Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2007-yil toʻqqiz oyidagi ijrosi yakunlari toʻgʻrisida (673-I-son)
28.11.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2007-yil toʻqqiz oyidagi ijrosi yakunlari toʻgʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2007-yil toʻqqiz oyidagi ijrosi yakunlari toʻgʻrisidagi hisobot tasdiqlansin.
Hisobot davrida Davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 2,7 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aniq maqsadga yoʻnaltirilgan pul-kredit siyosatini oʻtkazish, soliq tushumi mexanizmini takomillashtirish, samarali investitsiya siyosatini amalga oshirish asosida Davlat budjeti xarajatlari samaradorligini yanada oshirish va uning ijtimoiy yoʻnaltirilganligini kuchaytirishni taʼminlasin, bunda “Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturini amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratsin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining eʼtibori budjetga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻliq tushishini, mintaqalarning moliyaviy salohiyatini kengaytirish yuzasidan taʼsirchan choralar koʻrishni hamda shu asosda mahalliy budjetlar xarajatlarini moliyalashtirishni taʼminlash zarurligiga qaratilsin.
4. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri E. XALILOV
Toshkent sh.,
2007-yil 28-noyabr,
673-I-son
