Quvuryotqizgich-kranlarning soz holatiga javobgar muhandis-texnik xodimlar uchun namunaviy yoʻriqnomani oʻz kuchini yoʻqotganligi toʻgʻrisida (52-son)
13.05.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshligʻining
Buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2015-yil 9-noyabrda 126-son bilan tasdiqlangan “Yuk koʻtarish mashinalarini xavfsiz ishlatishni nazorat qiluvchi muhandis-texnik xodimlar uchun namunaviy yoʻriqnoma” va 2016-yil 2-mayda 47-son bilan tasdiqlangan “Yuk koʻtarish mashinalarining soz holatda saqlanishiga javobgar boʻlgan muhandis-texnik xodimlar uchun namunaviy yoʻriqnoma” kuchga kirishi munosabati bilan buyuraman:
Oʻzbekiston Respublikasi “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi”ning 2009-yil 27-fevralda 41-son bilan tasdiqlangan “Quvuryotqizgich-kranlarning soz holatiga javobgar muhandis-texnik xodimlar uchun namunaviy yoʻriqnoma” oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Inspeksiya boshligʻi B. GULYAMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 13-may,
52-son
