentlararo aloqalarning roli” mavzusida seminar.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
“Pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishning dolzarb muammolari” mavzusida konferensiya.
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi
“Atmosferaning global issiqlashuvi muammolari: xalqaro tajriba va hamkorlik masalalari” mavzusida davra suhbati (Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi bilan birgalikda).
Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi
Izoh: mazkur tadbirlarga zaruratga qarab ayrim oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
