Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida (432-I-son)
01.12.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining quyidagi qarorlari tasdiqlansin:
2007-yil 29-noyabrdagi “Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi tarkibiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi 404-I-sonli Qarori;
2007-yil 29-noyabrdagi “Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi tarkibiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi 405-I-sonli Qarori;
2007-yil 29-noyabrdagi “Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi tarkibiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi 406-I-sonli Qarori.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2007-yil 1-dekabr,
432-I-son
