Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining 2008-yilga moʻljallangan qonunchilik va nazorat faoliyati rejasi toʻgʻrisida (439-I-son)
27.12.2007
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining 2008-yilga moʻljallangan qonunchilik va nazorat faoliyati rejasi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2007-yil 27-dekabr,
439-I-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining 2008-yilga moʻljallangan qonunchilik va nazorat faoliyati
REJASI
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
Qonunchilik faoliyati
Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga maʼqullash uchun yuborilgan qonunlar yuzasidan Qoʻmita vakolatlari doirasida xulosalar tayyorlash.
Kelib tushishiga qarab
Nazorat faoliyati
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2007-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti.
Birinchi yarim yillik
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2007-yil yuzasidan hisoboti.
Birinchi yarim yillik
“Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki tizimida ijro etilishini oʻrganish hamda muhokama qilish.
Birinchi yarim yillik
“Investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tizimida ijro etilishini oʻrganish hamda muhokama qilish.
Ikkinchi yarim yillik
Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi Davlat budjeti yuzasidan xulosa va takliflar tayyorlash.
Ikkinchi yarim yillik
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
Qonunchilik faoliyati
Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga maʼqullash uchun yuborilgan qonunlar yuzasidan Qoʻmita vakolatlari doirasida xulosalar tayyorlash.
Kelib tushishiga qarab
Nazorat faoliyati
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlarining 2007-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti.
Birinchi yarim yillik
“Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Navoiy viloyatida ijro etilishini oʻrganish hamda muhokama qilish (Qoʻmitaning sayyor majlisi).
Birinchi yarim yillik
Voyaga yetmaganlarga oid qonun hujjatlarining Samarqand viloyati hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiya va huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ijro etilishini oʻrganish hamda muhokama qilish (xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi bilan qoʻshma majlis).
Ikkinchi yarim yillik
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi
Qonunchilik faoliyati
Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga maʼqullash uchun yuborilgan qonunlar yuzasidan Qoʻmita vakolatlari doirasida xulosalar tayyorlash.
Kelib tushishiga qarab
Nazorat faoliyati
“Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Namangan viloyatida ijro etilishini oʻrganish hamda muhokama qilish.
Birinchi yarim yillik
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Jizzax viloyatida ijro etilishini oʻrganish hamda muhokama qilish.
Ikkinchi yarim yillik
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
Qonunchilik faoliyati
Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga maʼqullash uchun yuborilgan qonunlar yuzasidan Qoʻmita vakolatlari doirasida xulosalar tayyorlash.
Kelib tushishiga qarab
Nazorat faoliyati
Qiynoqlarga solishga va muomalada boʻlish hamda jazolashning boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni tahqirlovchi turlariga qarshi Konvensiyaning Oʻzbekiston Respublikasida ijro etilishini oʻrganish hamda muhokama qilish (Ombudsman bilan birgalikda).
Birinchi yarim yillik
Umumjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Konvensiyaning Oʻzbekiston Respublikasida ijro etilishini oʻrganish hamda muhokama qilish.
Ikkinchi yarim yillik
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi
Qonunchilik faoliyati
Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga maʼqullash uchun yuborilgan qonunlar yuzasidan Qoʻmita vakolatlari doirasida xulosalar tayyorlash.
Kelib tushishiga qarab
Nazorat faoliyati
“Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining mutasaddi idoralar tomonidan ijro etilishini oʻrganish hamda muhokama qilish.
Birinchi yarim yillik
“Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Xorazm viloyatida ijro etilishini oʻrganish hamda muhokama qilish.
Ikkinchi yarim yillik
Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi
Qonunchilik faoliyati
Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga maʼqullash uchun yuborilgan qonunlar yuzasidan Qoʻmita vakolatlari doirasida xulosalar tayyorlash.
Kelib tushishiga qarab
Nazorat faoliyati
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2007-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti.
Birinchi yarim yillik
Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining Fargʻona viloyatida ijro etilishini oʻrganish hamda muhokama qilish.
Birinchi yarim yillik
“Metrologiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi, uning boʻlinmalari hamda boshqa mutasaddi idoralar tomonidan ijro etilishini oʻrganish hamda muhokama qilish.
Ikkinchi yarim yillik
“Urugʻchilik toʻgʻrisida”gi va “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, uning tegishli boʻlinmalari hamda boshqa mutasaddi idoralar tomonidan ijro etilishini oʻrganish hamda muhokama qilish.
Ikkinchi yarim yillik
Izoh: mazkur rejaga zaruratga qarab ayrim oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
