Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri bilan birgalikda Qonunchilik palatasi majlislariga rahbarlikni amalga oshirish (ishchi Rayosati) jadvali toʻgʻrisida (575-I-son)
02.08.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamentining 62-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Rsspublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri bilan birgalikda Qonunchilik palatasi majlislariga rahbarlikni amalga oshirish (ishchi Rayosati) jadvali tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri E. XALILOV
Toshkent sh.,
2007-yil 2-avgust,
575-I-son
