Oʻzbekiston Respublikasi va Turkiya Jumhuriyati oʻrtasidagi Konsullik Konvensiyasini ratifikatsiya qilish haqida (2027-XII-son)
23.09.1994
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1994-yil 23-iyunda Anqara shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi va Turkiya Jumhuriyati oʻrtasidagi Konsullik Konvensiyasi ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Raisi vasifasini bajaruvchi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1994-yil 23-sentabr,
2027-XII-son
