Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida (385-I-son)
25.08.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagi farmonlari tasdiqlansin:
“A.E. Nabiyevni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari etib tayinlash toʻgʻrisida” 2007-yil 13-iyulda chiqargan Farmoni;
“K.S. Ismoilovni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida” 2007-yil 13-iyulda chiqargan Farmoni;
“B.G. Nurmuxamedovni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida” 2007-yil 13-iyulda chiqargan Farmoni.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2007-yil 25-avgust,
385-I-son
