Urganch shahridagi qishloq hoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob- uskunalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (332-q-son)
29.02.2016
XORAZM VILOYATI Urganch shahar hokimining
QarorI
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) Oʻzbekicton Respublikasi Qonuniga, “Oʻzbekicton Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi “Qishloq hoʻjaligi va meliorativ texnikani, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 345-son (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 50-son, 559-modda) qaroriga hamda, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv hoʻjaligi vazirining 2013-yil 2-apreldagi 58-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Qishloq hoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom (2013-yil 25-aprelʼ, roʻyxat raqami 2452, Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 17-kon, 229-modda) talablariga asosan shahar hududidagi mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan va shahar qishloq hoʻjaligi texnikalari boʻyicha davlat inspektori tomonidan belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan qishloq hoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish maqsadida, qaror qilaman:
1. Shahardagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini (keyingi oʻrinlarda matnda “texnika” deb yuritiladi) texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi tartibi 1-ilovaga*;
Texnikalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin va joriy yilning 1-martidan 1-iyunigacha texnik koʻrikdan oʻtkazilishini taʼminlansin.
* 1 va 2-ilovalar berilmaydi.
2. Texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish jarayonida texnik koʻrikdan oʻtkazuvchi shahar komissiyasi:
texnikalarning soni, ularning mavjudligi va roʻyxatdan oʻtganligi;
texnikaning texnik pasporti va qishloq xujaligi mashinasining guvohnomasida koʻrsatilgan maʼlumotlarda ularning turi, rusumi, zavod raqami, dvigatel va davlat raqamlari belgisining muvofiqligi;
texnikaning texnik holati va jihozlarining sozligini koʻrib chiqsin.
3. Texnikalar texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun eng kam oylik ish haqining:
traktorlar, traktor tirkamalari, meliorativ texnika va oʻziyurar mashinalarga — 0,18 foizi;
qishloq hoʻjalik mashinalarga — 0,10 foizi;
mashina traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob uskunalari — 0,37 foizi miqdorda yigʻim undirilsin.
4. Qishloq hoʻjaligi texnikasi boʻyicha Urganch shahar inspektori (I. Tojiyev) belgilangan tartibda roʻyxatdan yoki majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilmagan nosoz mashinalarni yoʻlga chiqarilishini oldini olish va ulardan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.
5. Mazkur qaror qabul qilinishi bilan shahar hokimining 2015-yil 30-yanvardagi 107-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Ushbu qaror Urganch shahar hokimining rasmiy nashri hisoblangan “Urganch oqshomi” gazetasida eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish shahar hokimining birinchi oʻrinbosari M. Narmetov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim O. SAPAYEV
Urganch sh.,
2016-yil 29-fevral,
№ 332-q
